|
§. KRAXMAL VA KRAXMAL MAHSULOTLARI
|
bet | 185/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org§. KRAXMAL VA KRAXMAL MAHSULOTLARI
Kraxmal-o'simliklarning urug‘larida, dukkaklarida yoki ildiz- larida to'planadigan asosiy zaxira moddadir. Kimyoviy tabiati jihatidan kraxmal polisaxarid-(C6H]0O5)n bo'lib, uning tuzilishining asosini glukoza qoldiqlari tashkil etadi. Shuning uchun kraxmal gidrolizlanganda glukozagacha parchalanadi va organizm tomonidan deyarli to'liq hazm qilinadi. Insonning kraxmalga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 400-450 g.
325
Kraxmalning oziq-ovqat bilan bunday miqdorda organizmga tushishi insonning energiyaga bo'lgan talabining yarmini qondiradi.
Sanoatda kraxmal, asosan, kartoshka va makkajo'xoridan olinadi. Kartoshka va makkajo'xorini qayta ishlab, kraxmal-patoka korxonalari quruq kraxmal, glukoza, kraxmal potokasining har xil turlari, modifikatsiyalangan kraxmal, dekstrinlar, glukoza-fruktoza qiyomlari va boshqalarni ishlab chiqaradi. Kraxmal va kraxmal mahsulotlari oziq- ovqat sanoatining qandolatchilik, novvoylik, konserva, sut, oziq-ovqat konsentratlari, umumiy ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va boshqa tarmoqlarida qo'llaniladi.
O'simlik to'qimalarida kraxmal donlar ko'rinishida yig'iladi. Ularning o'lchamlari, shakli va tuzilishi kraxmalning har xilida (kartoshka, makkajo'xori, guruch va boshqalardan olingan) turlicha. Kraxmal donlari oval, sferik yoki ko'pburchak shakllariga ega bo'lib, ularning o'lchamlari 2 mkm dan 250 mkm oraliqda bo'ladi. Kartoshka kraxmali donlari kattaroq bo'lib, eng kichigi esa-guruch kraxmalinikidir. Kraxmal donlarining o'ziga xos shakli mikroskop ostida ko'rib kraxmal turlarini bir-biridan farqlash imkonini beradi.
Kraxmal-bir xil bo'lmagan modda, u ikki komponentdan-amilaza va amilopektindan 1:4 nisbatda tashkil topgan. Kraxmal ham, uning har ikkala tarkibiy qismlari ham sovuq suvda erimaydi, faqatgina suspensiya hosil qiladi. Biroq issiq suvda amilaza eriydi, tiniq kolloid eritma hosil qiladi, amilopektin esa faqatgina bo'kadi. Suv harorati 60-75 °C gacha ko'tarilganda kraxmal suspenziyasi qovushqoq bo'ladi, kraxmalning kleysterlanishi boshlanadi. Turli kraxmallarda kleysterlanish harorati turlicha. Kleysterlanish paytida bo'kish bilan bir vaqtda kraxmal doni kristall strukturasining buzilishi sodir bo'ladi. Kraxmal kleysteri kolloid eritma bo'lib, uning qovushqoqligi va tiniqligi kraxmal tabiatiga bog'liq: kartoshka kraxmalining kleysteri makkajo'xori kraxmali kleysteridan qovushqoqroq va tiniqroq. Kraxmal kleysterlari sovitilganda jele hosil qilish qobiliyatiga ega. Kraxmal kleysterlari va jelelari saqlashda xiralanadi va suyuq fazasi ajralib, qatlamlar hosil qiladi.
Kraxmalga yod eritmasi ta’sir etganda ko'k rangli birikmalar hosil bo'ladi. Bu kraxmalga xos reaksiya yodning va kraxmalning kichik miqdorlarini aniqlashda qo'llaniladi.
Kislotali gidrolizda kraxmal dekstrinlargacha, maltoza va oxirgi mahsulot-glukozagacha parchalanadi. Fermentli gidrolizda u maltoza- gacha parchalanadi.
326
Kartoshkadan hoi kraxmal olishning texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat: kartoshkani saqlash; korxonaga keltirish; uni yuvuvchi mashinalarda yuvish; oichash; kartoshkani qirgich mashinalarda mayinroq qilib maydalash-bo'tqa olish; bo‘tqadan kartoshka sharbatini ajratish; sharbatdan erkin kraxmalni ajratish; qoldiqlarni ajratish va yuvish; kraxmal sutini rafinatsiyalash (tozalash); kraxmalni yuvish.
Olingan hoi kraxmal namligi 20% boiguncha quritiladi.
Makkajo'xori donlari oqsil qatlamlari bilan zich birikkanligi uchun dondan kraxmalni ajratish murakkabroqdir. Oqsil bilan don kraxmalining bogianishini kuchsizlantirish uchun makkajo'xori 48-50 min mobaynida sulfit kislotasi eritmasida ivitiladi. Keyin don maydalanadi va murtak ajratiladi. Murtak makkajo'xori yogi olish uchun qoilaniladi, don zarrachalari esa mayinroq qilib eziladi. Kraxmalning keyingi ajratilishi kartoshka xomashyosidan ajratgandagidek amalga oshiriladi. Olingan hoi kraxmal namligi 13% boiguncha quritiladi.
GOST 7699 ga binoan kartoshka kraxmali to'rt navda chiqariladi: ekstra, oliy, I va II. Makkajo'xori kraxmali ikki navda chiqariladi: oliy va I.
Kraxmal sifatiga qo'yilgan talablar 11.3-jadvalda keltirilgan.
|
| |