Kompьyuter viruslari qanday hosil bo`ladi?




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana07.10.2024
Hajmi0,49 Mb.
#273899
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
maruza1

Kompьyuter viruslari qanday hosil bo`ladi? 
Biologik viruslardan farqli o`laroq, kompьyuter viruslarini inson tomonidan 
tuziladi. Viruslar kompьyuter foydalanuvchilariga katta zarar etkazadi. Ular 
kompьyuter ishini to`xtatadi yoki qattiq diskdagi ma`lumotlarni o`chiradi. Virus 
sistemaga bir necha yo`llar bilan tushishi mumkin: ma’lumot tashuvchi qurilmalar, 
dasturiy taьminot yuklangan C-ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli bolanish, 
global Internet; tarmog’idagi elektron pochta. 
Ma’lumot tashuvchi qurilma virusdan zararlanishi oson. Zararlangan 
kompьyuterga ma’lumot tashuvchi qurilmani solib o`qitilganda diskning bosh 
sektoriga virus tushadi. 
Internet maьlumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin, 
kompьyuter viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi. 
Albatta internetdan olingan barcha maьlumotlarda virus bor deb bo`lmaydi. 
Kompьyuterda ishlovchi ko`pchilik mutaxassislar va operatorlar qabul qilinadigan 
maьlumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internet da ishlayotgan har 
bir kishi uchun yaxshi antivirus himoya zarur. «Kaspeskiy laboratoriyasi» texnik 
taьminot xizmati statistikasiga ko`ra, viruslardan zararlangan xolatlarning 85% i 
elektron pochta orqali sodir bo`lgan. 1999 yilga nisbatan xozirgi kunda bu 
ko`rsatkich 70 % tashkil etadi. «Kaspeskiy laboratoriyasi» elektron pochtalarga 
yaxshi antivirus himoyasi kerakligini ta`kidlaydi. 
Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, 
ommabop dasturlar, operattsion sistemalar, maьlumotlarni uzatish texnologiyalari 
uchun viruslar ko`plab tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta biznes va boshqa 
sohalarda muloqot uchun asosiy vosita bo`lib qolmoqda. SHuning uchun virus 
tuzuvchilari elektron pochtaga diqqatini qaratmoqda. 
Kompьyuter virusining ko`p ta’riflari mavjud. Birinchi ta’rifni 1984 yili 
FredKoenn bergan: "Kompьyuter virusi - boshqa dasturlarni, ularga o`zini yoki 
o`zgartirilgan nusxasini kiritish orqali, ularni modifikattsiyalash bilan zaharlovchi 
dastur. Bunda kiritilgan dastur keyingi ko`payish qobiliyatini saqlaydi". Virusning 
o`z - o`zidan ko`payishi va hisoblash jarayonini modifikattsiyalash qobiliyati bu 
ta’rifdagi tayanch tushunchalar hisoblanadi. Kompьyuter virusining ushbu 
xususiyatlari tirik tabiat organizmlarida biologik viruslarning parazitlanishiga 
o`hshash. 
Hozirda kompьyuter virusi deganda quyidagi xususiyatlarga ega bo`lgan 
dasturiy kod tushuniladi: 
-
asliga mos kelishi shart bo`lmagan, ammo aslining xususiyatlariga (o`z- 
o`zini tiklash) ega bo`lgan nusxalarni yaratish qobiliyati; 
-
hisoblash tizimining bajariluvchi ob’ektlariga yaratiluvchi nusxalarning 
kiritilishini ta’minlovchi mexanizmlarning mavjudligi. 
Ta’kidlash lozimki, bu xususiyatlar zaruriy, ammo etarli emas. Ko`rsatilgan 
xususiyatlarni hisoblash muhitidagi zarar keltiruvchi dastur ta’sirining destruktivlik 
va sir boy bermaslik xususiyatlari bilan to`ldirish lozim. 
Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo`yicha turkumlash mumkin: 
-
yashash makoni; 
-
operatsion tizim; 


-
ishlash algoritmi xususiyati; 
-
destruktiv imkoniyatlari. 
Kompьyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar 
kiritiluvchi kompьyuter tizimi obektlarining xili bo`yicha turkumlash asosiy va 
keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi. 
Fayl viruslari bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan kiritiladi (eng ko`p 
tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-yo`ldoshlarni (kompanon viruslar) yaratadi yoki 
faylli tizimlarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi. 
YUklama viruslar o`zini diskning yuklamasektoriga (boot - sektoriga) yoki 
vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo`lgan sektorga yozadi. 
YUklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini 
bajaradi. 
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini va 
fayllarini, xususan Microsoft Word, Microsoft Excel ommaviy muharrirlarning 
fayl-xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi. 
Tarmoq viruslari o`zini tarqatishda kompьyuter tarmoqlari va elektron pochta 
protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini "qurt" 
xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet 
bo`yicha tarqaladi), IRS-qurtlarga (chatlar, InternetReleyChat) bo`linadi. 
Kompьyuter viruslarining bajarilish davri, odatda, beshta bosqichni o`z ichiga 
oladi: 
1.
Virusni xotiraga yuklash. 
2.
Qurbonni qidirish. 
3.
Topilgan qurbonni zaharlash. 
4.
Destruktiv funktsiyalarni bajarish. 
5.
Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o`tkazish. 

Download 0,49 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompьyuter viruslari qanday hosil bo`ladi?

Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish