Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi. Simsiz qurilmalar xavfsizligi




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/30
Sana20.12.2023
Hajmi1,18 Mb.
#124517
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi. Simsiz qurilmalar xavfsizligi 
muammolari 
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon 
beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis 
burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar 
odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki 
Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi. 
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati 
bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter 
qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), 
noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali 
telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar 
va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. 
Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini 
ta’minlaydi.
Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz 
tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN). 
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 
metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning 
xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi. 
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy 
kompyuterida yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. 
Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi 
qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik 
bo’lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o’rnatilishi va keyingi
zaruriyat tug’ilganda, joyining o’zgartirilishi anchagina osonlashadi. 


- 43 - 
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish 
binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan 
foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab 
etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta ekranli PDA larni ishlatishadi. 
Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo’la 
turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga o’z vazifalarini samarali bajarishga imkon 
beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki 
maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, 
narxi va bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi an’anaviy 
simli lokal tarmoqlariga o’xshash. 
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo’yicha shaxarga teng bo’lgan xududga xizmat 
qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, ba’zida 
esa mobillik zarur bo’ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va 
masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki energetik 
kompaniya bunday tarmoqdan shaxar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan 
beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini ta’minlaydi. Natijada, simsiz regional
tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to’playdi yoki mobil 
foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o’rnatishga imkon 
beradi. 
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil 
texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta 
bo’lishini ta’minlaydi. 
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki xatto 
kontinent masshtabida foydalanishni ta’minlash bilan ishlanishini ta’minlaydi. Iqtisodiy 
mulohazalarga 
tayangan 
holda, 
telekommunikatsiya 
kompaniyalari 
ko’pgina 
foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz global 
tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning xarajati 
barcha foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlanadi, natijada abonent to’lovi unchalik yuqori 
bo’lmaydi. 
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni 
uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil etadi. 
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta 
xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida 
bo’lganida korporativ ilovalardan foydalanishni ta’minlovchi ilovalardir. Abonentlar
masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo’yicha sayr qilinayotganlarida 
ulanishni o’rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan foydalanuvchilar 
xududiy chegaralanmaganlar. 

Download 1,18 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi. Simsiz qurilmalar xavfsizligi

Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish