• Boshoqli ekinlar
  • bob. DON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI




    Download 1,23 Mb.
    bet3/231
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #155970
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231
    Bog'liq
    Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.org

    4


    1. bob. DON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI




    1. §. DON EKINLARINING QISQACHA TAVSIFI

    Don-qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining muhim mahsuloti, inson oziqasining asosi, mahsuldor chorvachilikni rivojlantirish uchun yem-xashak bazasi hisoblanadi. Don ekinlarining o‘ziga xos tomoni-inson organizmi uchun o‘ta qimmatli organik moddalarni sintezlashdan iborat. Donda boshqa dehqonchilik mahsulotlariga qaraganda ko‘p miqdorda quruq moddalar mavjud boiib, yetilgan don massasining 85 % ini tashkil qiladi. Bular, asosan, yuqori qiymatga ega bo‘lgan oqsil moddalari, hazm bo‘ladigan uglevodlardir. Donli ekinlar doni tarkibida 10-15%, dukkakli ekinlar doni tarkibida 28-30% yuqori sifatli oqsil mavjud.


    Donli ekinlar insonning ovqatlanishi uchun oqsil va uglevodlar manbayi va yuqori sifatli omixta yem mahsulotlari ishlab chiqarish uchun a’lo darajali xomashyo hisoblanadi. Oqsil va uglevodlardan tashqari don va donni qayta ishlash mahsulotlari bir qator vitaminlar va mineral moddalarning muhim manbayi ham hisoblanadi. Shu bilan birgalikda donni oddiy sharoitlarda bir necha yillar davomida saqlash va uzoq masofalarga tashish ham mumkin.
    Botanik alomatlariga ko‘ra donli ekinlar boshoqli, grechixali va dukkaklilar oilalariga bo'linadi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra donlarni uch guruhga bo'lish qabul qilingan: kraxmalga boy (boshoqli ekinlar va grechixa), oqsilga boy (dukkakli ekinlarning urug‘lari), yog‘ga boy (yog‘li ekinlarning urug‘lari). Qo‘llanilish maqsadiga qarab donlar un tortishda qo‘llaniladigan, yorma olishga mo‘ljallangan, yem-xashak uchun mo‘ljallangan, texnikada qo‘llaniladigan va urug‘liklarga bo‘linadi.
    Boshoqli ekinlar (bug‘doy, javdar, arpa, suli, tariq, sholi, makka- jo‘xori, oq jo‘xori) asosiy donli ekinlar hisoblanadi.
    Bug'doy, javdar va makkajo'xori ochiq urug‘li ekinlarga kirib, bu ekinlarning donlari faqat meva qobig‘i bilan qoplangan. Arpa, suli, tariq va sholi qobiqli ekinlarga kirib, ularning donlari meva qobig‘idan tashqari yana gul qobig'i bilan ham o‘ralgan. Ekish vaqtiga qarab bug‘doy, javdar, arpa bahorgi va kuzgi turlarga bo‘linadi. Bahorgi donlar bahorda, kuzgi navlar kuzda ekiladi. Qolgan o‘simliklar, asosan, bahorda ekiladi.


    5
    Asosiy boshoqli ekinlardan bug‘doy,
    javdar, arpa, suli, makkajo‘xori, sholining
    donlari oziq-ovqat ishlab chiqarishda
    ishlatiladi.
    Bug‘doy va javdar, asosan, un ishlab
    chiqarishda qo‘llaniladi. Sholi, suli, arpa
    va makkajo‘xori texnikaviy maqsadlarda,
    yorma va omixta yem tayyorlashda,
    ishlatiladi.

    Download 1,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    bob. DON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI

    Download 1,23 Mb.