• Statistik usul.
  • Ekspert tizimlari.
  • Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/30
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,18 Mb.
    #124517
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
     
    Xujumlarni aniqlash
    Tarmoq axborotini taxlillash usullari. Mohiyati bo’yicha, xujumlarni aniqlash 
    jarayoni korporativ tarmoqda bo’layotgan shubhali harakatlarni baholash jarayonidir. 
    Boshqacha aytganda xujumlarni aniqlash- hisoblash yoki tarmoq resurslariga 
    yo’naltirilgan shubhali harakatlarni identifikatsiyalash va ularga reaktsiya ko’rsatish 
    jarayoni. Hozirda xujumlarni aniqlash tizimida quyidagi usullar ishlatiladi:
    - statistik usul;
    - ekspert tizimlari;


    - 39 - 
    - neyron tarmoqlari.
    Statistik usul. Statistik yondashishning asosiy afzalligi allaqachon ishlab 
    chiqilgan va o’zini tanitgan matematik statistika apparatini ishlatish va sub’ekt 
    xarakteriga moslash.
    Avval tahlillanuvchi tizimning barcha sub’ektlari uchun profillar aniqlanadi. 
    Ishlatiladigan profillarning etalondan har qanday chetlanishi ruxsat etilmagan 
    foydalanish hisoblanadi. Statistik usullar universal hisoblanadi, chunki mumkin bo’lgan 
    xujumlarni va ular foydalanadigan zaifliklarni bilish talab etilmaydi. Ammo bu 
    usullardan foydalanishda bir qancha muammolar paydo bo’ladi:
    1. Statistik tizimlar xodisalar kelishi tartibiga sezuvchanmaslar; ba’zi xollarda 
    bir xodisaning o’zi, kelishi tartibiga ko’ra anomal yoki normal faoliyatni 
    xarakterlashi mumkin. 
    2. Anomal faoliyatni adekvat identifikatsiyalash maqsadida xujumlarni 
    aniqlash tizimi tomonidan kuzatiluvchi xarakteristikalar uchun chegaraviy 
    (bo’sag’aviy) qiymatlarni berish juda qiyin. 
    3. Statistik usullar vaqt o’tishi bilan buzg’unchilar tomonidan shunday 
    "o’rnatilishi" mumkinki, xujum harakatlari normal kabi qabul qilinadi.
    Ekspert tizimlari. Ekspert tizimi odam-ekspert bilimlarini qamrab oluvchi 
    qoidalar to’plamidan tashkil topgan. Ekspert tizimidan foydalanish xujumlarni 
    aniqlashning keng tarqalgan usuli bo’lib, xujumlar xususidagi axborot qoidalar 
    ko’rinishida ifodalanadi. Bu qoidalar harakatlar ketma-ketligi yoki signaturalar 
    ko’rinishida yozilishi mumkin. Bu qoidalarning har birining bajarilishida ruxsatsiz 
    faoliyat mavjudligi xususida qaror qabul qilinadi. Bunday yondashishning muhim 
    afzalligi - yolg’on trevoganing umuman bo’lmasligi. 
    Ekspert tizimining ma’lumotlari bazasida hozirda ma’lum bo’lgan aksariyat 
    xujumlar stsenariyasi bo’lishi lozim. Ekspert tizimlari, dol-zarblikni saqlash maqsadida, 
    ma’lumotlar bazasini muttasil yangilashni talab etadi. Garchi ekspert tizimlari qaydlash 
    jurnallaridagi ma’lumotlarni ko’zdan kechirishga yaxshi imkoniyatni tavsiya qilsada
    so’ralgan yangilanish e’tiborsiz qoldirilishi yoki ma’mur tomonidan qo’lda amalga 
    oshirilishi mumkin. Bu eng kamida, ekspert tizimi imkoniyatlarining bo’shashiga olib 
    keladi.
    Ekspert tizimlarining kamchiliklari ichida eng asosiysi - noma’lum xujumlarni 
    akslantira olmasligi. Bunda oldindan ma’lum xujumning xatto ozgina o’zgarishi 
    xujumlarni aniqlash tizimining ishlashiga jiddiy to’siq bo’lishi mumkin. 

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari

    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish