|
Axborot tizimlari Pdf ko'rish
|
bet | 142/155 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #243546 |
Bog'liq 21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajidikkinchi xili
birinchisiga o’xshamaydi, biroq bu kitoblarda
saqlanuvchi axborot unchalik keng emas va maqsadga yo’naltirilgan xususiyatga ega.
Masalan, Oxford Textbook of Medicine on Compact Disk, Elsevie’s Active Library
on Corrosion va boshqalar.
Uchinchi xil
elektron kitoblar amaliyotda ko’p tarqalgan va ta’lim jarayonida,
bolalar bog’chalarida (masalan, Broderburd’s Living Book) hamda o’qishdan
keyingi malaka oshirish kurslarida foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur
kitoblar badiiy asarlarni o’zida saqlashi mumkin (masalan, Herman Melville’s Moby
Disk, Gustave Flaubert’s Madame Bovary, Michael Crichton’s Jurassic Park, Adam
Hitchhiker’s Guide to Galaxy).
To’rtinchi xil
kitoblarda uch muhum komponent: masalalar (vazifalar) banki,
testlash va javoblar moduli, tahlil va baholash uchun o’quvchi javoblaridan
foydalanuvchi ekspert tizimi mavjud.
Mulьtimedia-kitoblar bitta tashuvchida (CD-ROM yoki magnit diskda)
yozilgan va bir chiziqda (to’g’ri) tashkil qilingan, ya’ni zarur axborot izchil ravishda
aks ettirilgan matn audio, statik tasvir va videodan foydalaniladi.
Polimedia-kitoblar, avvalgilardan farqli ravishda o’quvchi axborotni taqdim
etish uchun bir necha turli tashuvchilar (CD-ROM, magnitli disk, qog’oz va
boshqalar) kombinatsiyasidan foydalaniladi.
Gipermedia-kitoblar mulьtimedia – kitoblar bilan ko’p umumiylikka ega
bo’lsada, o’zidagi axborotning notekis tashkil etilishi bilan farqlanadi, masalan,
o’quvchi “sichqon” yordamida asosiy materialni bir chetga qo’yib, konteks va
foydalanilayotgan usul bo’yicha atama va tushunchalar tizimiga tuzatishlar, sharhlar
so’rashi mumkin.
Intellektual-kitoblar ma’nosi jixatidan ilgari kiritilgan imtihon oluvchi
kitoblarga yaqin va o’quvchi qobilyatlariga u bilan muloqot jarayonida jadal
moslashishi mumkin.
So’ngi ikki kitobning istiqboli ham qiziqligi shubhasizdir. Telemedia – kitoblar
masofadan turib o’qitadigan taqsimlovchi interaktiv tizimni qo’llab-quvvatlash uchun
telekommunikatsiya imkoniyatlaridan foydalanadi. Kibernetik-kitoblar ham
matematik modellash vositalarini o’zida saqlaydi va shu bois bayon etilgan hodisalar
216
va o’bektlarni har tomonlama o’rganish hamda tadqiq etish imkoniyatini o’quvchiga
taqdim etadi.
|
| |