• "Bahs - munozara" da
  • "Klaster" metodi.
  • "Oyga kim birinchi" oyini
  • Axmatova Saida Yorquljonovna Navoiy viloyati Karmana tuman 8- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi




    Download 1,54 Mb.
    bet3/4
    Sana20.07.2024
    Hajmi1,54 Mb.
    #268122
    1   2   3   4
    Bog'liq
    AXMATOVA SAIDA

    "Adashgan zanjirlar" usuli boshlang'ich sinflarda biror bir ketma - ketlikni tiklash uchun qo'llanadi.

    Bunda o'qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid ketma - ketlikni alohida - alohida va tartibsiz qo'yadi. O'quvchilar tartibsiz joylashgan so'zlarga mantiqiy bog'langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 kishilik guruhda qo'llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin. Masalan 4-sinf darsligidan "Noma'lum qo'shiluvchini toppish" qoidasi: "Noma'lum qo'shiluvchini topish uchun yig'indidan ma'lum qo'shiluvchini ayirish kerak", shunday o'zgartiriladi: qo'shiluvchini ayirish topish "noma'lum uchun yig'indidan ma'lum kerak *>* qo'shiluvchi" So'zlar alohida qog'ozlarga yoziladi va ko'rgazma taxtasiga betartib joylashtiriladi. O'quvchilar tartibni tiklaydilar, yoki har bir guruhga so'zlar to'plami beriladi va guruhlar tartibini tiklaydilar.




    "Bahs - munozara" da o'quvchilar bilan biror muammoni yechish yo'lini qidirishda foydalaniladi, masalan: masala yechish, misol ishlash, o'lchash ishlarini bajarish, yechimning qulay usulini topish va hokazo. Sinfni to'rtliklarga bo'lish va guruhda ishlash mumkin.


    "Muammoli savollar" sinfda muammoli vaziyatni yaratish, bir muammoni mustaqil o'quvchilar tomonidan yechilishiga erishish uchun qo'llanadi. Muammoli savol va topshiriq o'qituvchi tomonidan aniq aytiladi, doskaga yoziladi, yechimni juft - juft bo'lib qidirish taklif qilinadi. Har bir guruh javobi eshitiladi va umumlashtirib yagona yechimga kelinadi.


    "Klaster" metodi. Klaster (g'uncha, bog'lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u o'quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar to'g'risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "


    "Oyga kim birinchi" o'yini
    Buni tez bajarganlarga yana qo'shimcha topshiriq yoki mana shu topshiriqni berish mumkin. Qulfîiing ko'rinishi mana bunday: Endi 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13 sonlarini bo'sh doirachlarga shuday joylashtirish kerakki, oltiburchakning istalgan diaganali, balandligi yoki istalgan tomonida uchta soning yig'indisi 21 bo'lsin. Ana shunda qulf ochiladi.



    Download 1,54 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axmatova Saida Yorquljonovna Navoiy viloyati Karmana tuman 8- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi

    Download 1,54 Mb.