• O`zgarishlarni aniqlovchi usul
  • Virusga qarshi dasturlarning xillari.
  • Virusga qarshi monitoring




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/22
    Sana07.10.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #273899
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
    Bog'liq
    maruza1

    Virusga qarshi monitoring
    . Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, 
    kompьyuter xotirasida boshqa dasturlar tomonidan bajariluvchi shubhali 
    xarakatlarni monitoringlovchi virusga qarshi dastur doimo bo`ladi. Virusga qarshi 
    monitoring barcha ishga tushiriluvchi dasturlarni, yaratiluvchi, ochiluvchi va 
    saqlanuvchi xujjatlarni internet orqali olingan yoki disketdan yoki har qanday 
    kompaktdiskdan zararlangan dastur va xujjatlarning fayllarini tekshirishga imkon 
    beradi. Agar qandaydir dastur xavfli harakatni qilishga urinmoqchi bo`lsa, virusga 
    qarshi monitor foydalanuvchiga xabar beradi. 
    O`zgarishlarni aniqlovchi usul
    . Diskni taftish qiluvchi deb ataluvchi ushbu 
    usulni amalga oshirishda virusga qarshi dastur diskning xujumga duchor bo`lishi 
    mumkin bo`lgan barcha sohalarini oldindan xotirlaydi, so`ngra ularni vaqti - vaqti 
    bilan tekshiradi. Virus kompьyuterlarni zaharlaganida qattiq disk tarkibini 
    o`zgartiradi: masalan, dastur yoki xujjat fayliga o`zining kodini qo`shib qo`yadi, 
    Autoexes.bat fayliga dastur-virusni chaqirishni qo`shadi, yuklama sektorni 
    o`zgartiradi, fayl yo`ldosh yaratadi. Disk sohalari xarakteristikalarining qiymatlari 
    solishtirilganida virusga qarshi dastur ma’lum va noьmalum viruslar tomonidan 
    qilingan o`zgarishlarni aniqlashi mumkin. 
    Kompьyuterlarning kiritish, chiqarish bazaviy tizimiga (BIOSga) virusga qarshi 
    vositalarni 
    o`rnatish. 
    Kompьyuterlarning 
    tizimli 
    platasiga 
    viruslardan 
    himoyalashning oddiy vositalari o`rnatiladi. Bu vositalar qattiq disklarning bosh 
    yuklama yozuviga hamda disklar va disketlarning yuklama sektorlariga barcha 
    murojaatlarni nazoratlashga imkon beradi. Agar qandaydir dastur yuklama 
    sektorlar tarkibini o`zgartirishga urinsa, himoya ishga tushadi va foydalanuvchi 
    ogohlantiriladi. Ammo bu himoya juda ham ishonchli emas. 
    Virusga qarshi dasturlarning xillari. 
    Virusga qarshi dasturlarning quyidagi 
    xillari farqlanadi: 
    -
    dastur-faglar (virusga qarshi skanerlar); 


    -
    dastur-taftishchilar (CRC-skanerlar); 
    -
    dastur-blokirovka qiluvchilar; 
    -
    dastur-immunizatorlar. 
    Web — Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi, Windows 
    9x/HT/2003/XP/7/8 uchun mo`ljallangan bo`lib, faylli, yuklama, va fayl-yuklama 
    viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi. 
    AVP (Antivirus Kasperskogo Personal) — Rossiyaning virusga qarshi 
    paketi. 
    Eset Nod32 Antivirus 
    Symantes Antivirus — Symantes kompaniyasining korporativ 
    foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti to`plami. 

    Download 0,49 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish