|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 142/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgSutni tozalash usullari. Qabul qilingan sut tabiiy chiqindilar va mexanik iflosliklarni yo‘qotish maqsadida tozalanadi.
242
Bunday tozalash og‘irlik kuchi yoki bosim va markazdan qochma kuchlar yordamida harakatlanuvchi separator-sut tozalash jihozlarida olib boriladi. Suyuqlik filtr to'siqlaridan o‘tgach, bu to‘siqlarda sut tarkibidagi chiqindilar ushlab qolinadi. Shuning uchun har 15-20 daqiqadan so‘ng filtrdagi chiqindilar olib tashlanadi. Sutni mexanik chiqindilardan tozalash uchun bosim ostida ishlaydigan sut tozalash apparatlari qo‘llaniladi.
Sutni sovitish. Korxonaga kelib tushgan sut harorati 10 °C gacha boiadi. Yangi sog'ilgan sutdagi antibakteritsid moddalar yuqori haroratga chidamsiz boiadi. Agar sut tezda sovitilmasa ular oson yo'qoladi. Natijada sovitilmagan sutda uni achitishga olib keluvchi mikroorganizmlar tez ko'payadi. Shuning uchun korxonaga keltirilgan sutni sovitish maqsadga muvofiqdir.
32 °C haroratda 10 soat ichida sutning kislotaliligi 2,8 baravar oshadi va bundagi bakteriyalar soni shuncha ko‘payadi. Harorati 12 °C gacha sovitilgan sutda 10 soat davomida kislotalilik va bakteriyalar soni o‘zgarmaydi. Shuning uchun sut sifati pasayishining oldini olish maqsadida u 4-5 °C haroratgacha tezda sovitiladi. Sutni sovitish uchun plastinkali sovitgich qoilaniladi. Bunda sovituvchi sifatida tuzli eritma yoki sovuq suvdan foydalaniladi.
Sutni separatlash. Qabul qilingan sut tarkibidagi yog4 miqdoriga qarab har xil boiadi. Sut o‘ta yogli, o'rtacha yogli yoki yog'siz boiishi mumkin. Sut tarkibidagi yog* miqdorini me’yorlashtirish maqsadida unga mexanik ishlov beriladi. Ya’ni, sut tarkibidagi yog'ni ajratib olish uchun separatordan o'tkaziladi va bu yog‘ sharchalarini yanada kichik zarrachalarga parchalash maqsadida gomogenizatsiyalanadi.
Separatlash-bu sutni zichligi turlicha boigan ikki: yuqori yogli (qaymoq) va yog'i past (yog'siz sut) fraksiyalarga ajratish demakdir. Sutni separatlash separator-qaymoq ajratuvchida olib boriladi. Sut 45-50°C haroratda separatlanadi. Separator barabanining aylanishi natijasida hosil boigan markazdan qochma kuch ta’siri ostida sut plazmasidan yog'lar ajralib chiqadi. Maxsus mexanizm yordamida ajratilgan qaymoq va yog'sizlantirilgan sut separatordan chiqariladi.
Sutni yog'sizlantirish darajasi quyidagi omillarga bog'liq:
sut qancha toza va yangi bo'lsa, sut tarkibida mexanik chiqindilar qancha kam va kislotaliligi qancha past bo'lsa, separator shuncha yaxshi ishlaydi;
yog' sharchalarining o'lchami qanchalik kichik bo'lsa, sutdan shuncha ko'p qaymoq ajratib olish mumkin;
243
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|