Ona tili darslarida gap va uning turlarini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali darslarni tashkil etish




Download 1,64 Mb.
bet4/5
Sana24.05.2024
Hajmi1,64 Mb.
#252042
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gap turi

Ona tili darslarida gap va uning turlarini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali darslarni tashkil etish.
Boshlang`ich sinf ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng samarali ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun esa, avvalo, pedagogik texnologiyaning mohiyatini bilish va anglash zarur.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o‘qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalga tatbiq etishdir.Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta’limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak.

Download 1,64 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili darslarida gap va uning turlarini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali darslarni tashkil etish

Download 1,64 Mb.