§. NONNING OZIQAVIY QIYMATI




Download 1,23 Mb.
bet43/231
Sana13.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#155970
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   231
Bog'liq
Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

72


  1. §. NONNING OZIQAVIY QIYMATI



Non har kuni barcha mintaqalarda, butun aholi tomonidan keng iste’mol qilinishi tufayli uni hayot va insonning ovqatlanishi uchun birinchi navbatdagi oziq-ovqat mahsuloti deb hisoblash mumkin.
Nonning oziqaviy qiymati uning energetik qiymati, tarkibidagi organizmning normal faoliyat yurgizishi uchun kerak boiadigan moddalari (oqsillar, uglevodlar, yogiar, suv, mineral moddalar, vitaminlar, oziqaviy to'qimalar va boshqalar) miqdori bilan belgilanadi.
Nonning namligi uning energetik qiymatiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir. Namlikning oshishi bilan nonning energetik qiymati pasayadi. Non tayyorlashda qanchalik ko‘proq yog‘ qoilanilsa, mahsulotning energetik qiymati shunchalik ortadi.
Bir sutkada turli non mahsulotlaridan 500 g miqdorda iste’mol qilinganda inson organizmining energiyaga boigan ehtiyojini 40-42%, oqsillarga-43%, shu jumladan, o‘simlik oqsillariga 97%, kraxmalga 52%, qandlarga-19%, ballast moddalarga (gemiselluloza va sellulozaga-79%, almashinmaydigan aminokislotalardan lizinga-28%, metioninga -19%, mineral elementlardan kalsiyga-13,1 %, vitaminlarga - 24-50% ga qon- diradi.
Bu maiumotlardan ko‘rinib turibdiki, garchi non mahsulotlari yuqori oziqaviy qiymatga ega boisa ham, ularning tarkibida almashinmaydigan lizin va metionin aminokislotalari, kalsiy, vitamin Bj va B2 kabi zarur moddalar kam miqdorlarda mavjud.
Non mahsulotlari oziqaviy qiymatini oshirish uchun qoilaniladigan sut va sut mahsulotlari, shu jumladan, yog'sizlantirilgan quruq, quyultirilgan va quruq sut zardobi kabi sut mahsulotlari nonni kalsiy va almashinmaydigan aminokislotalar bilan boyitadi. Ca, P kabi moddalarning sut mahsulotlari tarkibida mavjud boigan miqdori, don, un va non mahsulotlari tarkibidagiga nisbatan ko‘proq mutanosib nisbatdadir.
Mamlakatimizning ayrim hududlarida buqoq kasalligining (qalqonsimon bez kasalligi) oldini olish uchun nonni yod bilan boyitish keng qoilaniladi. Bu maqsad uchun toza yod preparatidan yoki yodga boy dengiz karamidan foydalaniladi.
Meva-sabzavotlar va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qoilash, non hajmini oshiradi, mag‘zining yupqa pardali g‘ovaklikka ega boiishini, qobigining sariq-jigarrangligini, nonning xushta’m va xushbo‘yligini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda, nonning tarkibi yengil hazm boiadigan qandlar, organik kislotalar, makro va mikroelementlar (K, Na, Ca, P,


73

Mg, Fe), vitaminlar (С, Bp B2, B6, PP), pektin va oziqaviy tolalar bilan boyitiladi. Bugungi kunda novvoylik korxonalarida olma sharbatli non va batonchalar, mevali bulka, olmali shirmoy bulka, qovoq sharbati qo'shib tayyorlangan «Toshkent» noni va «Osiyo» batoni, qovoq pyuresi va sharbati qo‘shib tayyorlangan «Bardam» va «Barakali» o‘zbek noni kabi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.




  1. Download 1,23 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   231




Download 1,23 Mb.