|
Bag‘al -gumbaz ostidagi burchak shakl. Ko‘proq ravoq va muqarnas ko‘rinishida bo‘ladi. Bolor
|
bet | 3/4 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 71,5 Kb. | | #135247 |
Bog'liq “BALIQ SKELETI” METODIBag‘al -gumbaz ostidagi burchak shakl. Ko‘proq ravoq va muqarnas ko‘rinishida bo‘ladi. Bolor -to‘sin, ustun shv. Imorat tomiga ko‘ndalangiga tashlanadigan yog‘och; to‘sin. Poyteshada bolor chopaverib, bellaring qotib ketgandir. S. Ahmad, Jimjitlik. Buayvonning bolorlari orasiga taxtachalar qoqib, kaptarlar uchun uya tayyorlangan. S.Ayniy, Qullar. Bog‘dodi eshik -ikki tabaqali, har bir tabaqasi uch qismdan iborat, yuqorigi va pastki qismlari kvadrat, o‘rtadagisi uzunchoq tuzilishga ega. Ular yuzasiga har xil naqshlar o‘yilgan. Bo‘rlama, bo‘rlamba -bo‘r (oxak) pardozli tekis ship. Bo‘r surkab oqartirmoq. Devorlarni bo‘rlamoq. Vatob -qarich, o‘lchov birligi. To‘rt qarich bir gazni tashkil etadi.
Diz -qo‘rg‘on, qal’a, istexkom. Kent [sug‘d. — uy, xonadon] esk. Ma’lum xususiyati bilan shahar va qishloq- dan farqlanib turuvchi, aholi yashaydigan joy; shaharcha. [Yo‘lchi:] Eshitgan bo‘lsangiz kerak, hozir ko‘p shaharlarda, kent, qishloqlarda kambag‘al xalq o‘z haqini da’vo qilish uchun shaylanmoqda. Oybek, Tanlangan asarlar. Cho‘lquvar arxitektor va injenerlarimiz bir vaqtlardagi sardobalar o‘rnida so‘lim manzilgohlar, yangi kent va shaharlar barpo etmoqdalar. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida so‘z. Ko‘pdir mamlakatda kentlar, ovullar. A. Oripov.
Yodgorlik - asori atiqa buyumi, ashyosi. Izora-devorning tokcha bilan bino saxni orasidagi pastki qismi; shu qismga ishlanadigan bezak. Kesma koshin, koshin burush-rang barang koshin parchalarini kesib egovlab tayyorlanadigan terma (yig‘ma) bezak naqsh. Kirpich - g‘ishtning qadimgi turkiy atamasi. Xorazm o‘zbeklari karvich deb talaffuz etishadi. Navoiy asarlarida ko‘p uchraydi. Kulol tuproq -sopol buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladigan shirali tuproq, soz tuproq. Lamba-tekis suvalgan yoki taxtalardan terilgan ship. Lo‘k - g‘ishtning chalqancha tomoni; chalqancha berilgan g‘isht.
Mang‘ash-tarkibida temir, xrom qoldiqlari bo‘lgan tog‘ ma’dani. Kulol ustalar qoramtir jigarrang bo‘yoq sifatida foydalanishgan.Oxak-oxaktoshdan pishirib tayyorlangan qurilish materiali. Qorishmasi suvoq ishlarida keng qo‘llaniladi. Pishiq g‘isht -xumdonda pishirib olingan g‘isht. Tarx -bino loyixasi, turli xajmdagi buyum yoki qurilma (muqarnas, gumbaz kabi) larning tekislikdagi ifodasi (gorizontal proeksiyasi). Tarom -usti gumbazli baland bino, gumbaz, qubba.
To‘zg‘oq-koshinpazlikda soz tuproq loyiga qo‘shib pishitiladigan qamishning parsimon popugi. Loyning mustahkamligini oshiradi, buyum quritilayotganda yuzasini yorilishdan saqlaydi. Qoqio‘t to‘zg‘og‘i. Qaysi biruzunquloq orqali bu gap qamish to‘zg‘og‘iday taralib ketdi. H. Nazir, O‘tlar tutashganda.
Xattoba-bino devori bilan bezak libosi orasidagi bo‘shliq. Katta ahamiyatga ega: namlikni tez quritadi, shamollatadi; devor yuzasini mo‘ta’dil saqlaydi; devorning xato, kamchiliklarini berkitadi; libos bo‘laklari ta’mirini osonlashtiradi.
|
| |