ASOSIY QISM
Boshlang`ich ta`lim metodikasi o`qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o`yinlar mantiq ilmi va matematik nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o`yinlardan foydalaniladi va o`rganilgan materialni faqat mustaxkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Matematika boshlang`ich ta`lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1.Matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsadni aniqlab asoslash (nima uchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi)
2. Matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashg`ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta`lim mazmuni o`quvchilarning aniq bilim olish imkoniyatlariga mos keladi.
3.O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak) ya`ni, o`quvchilar hozirgi kunda zarur bo`lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak?
4.O`qitish vositalari-darsliklar, didaktik materiallar, ko`rgazmali qo`llanmalar va o`quv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o`qitish)
5.Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta`limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish). [1]
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi matematika fanidan tuzilgan dasturga binoan o`quvchilarga quyidagi bilimlarni berishni nazarda tutadi:
· Butun nomanfiy sonlarni raqamlash;
· Asosiy miqdorlar va ularning o`lchov birliklari;
· Arifmetik amallar;
· Matnli masalalar;
· Algebraik material(tenglik, tengsizlik va b.q.)
· Geometrik material;
Maktabda matematikani o`qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko`p yillik tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli darsdir. Matematikaning eng qadimgi davrlaridan hozirgi kungacha bo`lgan ko`p asrlik rivojlanish tarixida uning to`rt rivojlanish davri qayd etiladi:
1.Dastlabki omillarning jamlanishi bilan bog`liq matematikaning paydo bo`lish davri.Bu davrda matematika hali alohida fan tariqasida o`zining predmeti va metodiga ega bo`lmay, balki matematikadan faqat ayrim faktlar to`planadi. Bunga misol qilib qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hind matematikasini ko`rsatish mumkin.
2.Elementar matematika davri. Bu davrga qadimgi Yunon matematiklari asos soldilar va uni O`rta Osiyodagi O`rta Sharq olimlari jumladan Al-Farg`oniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Ulug`beklar davom ettirdilar.
3.O`zgaruvchan miqdorlar matematikasi davri.
4.Klassik oliy matematika davri. [2]
O`quvchilaning matematik bilimlarni o`zlashtrishi faqat o`quv ishida to`g`ri metod tanlashga bog`liq bo`lmasdan, balki o`quv jarayonini tashkil qilish formasiga ham bog`liqdir. Dars deb dastur bo`yicha belgilangan, aniq jadval asosida , aniq vaqt mobaynida o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning o`zgarmas soni bilan tashkil etilgan o`quv ishiga aytiladi.
Dars vaqtida o`quvchilar matematikadan nazariy malumotga, hisoblash malakasiga, masala yechish, har xil o`lchashlarni bajarishga o`rganadilar, ya`ni darsda hamma o`quv ishlari bajariladi.
Matematika darsining o`ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o`quv predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra geometriya elementlari ham o`rganiladi.Matematika boshlang`ich kursining boshqa o`ziga xos tomoni nazariy amaliy masalalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun xar bir darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy o`quv malakalar sngdiriladi. Taniqli olim J.Ikromov o`zining “Язык обучения математики” kitobida "Maktab o`quvchilarining matematik madaniyati shakllanishi bir necha davrga bo`linadi",-deb ta`kidlaydi. Birinchi navbatda ular ob`yektiv tushunchalarning birgalikda tashkil etadigan mazmuni —matematik reallikni aniqlab oladilar. Bunda ob`yektlarning aniqlik xususiyatlari bilan tarixiy jihatlar o`rtasidagi bog`liqlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu yerda matematik reallik jumlasiga e`tibor qaratadigan bo`lsak ushbu reallikni o`quvchilar matematik hisob kitoblarning turmush jarayonidagi ahamiyatini bevosita bilganlarida ya`ni kundalik turmush bilan bog`liq misol va masalalarni bevosita bajarganlaridagina his qiladilar. Demak kundalik turmush bilan bog`liq holda matematika o`qitishni tashkil etish o`quvchi faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. Kundalik turmush bilan bog`liq misollar yechish asosida o`quvchi matematik bilimlar shunchaki o`zlashtiriladigan bilimlar emas balki hayotiy zaruriyat sifatida o`zlashtirilishi lozimligi to`g`risida xulosa qiladilar.
Odatda darsda bir necha didakik materiallar amalga oshiriladi: yangi materialni utish; o`tilgan materialni mustaxkamlash; bilmilarni mustaxkamlash; bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish; mustaxkam o`quv va malakalar xosil qilish va xokazo.Matematika darslarining o`ziga xos yana bir tomoni Shundaki, bu-o`quv materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko`rgazmali vositalar, o`qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash,o`quvchilarning faolligi, sinf o`quvchilarining o`zlashtirish darajasi, kabilarga ham bog`liq.
Matematika darsida turli tuman tarbyaiviy vazifalar ham hal qilinadi. O`quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas`uliyatni va sof vijdonlilikni, to`g`ri va aniq so`zlashni, hisoblash, o`lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni yengish xislatlarini tarbyailaydi.
O`quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud:
1.Mustaqil uy ishlari.
2.O`quvchilar bilan yakka va guruh mashg`ulotlari.
3.Matematikaga qobiliyatli o`quvchilar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlar.
4.Matematikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlar.
5.O`quvchilar bilan ishlab shiqarishga, tabiatga ekskursiya.
Bu yerda sanab o`tilgan ish shakllari va dars bir birini to`ldiradi. Asosiy masala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bevosita o`qituvchi rahbarlik qiladi. Qo`shimcha mashg`ulotlarda esa ish o`qituvchining o`zi tomonidan yoki o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar tomonidan badjariladi.
Bugungi kunda asoslanishi lozim bo`lgan holat-o`quvchiga pedagogik yordam ko`rsatish va o`quv biluv jarayonida uni pedagogik qo`llab quvvatlashning qulay shakl va imkoniyatlarini izlab topishdan iboratdir. [3]
O`quvchilar bilan har bir darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib boriladi. har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olib borish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O`qitish jarayonida har bir o`quv materiali rivojlantirlgan holda olib boriladi, bu o`quv materiali o`zidan keyin o`qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo`ladi. Boshqa tushunchaning o`zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir nechta darslarning o`zaro bog`liqligi o`qitilishi natijasida hosil bo`ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarni hosil qilish birgina darsning o`zida hosil qilinmasdan, balki o`zaro aloqada bo`lgan bir qancha darslarni o`tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.Shuning uchun o`qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma ketlikda joylashtirishi kerak.Eng katta talab darsning o`quv tarbiyaviy maqsadini e`tiborga olish, o`qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo`yicha yaxshi o`ylangan darslar tizimining o`quv vaqtini mavzularga to`g`ri taqsimlashga bog`liq.Unda o`quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumiy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, mustaxkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta`minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimda keltirish va umumlashtirishni ham ta`minlash kerak.
Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya`ni bilimlarni o`zlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar qaraladi:
1.Yangi materialni o’qitishga tayyorlash.
2.Yangi o`quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish.
3.Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali malakalarni hosil qilish.
4.Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.
5.Bilim va malakalarni tekshirish.
Matematika o`qitish jarayonida o`quvchilarning faolligini oshirish va matematikaga bo`lgan qiziqishini rivojlantirsh omillaridan biri o`quvchilar bilan olib boriladaigan mustaqil ishlardir.
Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o`rganishga tayyorgarlik ko`rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va malakalarni mustahkamlashda, shuningdek bilimlarni nazorat qilishda amalga oshiriladi.
O`qitishni tashkil qilish.
O`qitish shakli- bu o`quvchilarning o`quv bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab shiqarishda va h.k.)o`tkazilishiga muvofiq ravishda o`qiutuvchi tomonidan tarbiyaviy o`qitish jarayonida foydalanialadigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o`quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo`lib ishlashalri, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat.
O`quv dasturi DTS asosida tasdiqlangan davlat hujjati bo`lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartlari talablarining o`quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko`nikmalarini egallashlariga , bilim olishga ijobiy munosabatda bo`lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
a)o`quvchilarni tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o`quvchini shakllantirish;
b)faoliyatning har xil turlarini: o`quv, mehnat, muloqotni egallash;
v)o`z-o`zini nazorat qilish hamda baholash reytingini aniqlashga o`rgatish;
g)muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.
Shunday qilib, boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartining o`quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o`quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o`quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarning shakllanishini ham ta’minlaydi.
Kundan kunga ma`lumot oshib borayotgan bilan tushunarli bo`ladiki bugungi o`quvchilarga kerak bo`ladigan narsalarni hammasini o`rgatib bo`lmaydi. O`zlashtirilgan ma`lumot juda tez eskirib qolmoqda, chunki har kuni yangi ma`lumotlar chiqmoqda. Fanda o`qitish nazariyasi ushbu fanni o`qitish bo`yicha metodik tizimlarning faoliyat qonunini ochib beradi. Metodika ularni tadbiqini, texnologiya esa ushbu modelni amalga oshirish usullarini ishlab chiqadi.
Tushuntirsh quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi:
1)dogmatik usul.
2)evristik usul;
3) tadqiqot usuli (muammoli usul);
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o`quvchilarda o`zaro nazorat qilish va o`zaro yordam berish sifatlarini shakllantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi.
Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o`rinlari emas, balki butun o`quv jarayoni ta`lim mazmuni, o`quv ishi usullari, darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.
Matematika darslarida o'quvchilarni fikrlash qobiliyatini shakllantirish maqsadida kompyuterdan foydalanish masalasiga to'xtalib o'tamiz. O'qituvchi o'z mashg'uloti davomida o'quvchilarga ma'lum hajmdagi mashg'ulotlarni beribgina qolmay, ularda turli vositalardan, jumladan, kompyuterdan foydalanib, mustaqil ravishda boshqa ma'lumotlarni izlab topishga ishtiyoq tug'dirishni shakllantirishga erishishi lozim. O'quvchilarning mustaqil ravishda bilishga harakati yaxshi tashkil etilgan bo'Isa, mashg'ulot shuncha samarali va sifatli o'tadi. Kompyuter o'quvchilarni mustaqil ish olib borish imkoniyatini oshiradi, o'qituvchi esa o'tilgan materialni o'zlashtirish jarayonini turli shakllarda nazorat qilishi mumkin.
Hozirgi kompyuterlashgan internet tizimi tezlik bilan rivojlanayotgan zamonning yosh avlodlariga zamonga moslashgan holda yangicha dars tizimini joriy qilish lozimdir, chunki maktabdan tashqaridagi hayotda hamma internet tarmog'i bilan birga yashaydi. O'sib kelayotgan avlodni barkamol va aqlli qilib tarbiyalashda avvalo maktab tizimini tubdan o'zgartirib har bir fanlar uchun (SMART) xonalarni tashkil qilsak maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'quvchilarni o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda planshetlar bilan darslar o'tilishini ta'minlasak va matematika fanidagi barcha mavzularni (SMART) xonalarda o'quvchilarni planshetlarda mustaqil ishlashlarini taminlasak bilim olishni samaradorligiga erishishimiz mumkin. Xonalarda ko'proq o'quvchilar ushlab ko'rib misollarni bajaradigan jihozlar bilan jihozlash kerak. Bolalar ushlab, amalda bajarsalar har bir misol va mashqlarni tezda o'zlashtiradilar. Har bir bola SMART telefon yoki kampyuter texnologiyalaridan foydalangisi, uning ishlash funksiyalari, imkoniyati darajasidagi barcha o'yin va pragrammalarni tez o'rganib olishga qiziqadi. Demak biz matematikani bolalarga tez va sifatli o'rgata oladigan elektron programma ishlab chiqishimiz kerak. Uy vazifalarini ham o'zlari qiziqib tayyorlashadi.
Uning ichida o'yinli va mulohaza qilishga majbur qiladigan masalalar, tezkor, sodda misollarning javoblarini og'zaki aytishadigan bo'lishi kerak. Bu programma ham darsda foydalana olinadiga ham darsdan tashqarida mustaqil foydalanish uchun yaratiligan bo'lishi kerak. O'yinli qismida labirintdan chiqish o'inini o'ynash bilan bir qatorda labitintdan chiqish uchun qancha vaqt sarflanganini, nechcha qadam yurganini, umumiy qancha klm yurganini to'g'ri ko'rsatishi shart bo'ladi, to'siqlaridan o'tish uchun misollar beriladi javobini to'g'ri yechsa to'siqlar olinadi. Noto'g'ri javob berilsa to'siqlar olinmaydi misollarni yana qayta yechishga to'g'ri keladi, barcha shartlarini to'g'ri bajarishmasa past ko'rsatkich olishi mumkin bo'ladi. O'yinni o'ynash bilan birga bola aqlini ishlatishga majbur
bo'ladi, chunki qadamlarini sanab, vaqtni ham hisoblab, misollarni to'g'ri yechib borishiga to'g'ri keladi. Bu programmaning maqsadi vaqtni, kilometrni hisoblashni o'rganish va darsalardan uzoqlashmagan holda matematik misollarni yechishdan iborat bo'ladi. Bolalar uchun ham madaniy hordiq beruvchi o'yin ham darslik vazifasini bajaradi.
O'z o'rnida matematika fanini o'rgatish jarayonida didaktik o'yinlardan foydalaniladi. Darslarning qay darajada tashkillanishi bu o'qituvchining ijodkorlik qobiliyatiga ham bog'liqdir.Matematik o'yinlar, rasmli topishmoqlar kundalik darslarga joziba bag'ishlaydi.Didaktik o'yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o'quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o'stirish imkoniyatini beradi.O'yin orqali o'quvchilar darsdan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, ularni hayotga tadbiq eta olishga tayyorlanadilar.
Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang‘ich kursning asosiy o‘zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat. Bundan tashqari, bu kursda geometriya va algebraning asosiy tushunchalari birlashadi.
Boshlang‘ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining organik qismi bo‘lib hisoblanadi. V–XI sinflarda o‘qitiladigan matematikaning eng asosiy va o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o‘qitiladi. Demak, boshlang‘ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang‘ich matematikaning tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarining propedivtik kurslari asosiy bo‘lim shaklida o‘qitilmasdan arifmetik material bilan qo‘shib o‘qitiladi.
2. Boshlang‘ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o‘nlikni raqamlash o‘qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar bajarish o‘qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin ko‘p xonali sonlar ichida.
Bularni o‘qitish bilan birga raqamlash, miqdorlar, kasrlar, algebraik va geometrik materiallar qo‘shib o‘qitiladi.
3. Nazariya va amaliyot masalalari o‘zaro organik bog‘langan xarakterga ega.
4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog‘lanishlarni ochish kursda o‘zaro bog‘langan.
5. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi.
Masalan, arifmetik amallarni o‘qitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi, keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi bog‘lanish, keyin amal natijasi, oxirida amallar orasidagi bog‘lanish beriladi.
6. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o‘zaro bog‘lanishda berilgan.
Geometrik materialbolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog‘lanishlarni ko‘rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchakning teng kvadratlarga bo‘lingan ko‘rsatmali obrazidan ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasini bog‘lanishi ochib foydalaniladi...).
1-sinfdan boshlab to‘g‘ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko‘pburchaklar va ularning elementlari, to‘g‘ri burchak va hokozo kiritilgan.
O‘quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli qog‘ozga sodda yasashlarni o‘rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak.
O‘qitish metodi tushunchasi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlari quyidagilar: umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
1. Ta’lim maqsadi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi.
a) o‘quvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim, malaka ko‘nikma berish;
b) haqiqiy olamni matematik metodlar bilan o‘rganish;
v) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishni, uning sifatli bo‘lishini ta’minlash;
g) o‘quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlashi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko‘nikmalari ortib borsin.
2. Тarbiyaviy maqsad. Matematika o‘qitish o‘quvchilarni sabotlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, o‘z fikri va xulosalarini nazoarat qila olishga, ayniqsa, kuzatish, asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo‘lishiga erishish kerak. Miqdorlar orasidagi bog‘lanishni ifodalash uchun matematikada simvollar ishlatiladi. Mana shu matematik til rivojlanishi kerak. O‘qituvchining vazifasi simvolik tilda ifodalangan matematik fikrni ona tiliga ko‘chirishga o‘rgatishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg‘ularini tarbiyalashi kerak. Matematika fanini o‘qitishning o‘zi o‘quvchilarda diqqat va fikrni to‘play bilishni tarbiyalaydi.
O‘qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) o‘quvchi moddiy olamdagi bog‘lanishlarni, miqdorlarning o‘zgarishini, bir-biri bilan aloqasini anglay olishi;
b) o‘quvchilarning matematikani o‘rganishga astoydil qiziqishini ta’minlash;
d) mehnatga, vatanga insonlarga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash, estetik did hosil qilish;
g) o‘zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o‘qitilishi tarixiga bo‘lgan dunyoqarashni tarbiyalash;
d) o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbiyalash;
3. Amaliy maqsad. Matematika o‘qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad – o‘quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat. Olingan bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tatbiq qila bilish, har xil masalalarni yechishda foydalana bilishga o‘rgatish. Bu bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo‘llay bilishga o‘rgatishdir.
Interfaol metodlar
O'quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo'llaniladigan usullarni to'g'ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga, mavzuga qo'yiladigan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo'li, usuli puxta ko'rib chiqilishi lozim. Demak, o'qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usulni o'quvchiga nima berishini oldindan ko'ra olishi va darsni to'g'ri tashkil qilishi kerak. Barcha sinf o'quvchilarini dars jarayonida faol ishlashlariga erishish uchun quyidagi metodlardan foydalansak maqsadga muofiq bo'ladi.
|