|
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|
bet | 5/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org1.2-rasm. Bug'doy doni: a - yumshoq; b - qattiq.
7
Yumshoq bug‘doyning navlari turli shaffoflik va novvoylik xossala-
riga ega boiadi. Bu belgilariga ko‘ra bug‘doy doni kuchli, o‘rtacha kuchli
va kuchsiz navlarga bo‘linadi. Kuchli bug‘doy navlarining shaffofligi,
odatda, 60% dan yuqori, ho‘l kleykovinasining miqdori esa 28%
dan kam bo‘lmaydi. Kuchsiz navlarda oqsilning miqdori 9-12%, ho‘l
kleykovinasining miqdori esa 20% dan ko‘p emas. Ularning shaffofligi
40% gacha boiishi mumkin. Kuchsiz bug'doy navlarining kleykovinasi
noelastik, haddan ortiq cho‘ziluvchanlikka ega. Bug‘doyning kuchli
navlari un tortishda kuchsiz navlarni yaxshilash uchun ishlatiladi. O'rtacha
kuchli bug‘doy navlari (shaffofligi 40-60%) texnologik xossalariga ko‘ra
yaxshilovchilar qo‘shmasdan novvoylik unlari tortish uchun yaroqli
hisoblanadi.
Qattiq bug‘doy (Triticum durum) makaron mahsulotlari ishlab
chiqarish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi (1.2, 6-rasm). Uning
tarkibida oqsillar ko‘p, shundan kelib chiqib kleykovinaning miqdori ham
ko‘p, donning konsistensiyasi, asosan, shaffof bo‘ladi. Qattiq bug‘doy
donida yumshoq bug‘doy tarkibida uchramaydigan karotinoid pigmentlari
mavjud. Qattiq bug‘doyning aynan shu xususiyati yuqori sifatli makaron
mahsulotlariga xos bo‘lgan kahrabo-sariq rangni ta’minlaydi. Qattiq
bug'doy iqlim va ob-havo sharoitlariga o‘ta talabchan bo‘lib, hamma vaqt
ham yuqori hosil beravermaydi. Shuning uchun ko‘pchilik mamlakatlarda
qattiq bug‘doy kam yetishtiriladi.
Javdar, arpa, makkajo‘xori, sholi va boshqa boshoqli ekinlarning
qisqacha tavsifi. Javdar bug‘doydan so‘ng ahamiyati jihatidan ikkinchi
o‘rinda turuvchi, non mahsulotlari tayyorlanadigan boshoqli ekinlar
jumlasiga kiradi.
Javdar doni (1.3-rasm) tashqi belgilari bilan bug‘doydan farq qiladi.
Javdarda bug‘doy doniga nisbatan aleyron qatlami va murtakning hissasi
ko‘proq, endospermining miqdori kamroq. Shuning bilan birga javdar
kimyoviy tarkibi bilan ham farq
qiladi. Uning tarkibida bug‘doydagiga
nisbatan oqsillar va kraxmal kamroq,
qandlar va yelimli moddalar ko‘proq
bo‘ladi. Asosiy farq oqsilning
miqdorida emas, balki uning fizik-
kimyoviy xossalaridadir. Javdar
donining oqsillari cheksiz bo'kish va
oson parchalanish qobiliyatiga ega.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
B isaboyev, Z. Sh. Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazir/igi tomonidan 5541100 «Oziq-ovqat texnologiyasi»
|