152
tizim fayllaridan, jumladan parol fayllaridan foydalanish imkoniyatidir.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan parollarni bir tomonlama funksiyalardan
foydalanib uzatish va saqlash qulay hisoblanadi. Bu holda foydalanuvchi parolning
ochiq shakli o‘rniga uning bir tomonlama funksiya h(.) dan foydalanib olingan
tasvirini yuborishi shart. Bu o‘zgartirish g‘anim tomonidan parolni uning tasviri
orqali oshkor qila olmaganligini kafolatlaydi, chunki g‘anim echilmaydigan sonli
masalaga duch keladi.
Ko‘p martali parollarga asoslangan oddiy autentifikatsiyalash tizimining
bardoshligi past, chunki ularda autentifikatsiyalovchi axborot ma’noli so‘zlarning
nisbatan katta bo‘lmagan to‘plamidan jamlanadi. Ko‘p martali parollarning ta’sir
muddati tashkilotning xavfsizligi siyosatida belgilanishi va bunday parollarni
muntazam ravishda almashtirib turish lozim. Parollarni shunday tanlash lozimki,
ular lug‘atda bo‘lmasin va ularni topish qiyin bo‘lsin.