Axmatova Saida Yorquljonovna
Navoiy viloyati Karmana tuman
8- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi
"Boshlangʼich sinflarning matematika darslarida qo‘llash uchun qiziqarli metodlar "
Boshlang'ich sinflarning matematika darslarida qo‘llash uchun qiziqarli metodlar
ANNOTATSIYA.
Tavsiyada so'nggi yillarda kompyuterlar va axborot texnologiyalari hayotimizga dadil kirib kelayotganligi, matematika darslarida o'quvchilarni fikrlash qobilyatini shakllantirish maqsadida kompyuterdan foydalanishlari va kompyuter savodxonligi, matematika fanini o'qitishda innovatsion yondashuvlar, boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematika fanlarini o'qitish to'g'risida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: kompyuter, texnologiya, matematika, innovatsion ta'lim, elektron ishlanma, SMART telefon
Muallif: Axmatova Saida Yorquljonovna
Taqrizchi:
MUNDARIJA:
1. Kirish..............................................................
2. Asosiy qism....................................................
3. Xulosa.............................................................
4. Ilovalar.............................................................
KIRISH
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.
Respublikamizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bug`ini jamiyatdagi demokratik o`zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikaning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta`lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta`lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta`lim tizimi hisoblanadi. Ta`lim tizimining har bir bo`g`ini alohida o`ringa ega.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi" talablarida “ta`lim tarbiya jarayonini shakllantirish ta`lim mazmunini aniqlash, ta`lim tarbiya jarayonini amalga oshirishning didaktik qonuniyatlari va prinsiplarini ishlab chiqish, davlat ta`lim standartlarini takomillashtirish, o`quv dasturlari, darsliklrning yangi avlodi, o`quv metodik majmualar yaratish” vazifasini hal qilish takidlab o`tilgan.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, Shu bilan birga odatda, ular bir qiymatli yechimga ega emas. O`qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o`quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimini tez topa olishi uchun bu soxada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo`lishi talab etiladi.
|