B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»




Download 1,23 Mb.
bet210/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

Osh tuzi. Osh tuzi, asosan, natriy xloridning kristallaridan iborat boiib, uning tarkibida kalsiy, magniy va kaliy tuzlarining kam miqdordagi aralashmalari mavjud.
Osh tuzi non mahsulotlarini tayyorlashda asosiy xomashyolarning biridir. U boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda ham qoilaniladi.
Olinish usuliga qarab osh tuzi quyidagi turlarga boiinadi: o‘zi cho'kkan tuz, toshtuz, cho‘kma tuz va vakuumda bugiatib olingan tuz.
O'zi cho'kkan tuz. Tuzning asosiy manbayi boiib hisoblangan sho‘r suvli koilarning qalin qatlamli tubidan olinadi.
Toshtuz. Yer tagida yirik qatlamlar holida joylashgan konlardan ochiq yoki yopiq usulda qazib olinadi.
Cho'kma tuz. Tabiiy yoki sun’iy katta havzalarda okean, dengiz yoki koilarning sho‘r suvini to'plab undan suvni bugiatish yoii bilan olinadi.
Vakuumda bugiatib olingan tuz. Yerosti tuzlarini suvda eritib nama- kobni vakuum-apparatlarda bugiatish yoii bilan olingan tuzdir. U organo­leptik va fizik-kimyoviy sifat ko‘rsatkichlari bo'yicha barcha tuzlardan ustunroq turadi. Bu oppoq mayin kristalli begona ta’msiz va hidsiz, sof sho‘r ta’mga ega mahsulot boiib, uning tarkibida 99,7% natriy xlorid bor.
Yodlangan tuz-natriy xloridga juda kam miqdorda (1 tonnasiga 25 g) kaliy yodid qo‘shib tayyorlanadi. Tuprogida yod kam uchray-


373
digan mintaqalarda qalqonsimon bez kasalligining oldini olish va davolash vositasi sifatida ishlab chiqariladi.
Oziqaviy osh tuzi ekstra, oliy, I va II navlarda ishlab chiqariladi. Tuzda begona hid va mexanik aralashmalar bo'lmasligi kerak. 5% li eritmaning ta’miga qarab begona ta’m va hidlarning bor-yo‘qligi haqida xulosa chiqariladi. Ekstra navli tuz oq rangga ega bo'lishi kerak, boshqa navdagi tuzlarda tuslarning bo'lishiga (kulrang, sarg'imtir, pushti rang) ruxsat etiladi. Turli navlardagi tuzlarda natriy xloridning miqdori quyidagidan kam bo'lmasligi kerak: ekstra-99,7%; oliy-98,4%; 1-97,7% va 11-97,0%. Namlikning miqdori tuzni ishlab chiqarish usuliga va naviga bog'liq bo'ladi va 0,1-5,0% ni tashkil qiladi.
Barcha navdagi yodlangan tuzlarning 1 tonnasining tarkibida 25 g kaliy yodid bo'lishi va namligi 0,5 % dan oshmasligi kerak.
Maydalangan osh tuzi kristallarining o'lchamiga binoan to'rt raqam bilan belgilanadi: №0-kristallarning kattaligi 0,8 mm; №1-1,2 mm, №2-2-2,5 mm; №3-4 mm.
Oziq-ovqat sanoati korxonalariga tuz qoplarda yoki uyum holida keltiriladi va havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo'lmagan alohida xonalarda saqlanadi. Osh tuzi tarkibida aralashmalarning ko'pligi tufayli u gigroskopik xossaga ega. Havoning nisbiy namligi sezilarli o'zgarganda tuz nam tortib qolishi va yopishishi mumkin va bu uni ishlatishni qiyin- lashtiradi.



  1. Download 1,23 Mb.
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   231




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»

Download 1,23 Mb.