|
Bajardi. Jòrayeva Ruqshona. Qabul qildi. Eshonqulov Ravshan
|
bet | 5/5 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #252042 |
Bog'liq Gap turiDarslarni DTS lari talablari, pedagogik texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars – sahna, dars –suhbat, dars – sayr ko‘rinishida o‘quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish noan‘anaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o‘qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to’qnashuvi va o’zaro boyitilgan faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq.
Pedagogik texnologiya – bu o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi, butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Xulosa
Xulosa, o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid ishlarni muntazam ravishda olib borish lozim. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda pedagogik omillarni ham ko‘plab topsa bo‘ladi. Ular ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga mustahkam didaktik asos bo‘la oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan kiritish esa, o‘ziga xos innovatsion jarayon bo‘lib, bunda o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi.
O’quvchilarni gapning hosil bo’lish jarayoni, gap bo’laklari tushunchalari bilan tanishtirish boshlang’ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o’rganiladigan, nazariy o’rganiladigan bilimlarga bo’linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o’rgatish savod o’rgatish davridayoq boshlanadi va 3-4-sinflarda ham davom ettiriladi. 3-sinfda”Gap”, ”Darak gap”, ”So’roq gap”, ”Buyruq gap”, ”His-hayajon gap”, ”Sodda gap”mavzulari nazariy o’rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi. - Umumiy oʻrta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va oʻquv dasturi (Boshlangich ta’lim).- Toshkent, 2017.
2. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, “Nosir”, 2009.
3. Fuzailov S., Xudayberganova M., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. 3-sinf uchun darslik. – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019..
4. Ikromova R., G‘ulomova X. va b. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.
5. I.A.Karimov ‘’ O’zbekiston buyuk kelajak sari”. – Toshkent:O’zbekiston, 1998. –B. 19. 6. I.A.Karimov. “Barkamol avlod orzusi”. Toshkent 2002 yil. 7. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch”. Toshkent 2008. 8. I.A.Karimov. “Barkamol avlod O’zbekiston poydevori”. Toshkent 2004
|
| |