• Shaxs Serg‘ayrat va baxtiyor. Izlanadi, fikr yuritadi, komillikka intiladi. Naqadar buyuk va murakkkab mavjudot. Inson. Faoliyat
  • –topshiriq. Ijtimoiylashuv omillari va vositalari mavzusi yuzasidan quyidagi kategoriyalar bo‘yicha sinkveyn tuzing




    Download 464,23 Kb.
    bet22/118
    Sana03.02.2024
    Hajmi464,23 Kb.
    #151051
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118
    Bog'liq
    Axmamat jumayev, surayyo sharipova

    3–topshiriq. Ijtimoiylashuv omillari va vositalari mavzusi yuzasidan quyidagi kategoriyalar bo‘yicha sinkveyn tuzing.
    XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun umri mobaynida o‘rganuvchi hamda fanlararo bog‘lanuvchi ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarini tahlil qilish uni, shartli ravishda, ikki asosiy yondashuvga ajratish imkonini beradi: - sub’yektiv – ob’yektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining sust iste’molchisi sifatida qaraladi. (E. Dyurkgem, T. Parsons); - sub’yektivsub’yektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Agar, shaxsning jamiyatga kirishida moslashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga, bunday hollarda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham sodir bo‘ladi.
    Yuqoridagi shaxs, inson, jamiyat, davlat, faoliyat, ijtimoiylashuv, agent, vosita, mexanizm, megaomillar, makroomillar, mezoomillar, mikroomillar kabi ijtimoiy pedagogik kategoriyalar bo‘yicha mavzu yuzasidan sinkveyn tuzishga harakat qiling.

    Sinkveyn (fransuzcha: “besh qator”) usulida mavzu yoki tushuncha mohiyati besh qatorli ochiq she’rda yoki matnda yoritiladi. Usul qoidasi:


    1. qator: Mavzu (bir so‘z tanlanadi, odatda u ot bo‘ladi);


    2. qator:Mavzuni ikki so‘z bilan ifodalash (ikkita sifat tanlanadi);


    3. qator: Mavzu bo‘yicha harakatlarni ifodalash (uchta fe’l yoki ravishdosh tanlanadi);


    4. qator: Mavzuga munosabat, his-hayajon bildiriladi (to‘rta so‘zdan iborat jumla);


    5. qator: Mavzu sinonimini bir so‘z bilan ifodalash.

    Sinkveynga misollar keltiramiz:



    Shaxs
    Serg‘ayrat va baxtiyor.
    Izlanadi, fikr yuritadi, komillikka intiladi.
    Naqadar buyuk va murakkkab mavjudot.
    Inson.
    Faoliyat
    Harakatli va ongli.
    Fikrni charxlaydi, aqlni o‘stiradi, tafakkurni rivojlantiradi.
    Sog‘lom tanda sog‘ aql.
    Mashg‘ulot.

    Download 464,23 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118




    Download 464,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    –topshiriq. Ijtimoiylashuv omillari va vositalari mavzusi yuzasidan quyidagi kategoriyalar bo‘yicha sinkveyn tuzing

    Download 464,23 Kb.