• Boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin
  • Bajardi. Jòrayeva Ruqshona. Qabul qildi. Eshonqulov Ravshan




    Download 1,64 Mb.
    bet3/5
    Sana24.05.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #252042
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Gap turi

    Boshlang‘ich sinflar ona tili kursini o’rganishning yetakchi insoniy tamoyili tilning barcha tomonlarini (leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi) o‘zaro bog’liq holda o’rganish hisoblanadi. Mazkur tamoyil tilni yaxlit hodisa sifatida o‘rganinshni ta’minlaydi va til kishilarning aloqa vositasi ekanini o‘quvchilar tushunishlari uchun imkoniyat yaratadi. Bu tamoyil bo‘limlar orasidagi mumkin bo‘lgan bog‘lanishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

    Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o‘rganiladigan va nazariy o’rganiladigan bilimlarga bo‘linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang’ich sinfda “Gap”, “Darak gap”, “So‘roq gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon gap”, “Gap bo‘laklari”, “Bosh bo‘laklar”, “Ikkinchi darajali bo‘laklar”, “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.


    Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘zlashtirilgani uchun tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So‘zning lug‘aviy ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda ma’lum bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash mumkin).
    Boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin:
    1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim belgilarini o‘rgatish).
    2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash).
    3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
    4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish.
    5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish.
    Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi. Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi.
    “Gap” mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi – gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishini o‘rganishga o‘tadilar.

    Download 1,64 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi. Jòrayeva Ruqshona. Qabul qildi. Eshonqulov Ravshan

    Download 1,64 Mb.