|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 36/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org650
rasm. Gidravlik xamir boiaklovchi mashina.
rasm. Uzunchoq (batonsimon) shakl beruvchi toblash mashinasi.
Oxirgi tindirish xamir zuvalalari joylashgan 20 tokchali vagonetkalar uchun mo‘ljallangan tindirish shkaflarida amalga oshiriladi (2.6-rasm). Shkaflarda avtomatik tarzda havoning 32-36 °C harorati va 80-85% nisbiy namligi ta’minlanib turiladi.
2.6-rasm. Vinkler firmasining tindirish shkafi.
61
§. NONNI PISHIRISH
Pishirish-bu xamir zuvalalarini xamir holatidan non holatiga o‘tkazadigan qizdirish jarayonidir.
Non va non mahsulotlarini pishirish uchun issiqlik berish yuzalarining harorati 300-400 °C va pishirish kamerasining taxminan 200-250 °C ga teng bug‘-havo muhiti orqali pishirilayotgan xamir zuvalalariga issiqlik nurlanishi va konveksiya orqali beriladigan pechlar qo‘llaniladi.
Pishirilayotgan xamir zuvalalariga issiqlikning bir qismi zuvalalar joylashtirilgan tagdondan issiqlik o‘tkazish (konduksiya) yo‘li bilan ham beriladi.
Zamonaviy pechlarning tagdoni ham pishirilayotgan xamir zuvalalari kabi issiqlik nurlari va konveksiya bilan qizdiriladi. Bunda issiqlikning nurlanishi konvektiv issiqlik uzatishdan 2-3,5 marta katta bo‘ladi. Shuning uchun oddiy novvoylik pechlarida pishirish jarayoniga-xamir zuvalalarining radiatsion-konvektiv qizdirish jarayoni deb qarash mumkin.
Sanoatda turli konstruksiyaga ega novvoylik pechlari qo'llanilmoqda. Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi maxsus adabiyotlarda to‘liq yoritilgan. 0‘zbekiston Respublikasida qolipli non turlarini ishlab chiqarish uchun P6- XRM tindirish-pishirish agregati qo'llanilmoqda (2.7-rasm).
Tindirish-pishirish agregati SHZZ-XDZ-U bo‘laklagich-joylagich
konveyerli oxirgi tindirish shkafi 2, FTL-2-81 pechi 3 va tayyor mahsulotni tashuvchi transportyor 4 dan iborat. Tindirish shkafi pech bilan qoliplar o‘rnatilgan umumiy zanjirli konveyer bilan birlashtirilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|