orasida so`rovnoma o`tkazib, antivursni takomillashtirish ustida ishlar olib
boriladi. Kasperskiy antivirusi sodda va qulay interfeysga ega bo`lib, barcha
kerakli utilitalarni bitta oynada joylagan. Dasturni o`rnatish ustasi (master
ustanovki) yordami bilan hattoki boshlanich foydalanuvchi ham ushbu antivirusni
o`z kompьyuteriga oson o`rnatib olishi mumkin.
Boshqa tarafdan esa,
foydalaniladigan algoritmlarning kuchliligi hattoki profestsionallarni ham
qoniqtiradi. Antiviruslarning salohiyatini tekshirish uchun maxsus test
o`tkazilganda, Kasperskiy ham qatnashdi. Bunda sinov kompьyuterining 512 Mb
hajmli xotira qismiga 7 ta zararli dastur– virus yuqtirildi va Kasperskiy antivirusi
yordamida o`sha viruslar qidirildi. 15 daqiqa ichida antivirus 6 ta virusni aniqladi,
birorta yolg’on chaqiruv bo`lmadi.
Dr.Web
Bu – Rossiyada ishab chiqilgan yana bir antivirus dastur bo`lib, u mashhurlikda
Kasperskiydan
qolishmaydi, unga raqobatchilik qiladi. Uning demo versiyasidan
foydalanish uchun albatta Internet orqali ro`yxatdan o`tish kerak. Bu bir tarafdan
yaxshi. Sababi, ro`yxatdan keyin foydalanuvchi viruslar haqidagi eng so`nggi
bazaga ega bo`ladi. YOmon tarafi shundaki, Dr.Webni o`rnatish uchun Internetga
ulangan
bo`lish
lozim
bo`ladi.
Boshlanich foydalanuvchilar Dr.Web dan foydalanmoqchi bo`lasalar,
yaxshisi
dasturni o`rnatishni kompьyuterning o`ziga qo`yib berganlari yaxshi. Aks holda,
o`rnatish davomida foydalanuvchi adashib ketish ehtimoli katta. Dr. Web
antivirusining ahamiyatli tomoni shundaki, u kompьyuterni skanerlayotganida
(tekshirayotganida)
kompьyuterni
bloklab
qo`yadi,
foydalanuvchi kutib turishiga to`g’ri keladi.
YUqorida keltirilgan
antivirus dasturlar o`rtasidagi testda Dr. Web kompьyuterga yuqtirilgan 7 ta
virusning hammasini topdi, qo`shimchasiga kompьyuterda kechayotgan zararli
jarayon haqida ogohlantirish ham berdi.