Kompyuter viruslari va ularning turlari




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/155
Sana14.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#232505
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   155
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

7.3 Kompyuter viruslari va ularning turlari 
Hozirgi kunda kompyuter viruslari g’arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil 
dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. 
Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to’g’riroq bo’ladi. 
Virus
deganda avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o’z-o’zidan 
qo’shilish, kompyuter tarmoqlari va alohida kompyuterlarda zararli jarayonlarni 
vujudga keltirish maqsadida tuzilgan dastur tushuniladi. Ushbu dasturlar o’z-o’zidan 
nusxa olish xususiyatiga ega. 
Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan dasturlar 
deyiladi (7.4-rasm). 
Zararlangan disk — bu ishga tushirish sektorida virus dastur joylashib oltan 
diskdir. 
Hozirgi paytda kompyuterlar uchun ko’pgina noqulayliklar tug’dirayotgan har 
xil turlardagi komp’yuter viruslari keng tarqalgan. SHuning uchun ham ulardan 
saqlanish usullarini ishlab chiqish muxim masalalardan biri hisoblanadi. Viruslarning 
katta guruhini kompyuterning ish bajarish tartibini buzmaydigan, ya’ni «ta’sirchan 
bo’lma gan» viruslar guruhi tashkil etadi. 


107 
7.4-rasm. Viruslarning ta’siri bo’yicha tasnifi 
Viruslarning boshqa guruhiga kompyuterning ish tartibini buzuvchi viruslar 
kiradi. Bu viruslarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: xavfsiz viruslar (fayllar 
tarkibini buzmaydigan), xavfli viruslar
(fayllar tarkibini buzuvchi) hamda juda xavfli 
viruslar (kompyuter qurilmalarini buzuvchi va operator sog’lig’iga ta’sir etuvchi). 
Bu kabi viruslar odatda professional dasturchilar tomonidan tuziladi. 
Kompyuter virusi — bu maxsus yozilgan dastur bo’lib, boshqa dasturlar 
tarkibiga yoziladi, ya’ni zararlaydi va kompyuterlarda o’zining g’arazli maqsadlarini 
amalga oshiradi. Kompyuter virusi orqali zararlanish oqibatida kompyuterlarda 
quyidagi o’zgarishlar paydo bo’ladi: 

ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi; 

bajariluvchi faylning hajmi va uning yaratilgan vaqti o’zgaradi; 

ekranda anglab bo’lmaydigan belgilar, turli xil tasvir va tovushlar paydo 
bo’ladi; 

kompyuterning ishlashi sekinlashadi va tezkor xotiradagi bo’sh joy hajmi 
kamayadi; 

disk yoki diskdagi bir necha fayllar zararlanadi (ba’zi hollarda disk va 
fayllarni tiklab bo’lmaydi); 

vinchester orqali kompyuterning ishga tushishi yo’qoladi. 
Viruslar asosan disklarning yuklanuvchi sektorlarini va exe, som, sys va bat 
kengaytmali fayllarni zararlaydi. Hozirgi kunda bular qatoriga ofis dasturlarini 
o’rnatuvchi fayllarni ham kiritish mumkin. Oddiy matnli fayllarni zararlaydigan 
viruslar kamdan-kam uchraydi. 
Kompyuterning viruslar bilan zararlanish yo’llari quyidagilardir: 

disketlar orqali; 
Virus 
xavfsiz 
xavfli 
juda xavfli 
fayllar 
tarkibini 
buzmaydigan 
fayllar 
tarkibini 
buzmaydigan 
qurilmalarn
i buzuvchi 
operator 
sog’ligiga
ta’sir 
ko’rsatuvchi 


108 

komgtьyuter tarmoqlari orqali. 
SHuni aytib o’tish lozimki, hozirgi paytda har-xil turdagi axborot va 
dasturlarni o’g’irlab olish niyatida kompyuter viruslaridan foydalanish eng samarali 
usullardan biri hisoblanadi. 
Dasturli viruslar kompyuter tizimlarining xavfsizligiga tahdid solishning eng 
samarali vositalaridan biridir. SHuning uchun ham dasturli viruslarning 
imkoniyatlarini tahlil qilish masalasi hamda bu viruslarga qarshi kurashish hozirgi 
paytning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qoldi. 
Viruslardan tashqari fayllar tarkibini buzuvchi «troyan» dasturlari mavjud. 
Virus ko’pincha kompyuterga sezdirmasdan kiradi. Foydachanuvchining o’zi 
«troyan» dasturini foydali dastur sifatida diskka yozadi. Ma’lum bir vaqt o’tgandan 
keyin dastur o’z ta’sirini ko’rsata boshlaydi. 
O’z-o’zidan paydo bo’ladigan viruslar mavjud emas. Virus dasturlari inson 
tomonidan kompyuterning dasturiy ta’minotini, uning qurilmalarini zararlash va 
boshqa maqsadlar uchun yoziladi. Viruslarning hajmi bir necha baytdan to o’nlab 
kilobaytgacha bo’lishi mumkin. 
«Troyan» 
dasturlari 
foydalanuvchiga 
zarar 
keltiruvchi 
bo’lib, 
ular 
buyruqlar(modullar) ketma-ketligidan tashkil topgan, omma orasida juda keng 
tarqalgandasturlar (tahrirlovchilar, o’yinlar, translyatorlar) ichiga o’rnatilgan bo’lib, 
bir qancha amallar bajarilishi bilan ishga tushadigan «mantiqiy bomba» deb 
ataladigan dasturdir. O’z navbatida, «mantiqiy bomba» ning turli ko’rinishlaridan biri 
«soat mexanizmli bomba» hisoblanadi. 
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, «troyan» dasturlari o’z-o’zidan ko’paymasdan, 
kompyuter tizimi bo’yicha dasturlovchilar tomonidan tarqatiladi. 
Troyan dasturlardan viruslarning farqi shundaki, viruslar kompyuter tizimlari 
bo’ylab tarqatilganda, ular mustaqil ravishda hosil bo’lib, o’z ish faoliyatida 
dasturlarga o’z matnlarini yozgan holda ularga zarar ko’rsatadi. 
Zararlangan dasturda dastur bajarilmasdan oldin virus o’zining buyruqlari 
bajarilishiga imkoniyat yaratib beradi. SHuning uchun ham virus dasturning bosh 
qismida joylashadi yoki dasturning birinchi buyrug’’i unga yozilgan virus dasturiga 
shartsiz o’tish bo’lib xizmat qiladi. Ishga tushgan virus boshqa dasturlarni zararlaydi 
va shundan so’ng virus tashuvchi dasturga ishni topshiradi. 
Virus hayoti odatda quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi: qo’llanilish, 
inkubatsiya, replikatsiya (o’z-o’zidan ko’payish) va hosil bo’lish. Inkubatsiya davrida 
virus passiv bo’lib, uni izlab topish va yuqotish qiyin. Hosil bo’lish davrida u o’z 
funktsiyasini bajaradi va qo’yilgan maqsadiga erishadi. 
Tarkibi jihatidan virus juda oddiy bo’lib, bosh qism va ba’zi hollarda dumdan 
iborat. Virusning bosh qismi deb boshqarilishni birinchi bo’lib ta’minlovchi 
imkoniyatga ega bo’lgan dasturga aytiladi. Virusning dum qismi zararlangan dasturda 
bo’lib, u bosh qismidan alohida joyda joylashadi. 
Kompyuter viruslari xarakterlariga nisbatan norezident, rezident, butli, gibridli 
va paketli viruslarga ajratiladi. 
Faylli norezident viruslar to’liqligicha bajarilayotgan faylda joylashadi, shuning 
uchun ham u faqat virus tashuvchi dastur faollashgandan so’ng ishga tushadi va 
bajarilgandan so’ng tezkor xotirada saqlanmaydi. 


109 
Rezident virus norezident virusdan farqliroq tezkor xotirada saqlanadi. 
Rezident viruslarning yana bir ko’rinishi but viruslar bo’lib, bu virusning 
vazifasi vinchester va egiluvchan magnitli disklarning yuklovchi sektorini ishdan 
chiqarishdan iborat. But viruslarning boshi diskning yuklovchi but sektorida va dumi 
disklarning ixtiyoriy boshqa sektorlarida joylashgan bo’ladi. 
Paketli virusning bosh qismi paketli faylda joylashgan bo’lib, u operatsion tizim 
topshiriqlaridan iborat. 
Gibridli viruslarning boshi paketli faylda joylashadi. Bu virus ham faylli, ham 
but sektorli bo’ladi. Tarmoq viruslar kompyuter tarmoqlarida tarqalishga 
moslashtirilgan, 
ya’ni 
tarmoqli 
viruslar 
deb 
axborot almashishda tarqaladigan viruslarga aytiladi. 
Viruslarning turlari: 
1.
Fayl viruslari.
2.
Yuklovchi viruslar.
3.
Drayverlarni zararlovchi viruslar.
4.
DIR viruslari. G’AT tarkibini zararlaydi. 
5.
Sstels-viruslari. Bu viruslar o’zining tarkibini o’zgartirib, tasodifiy kod 
o’zgarishi bo’yicha tarqaladi. Uni aniqlash juda qiyin, chunki fayllarnning o’zlari 
o’zgarmaydi. 
6.
Windows viruslari. Windows operatsion tizimi fayllarini zararlaydi. 
Asoslangan algoritmlar bo’yicha dasturli viruslarni quyidagicha tasniflash 
mumkin: 

parazitli virus — fayllarning tarkibini va diskning sektorini o’zgartiruvchi 
virus. Bu virus oddiy viruslar turkumidan bo’dib osonlik bilan aniqdanadi va o’chirib 
tashlanadi; 

replikatorli virus — «chuvalchang» deb nomlanadi, (kompyuter tarmoqlari 
bo’yicha tarqalib, komp’yuterlarning tarmoqdagi manzilini aniqlaydi va u erda 
o’zining nusxasini qoldiradi; 

ko’rinmas virus — stels-virus deb nom olib, zararlangan fayllarga va 
sektorlarga operatsion tizim tomonidan murojaat qilinsa, avtomatik ravishda 
zararlangan qismlar o’rniga diskning toza qismini takdim etadi. Natijada ushbu 
viruslarni aniqlash va tozalash juda katta qiyinchiliklarga olib keladi; 

mutant virus — shifrlash va deshifrlash algoritmlaridan iborat bo’lib, 
natijada virus nusxalari umuman bir-biriga o’xshamaydi.
Ushbu 
viruslarni 
aniqlash 
juda 
qiyin 
muammo. 
SHu 
bois 
ham 
ular 
o’zlarida 
mukammallashtirilgan 
algoritmlarni 
to’siqsiz bajarib, qo’yilgan maqsaddariga erishishlari mumkin. 

Download 2,86 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   155




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuter viruslari va ularning turlari

Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish