|
Kompьyuter viruslari va ulardan himoyalanish usullariBog'liq maruza1Kompьyuter viruslari va ulardan himoyalanish usullari.
Virus(virus) inglizcha “yuqumli boshlanish”, “yomon boshlanish – buzuvchi
boshlanish”, “yuqumli kasal” degan maьnolarni anglatadi.
Mashxur «doktor» lardan biri D.N.Lozinskiy virusni kotibaga o`xshatadi.
Tartibli kotibani faraz qilsak, u ishga keladi va stolidagi bir kunda qilishi kerak
bo`lgan ishlarni - qog’ozlar qatlamini ko`radi. U bir varoni ko`paytirib bir
nusxasini o`ziga ikkinchisini keyingi qo`shni stolga qo`yadi. Keyingi stoldagi
kotiba ham kamida ikki nusxada ko`paytirib, yana bir kotibaga o`tkazadi. Natijada
kontoradagi birinchi nusxa bir necha nusxalarga aylanadi. Ba`zi nusxalar yana
ko`payib boshqa stollarga ham o`tishi mumkin.
Kompьyuter viruslari taxminan shunday ishlaydi, Faqat qoozlar o`rnida endi
dasturlar, kotiba bu - kompьyuter. Birinchi buyruq «ko`chirish-nusxa olish» bo`lsa,
kompьyuter buni bajaradi va virus boshqa dasturlarga o`tib oladi. Agar
kompьyuter biror zararlangan dasturni ishga tushirsa virus boshqa dasturlarga
tarqalib borib butun kompьyuterni egallashi mumkin.
Agar bir dona virusning ko`payishiga 30 sekund vaqt ketsa, bir soatdan keyin bu
1000000000 dan ortib ketishi mumkin. Aniqroi kompьyuter xotirasidagi bo`sh
joylarni band qilishi mumkin.
Xuddi shunday voqea 1988 yili Amerikada sodir bo`lgan. Global tarmoq orqali
uzatilayotgan ma`lumot orqali virus bir kompьyuterdan boshqasiga o`tib yurgan.
Bu virus Morris virusi deb atalgan.
Maьlumotlarni virus qanday yo`q qilishi mumkin degan savolga shunday javob
berish mumkin:
Virus nusxalari boshqa dasturlarga tez ko`payib o`tib oladi;
Kalendar bo`yicha 13-sana juma kunga to`g’ri kelsa hamma xujjatlarni yo`q
qiladi.
Buni hammaga ma`lum «Jerusalem» («Time» virusi ham deb ataladi) virusi juda
«yaxshi» amalga oshiradi. Ko`p xollarda bilib bo`lmaydi, virus qaerdan paydo
bo`ldi.
Virusni aniqlanishi shundaki, u kompьyuter sistemasida joylashib va ko`payib
borishiga bolik. Misol uchun, nazariy jihatdan operattsion sistemada virus davolab
bo`lmaydi. Bajaruvchi kodning sohasini tuzish va o`zgartirish ta`qiqlangan sistema
misol bo`lishi mumkin.
Virus hosil bo`lishi uchun bajariluvchi kodlar ketma-ketligi ma`lum bir
sharoitda shakllanishi kerak. Kompьyuter virusining xossalaridan biri o`z
nusxalarini kompьyuter tarmoqlari orqali bajariluvchi obektlarga ko`chiradi. Bu
nusxalar ham o`z-o`zidan ko`payish imkoniyatiga ega.
|
| |