|
-мавзу. Ижтимоийлашув омиллари ва воситалари
|
bet | 21/118 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 464,23 Kb. | | #151051 |
Bog'liq Axmamat jumayev, surayyo sharipova2-мавзу. Ижтимоийлашув омиллари ва воситалари
(Семинар машғулоти ишланмаси)
Reja:
1. Ijtimoiylashuv tushunchasi va ijtimoiylashuv jarayoni.
2. Ijtimoiylashuv vositalari, agentlari, mexanizmlari.
3. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar.
4. Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri.
5. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.
AMALIY MASHGʻULOT TOPSHIRIQLARI
1–topshiriq. FSMU texnologiyasi asosida berilgan vazifani bajaring.
Ijtimoiylashuv tushunchasi va ijtimoiylashuv jarayoni deganda nimani tushunasiz?
Ijtimoiy moslashuv nima?
Individuallashuv nima?
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi qanday, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan nechta yo‘nalishda olib boriladi?
“FSMU” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya o‘quvchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
O‘quvchi yoki talabalarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;
Har bir o‘quvchi yoki talabaga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi:
(F) – Fikringizni bayon eting.
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating.
(M) – Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.
(U) – Fikringizni umumlashtiring.
2–topshiriq. “Qor bo‘ron” metodi orqali mavzuning mohiyatini ochib bering?
Metod asosida ishlash qoidalari
Ikkiga ajratilgan guruh talabalari bir muammo yuzasidan eng ko‘p to‘g‘ri javoblar topish maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. Har bir to‘g‘ri javob yumoloqlangan qor ko‘rinishida o‘sha guruh hisobiga yozib qo‘yiladi; to‘plangan umumiy ballar miqdori asosida guruhlar baholanadi.
Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo‘lishi mumkin. Guruhlar qo‘yilgan muammoni ma’lum muddat muhokama etib, natijani boshqalarga ma’lum qilishadi. Muammo yechimining eng yaxshi varianti tanlab olinadi.
|
| |