• NortonAntivirus
  • Axborot xavfsizligi va ximoyalash usullari. Axborot xavfsizligi




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/22
    Sana07.10.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #273899
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    maruza1

    PandaAntivirusFirewall 
    Bu dastur nafaqat antivirus, balki brandmauer hamdir. YA’ni, Panda 
    nafaqat kompьyuterning ichini skanerlaydi, balki, agar kompьyuter onlayn rejimda 
    Internetga ulangan bo`lsa, brandmauer tarmoq orqali bo`layotgan axborot 
    almashinuvlari paketlarini ham nazoratdan o`tkazib turadi. Dasturning asosiy 
    muloqot oynasi chiroyli fonda, ko`rinishi yoqimli bo`lgani bilan, menyu orqali 
    dasturning biror qismiga o`tish noqulay tarzda ishlangan. Oddiy foydalanuvchi 
    menyu bo`limlari ichida bemalol «adashib qolishi» mumkin. Pandaning asosiy 
    xususiyatlaridan biri u kompьyuterdagi bo`sh, zararlanish ehtimoli kuchli bo`lgan 
    dastur yoki qurilmani aniqlab, foydalanuvchiga dasturni yoki qurilma Drayverini 
    yangilash ko`rsatmasini beradi. Lekin shunday bo`lsa ham, antiviruslar ichida 
    o`tkazilgan sinovda Panda Kasperskiy va Dr.Web ga teng kela olmadi. U kiritilgan 
    7 ta virusdan 6 tasini aniqladi, shulardan 3 tasini yo`q qildi, qolganini esa nomini 
    o`zgartirib qo`ya oldi, xolos. 
    NortonAntivirus 
    Norton 
    Antivirus 
    dasturi 
    «Symantec» 
    kompaniyasining 
    mashhur 
    ishlanmalaridan biri bo`lib, uning ish faoliyati juda yuqori quvvatli hisoblash 


    tizimlariga asoslangan. Norton Antivirus dasturi foydalanuvchining xatti- 
    harakatlariga juda sekin javob beradi. Bundan tashqari, kompьyuterga 
    o`rnatilayotganida u operattsion tizim va Internet explorer Internet brauzerining 
    qaysi versiyada ekanligiga qattiq talablar qo`yadi. Agar mos tushmasa, o`rnatilmay 
    qoladi. Norton Antivirus dasturi o`rnatilayotganida virus bazalarini yangilash shart 
    emas, lekin agar baza eskirib qolgan bo`lsa, u ish jarayonining hamma qismida 
    foydalanuvchiga eslatib turiladi (ba’zan jonga ham tegib ketadi). Bu dasturning 
    «shoshmasligi» uning kompьyuterni tekshirish tezligiga hech qanday ta’sir 
    ko`rsatmaydi. Kompьyuterga yuqtirilgan 7 ta virusning hammasi bu dastur 
    yordamida 15 daqiqadan kamroq vaqt ichida topildi, yolgon chaqiruvlar bo`lmadi. 
    NOD32 
    CHet elda, xususan arb davlatlarida o`tkaziladigan «Virus Bulletin 100%» 
    xalqaro testda etakchi antivirus hisoblanadi. Lekin u MDH da unchalik 
    ommalashmagan. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, faqat mana shu NOD32 
    antivirus dasturigina birorta ham zararli fayllarni «qo`yib yubormagan». Biz 
    o`tkazgan test natijalariga ko`ra esa, yuqtirilgan 7 ta virusdan 6 tasini 5 daqiqa 
    ichida aniqladi. Oxirgi ettinchi virusga esa, «shubhali» deb tashxis qo`ydi. 

    Download 0,49 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot xavfsizligi va ximoyalash usullari. Axborot xavfsizligi

    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish