Bug‘doy donining tuzilishi va kim-
yoviy tarkibi. Bug'doy eng muhim oziq-
ovqat ekini hisoblanadi. U dunyo bo‘yicha,
shu jumladan, MDH mamlakatlarida, don
ishlab chiqarishda birinchi o'rinni egallaydi.
Bug‘doyning asosiy xossalari bo‘lib,
donning tuzilishi va kimyoviy tarkibi,
tashkil qiluvchi to'qimalarning tuzilishi va
tarkibi hisoblanadi. Bug'doy doni qobiq,
1.1-rasm. Bug'doy donining aleyron qatlami, unsimon endosperm
kesimi' (o‘zak, yadro) va murtakdan tashkil topgan.
1-meva va urug' qobiqlari; _ . . ^ .
aieyron qatlami; з-endosperm; Tashqi tomonidan bug doy dom meva
4-murtak. va urug‘ qobiqlari (1) bilan qoplangan (1.1-
rasm). Meva qobig‘i bir necha hujayralar qavatidan iborat bo‘lib, don umumiy massasining 4-6 % ini tashkil qiladi.
Meva qobig‘i ostida urug‘ qobig‘i joylashgan. U yupqa va mo‘rt bo‘lib, don massasining 2-2,5 % ini tashkil qiladi. Meva va urug‘ qobiqlarining tarkibida oz miqdorda oqsil, qandlar va yog‘lar mavjud, asosiy qismini mineral moddalar va inson organizmida kam hazm bo‘ladigan selluloza, gemiselluloza kabi moddalar tashkil etadi. Bundan tashqari meva va urug‘ qobiqlari unning rangini qoraytiradi, ya’ni sifatini pasaytiradi. Shuning uchun meva va urug‘ qobiqlari un ishlab chiqarish jarayonida ajratib olinadi. Aleyron qatlami (2) endospermning tashqi qatlami bo‘lib, bir qator qalin devorli hujayralardan iborat. Aleyron qatlami tarkibini oqsillar, yog‘lar, qandlar, selluloza va mineral moddalar tashkil etadi. Aleyron qatlami don massasining 4 dan 9 % gacha miqdorini tashkil qiladi.
Bug‘doy donining ichki qismini to‘liq endosperm (3) egallaydi. Endosperm kraxmal va oqsil zarrachalari bilan toigan katta hujayralardan iborat. Endospermning rangi oq yoki biroz sariqroq, shaffof, unsimon 6
yoki qisman shaffof bo'lishi mumkin. Endospermning kimyoviy tarkibi donning qolgan barcha qismlarining tarkibidan farq qiladi. U 78-82% kraxmal, 2% atrofida qand, 13-15% oqsillar, 0,3-0,5% mineral moddalar,
5-0,8% yog\ 0,1-0,15% sellulozadan iborat. Endosperm bug'doy doni massasining 80-84% ini tashkil etadi. Bu esa, qayta ishlashda bug‘doydan katta miqdorda oliy navli un olish imkonini beradi. Bug‘doy donining oqsil, uglevod va ferment kompleksi xossalari ham yuqori darajali ahamiyatga ega. Bug‘doyda gliadin va glutenin deb nomlanuvchi oqsillar mavjud. Bu oqsillar suvda bo‘kib, o‘z massasiga nisbatan 200-300% ko‘p suvni yutadi va kleykovina deb ataluvchi bogiangan elastik massani hosil qiladi. Kleykovinaning qayishqoq-elastik xossalari bug'doy unidan yuqori sifatli non va makaron mahsulotlari tayyorlash imkonini beradi.
Donning o‘tkir tomonida joylashgan murtak (4) tashqi tomonidan meva yoki urug‘ qobig'i bilan qoplangan. Murtak massasi don massasining
3% ini tashkil qiladi. Murtak tarkibida: 33-39% oqsillar, 25% qandlar, 12-15% yog'lar, 2,2-2,6% selluloza va mineral moddalar mavjud. Murtak vitaminlarga boy bo'ladi.
Donda suvning miqdori 14% atrofida, oqsillar-11,6-12,5%, uglevod- lar-67,5-68,7%, shu jumladan, kraxmal-53,7-54,9%, selluloza-2,3- 3,4%, yog‘lar 1,6-1,9%, mineral moddalar-1,7-1,8% ni tashkil qiladi.
Bug'doy qattiq va yumshoq turlarga boiinadi. MDH mamlakatlarida ekiladigan va yig'ishtirib olinadigan bug‘doyning 90% ini yumshoq bug'doy tashkil qiladi (1.2, a-rasm). Yumshoq bug'doy lotincha Triticum aistivum deb ataladi. Donning konsistensiyasi turlicha bo‘ladi: qisman shaffof, to‘liq shaffof va unsimon. Bu don novvoylikda va unli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bulardan tashqari, yumshoq bug'doy qattiq bug‘doydan tayyorlanadigan maxsus makaron unining tanqisligi sababli, makaron mahsulotlari ishlab chiqarishda ham qo'llaniladi.
|