|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 34/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgXamir bo‘laklarini dumalatish. Xamirni dumalatish, ya’ni unga shar shaklini berish, boiaklashdan keyin amalga oshiriladi. Bu bosqich
57
non-bulka mahsulotlariga shakl berishning oxirgi bosqichi boiganligi uchun, ular dumalatishdan keyin oxirgi tindirishga yuboriladi. Oliy, birinchi va ikkinchi navli bug‘doy unidan tayyorlanadigan (batonlar, bulkalar va boshqalar) non mahsulotlari uchun dumalatish oxirgi jarayon boimasdan, undan keyin dastlabki tindirish jarayonlari qoilaniladi.
Bunday holda dumalatish jarayoni xamirning strukturasini yaxshi- lab, kichik va bir xilda tarqalgan g‘ovaklikdagi mahsulot olishga yordam beradi. Bundan tashqari xamir yuzasidagi g‘ovaklar yopilib, mahsulot hajmi va g‘ovakligini yaxshilashga yordam beruvchi silliq gaz o‘tkazmaydigan qobiq hosil boiadi. Bu qobiq va xamir boiagining sharsimon shakli mahsulotga shakl berishni osonlashtiradi.
Novvoylik sanoatida qoilaniladigan dumalatuvchi Tl-XTN (2.3- rasm), XTO, Tl-XTS mashinalarining ishchi organi boiib, asosan, konussimon idish va unda joylashgan qo‘zg‘almas spiralsimon nov hisoblanadi. Xamir boiaklari voronka orqali idishning tubiga tushadi va nov bo‘ylab murakkab aylanuvchi harakat qilib yuqoriga yo‘naladi.
Qayishqoqlikka ega boimagan, kuchsiz konsistensiyali va yuqori darajada yopishqoq boigan javdar xamiri bug‘doy xamirga moijallangan mashinalarda dumalatilmaydi. Yumaloq shakldagi javdar non mahsulotlari xamiri boiaklashdan keyin tindirish uchun tindirish shkafining yumaloq shakldagi kassetalariga joylanadi.
1015
2.3-rasm. T1-XTN rusumli dumalatish mashinasi.
58
Dastlabki tindirish. Bug‘doy xamirini dumalatish va oxirgi shakl berish jarayonlari orasida dastlabki yoki oraliq tindirish bo‘lishi kerak. Dumalatilgan xamir bo‘laklari 5-8 minut oralig'ida osoyishta holatda bo‘lishi, ya’ni dam olishi lozim.
Xamirni bo‘laklash va dumalatish jarayonlarida ko‘rsatiladigan mexanik ta’sirlar natijasida ichki zo‘riqish yuzaga keladi va kleykovina strukturaviy karkasining qisman buzilishi kuzatiladi.
Dastlabki tindirish jarayonida xamirdagi ichki zo'riqish tarqalib ketadi va xamir strukturasidagi buzilgan zvenolar qisman tiklanadi. Bu tayyor mahsulotlar hajmining kattalashuvi va mag‘iz strukturasining yaxshilanishiga olib keladi.
Uzluksiz ishlaydigan xamirni bo'laklash jihozlari qatorlarida dastlabki tindirish uzluksiz ishlovchi lentali yoki zanjirli belanchakli tindirish shkaflarida amalga oshiriladi. Ba’zida dastlabki tindirish xamirni bo‘laklovchi mashinadan shakllantiruvchi mashinalarga olib boruvchi uzun lentali transportyorlarda yoki ishlab chiqarish stollarida amalga oshirilishi ham mumkin.
Xamir bo‘laklariga non turiga mos bo‘Igan shaklni berish. Dastlabki tindirishdan keyin xamir bo‘laklariga non turiga mos bo‘lgan shakl beriladi. Masalan, oddiy batonlarni tayyorlash uchun dumaloq xamirga uchlari to‘mtoq boigan silindrsimon shakl berish kerak. Shahar bulkalarini tayyorlash uchun xamir bo‘laklariga uchlari o'tkir, o'rtasi kalta silindrsimon shakl berish lozim.
Xamir bo'laklariga silindrsimon shakl berish toblash mashinalarida amalga oshiriladi.
Dumalatilgan xamir bo‘laklariga dastlabki tindirishdan keyin shakl berish uchun turli rusumdagi toblash mashinalari qo‘llaniladi.
Xamir boiaklariga toblash mashinasi yordamida ishlov berish quyidagi texnologik afzalliklarga ega:
xamirni vallar yordamida yoyish gaz pufakchalarini bir xilda tarqalishiga yordam berib, mahsulot g'ovakligi strukturasini yax- shilaydi;
o'ralgan xamirni toblash va shakl berish natijasida tindirish vaqtida uglerod ikki oksidini saqlab turuvchi qavat hosil bo‘ladi.
Xamir bo‘laklariga shakl berish rejimlarining buzilishi turli xil sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Xamirning mashina ishchi organlariga yopishib qolishi xamir konsistensiyasining zaifligi yoki xamirning yopishishining oldini olish choralari ko'rilmaganligidan yuzaga keladi.
59
Xamir boiaklarini noto‘g‘ri joylashtirish yoki shakl beruvchi taxtaning qiyshiq boiishi mahsulotlarning deformatsiyalanishiga olib keladi.
Toblovchi valoklar orasidagi masofaning katta boiishi mahsulotga yetarlicha ishlov berilmasligiga va magizda bo‘shliqlar yuzaga kelishiga sabab boiadi.
Javdar va javdar-bug‘doy xamirlarini toblash mashinasi ikkita cheksiz harakatlanuvchi transportyor lentalaridan iborat. Pastki lentaning harakat tezligi yuqoridagi lentanikidan katta boiadi. Yuqorigi va pastki lentali transportyorlar oralig‘idagi tirqishdan o‘tishda xamir boiaklari ilgarlanma- aylanma harakat qiladi va yuzasi silliqroq va to‘g‘riroq boiadi.
Xamir toblash mashinalaridan tashqari yana maxsus turdagi mahsulot- larga shakl berish uchun moijallangan mashinalar (non qalamchalariga shakl beruvchi, shoxchalarga shakl beruvchi va boshqalar) ham mavjud.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|