|
Xamir zuvalalarini oxirgi tindirish
|
bet | 35/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgXamir zuvalalarini oxirgi tindirish, Xamir boiaklariga shakl berishda ulardan uglerod ikki oksidi gazi butunlay siqib chiqariladi. Agar shakl berilgan xamir zuvalalari birdaniga pechga qo‘yilsa, zich, yomon g‘ovakli yoki g‘ovaklanmagan magizga ega, qobigida yoriqlar boigan non hosil boiadi. Mag‘zi yaxshi g‘ovaklangan non tayyorlash uchun shakl berilgan xamir zuvalalari oxirgi tindirishga yuboriladi.
Dastlabki tindirishdan o‘tgan bug'doy xamiri zuvalalari uchun bu ikkinchi, oxirgi tindirish boisa, javdar xamiri mahsulotlari uchun bu birinchi va shu bilan oxirgi tindirish boiadi.
Oxirgi tindirish jarayonida xamir boiaklarida bijgish davom etadi. Bunda ajralib chiqqan uglerod ikki oksidi xamirni g‘ovaklantirib, hajmini oshiradi.
Boshlangich tindirishdan farqli ravishda oxirgi tindirish maium haroratdagi (35 °C atrofida) va maium nisbiy namlikdagi (75-85%) havo muhitida amalga oshirilishi lozim. Havo haroratining oshirilishi tindirilayotgan xamir boiaklarining bijgishini tezlashtiradi. Havo nisbiy namligining yuqori boiishi esa xamir zuvalalari yuzasini qurib qolishdan saqlaydi. Yetarli boimagan tindirish bilan birga keragidan ortiq tindirish ham non sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shakl berilgan xamir zuvalalarining tindirish davomiyligi ularning massasi, tindirish sharoitlari, xamir retsepturasi, unning xossalari va boshqa omillarga ko‘ra keng chegaralarda (25 dan 120 minutgacha) tebranib turadi. Havo haroratini 80-85% nisbiy namlikda 30 dan 40 °C gacha oshirish tindirish davomiyligini 23-25 % ga qisqartiradi.
60
«Issiq non» do‘koniga ega kichik novvoyxonalarda xamirni bo‘laklash. Bugungi kunda ko‘pgina kichik novvoyxonalarda xamirni bo‘laklash, dumalatish, xamir bo‘laklariga aniq bir shaklni berish «Vinkler», «Ekmasan» yoki boshqa firmalar jihozlari kompleksiga kiruvchi bo‘laklash mashinalarida amalga oshiriladi. Bulardan gidravlik xamir bo‘laklovchi mashina 2.4-rasmda, uzunchoq (batonsimon) shakl beruvchi mashina «BISTRO» 2.5-rasmda tasvirlangan.
|
| |