Bankning kredit portfelini boshqarish




Download 444 Kb.
bet14/21
Sana01.05.2023
Hajmi444 Kb.
#55269
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Menejment va marketing
ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), 13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari, O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
Bankning kredit portfelini boshqarish
Kredit portfeli — bank tomonidan berilgan kreditlarning bank balansi hisob-varaqlaridagi qoldig'i hisoblanadi. Kredit portfelini boshqarish bank kredit faoliyatining maqsadlarini belgilash, kreditlash davomida yuzaga keladigan xatarlarni kamaytirish, kredit portfelini samarali diversifikatsiyalashning asosiy yo'nalishlarini belgilash maqsadilarini o'zida ifodalaydi.
Bank kredit portfelini boshqarish bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
• kreditlashni tashkil qilish va uning maqsad, vazifalarini belgilash;
• kredit portfelini shakllantirish va diversifikatsiya qilish;
• kredit ta'minotini nazorat qilish;
• kredit monitoringi.
Tijorat banklari o'zlarining kreditlash operatsiyalarini O'zbe-kiston Respublikasi qonunchiligi asosida tashkil qiladi. Har bir tijorat banki me'yoriy hujjatlarga asoslangan holda o'zlarining kreditlash bo'yicha nizomlarini va kreditlashning asosiy yo'nalish­larini belgilab beruvchi kredit siyosatini ishlab chiqadi. Banklar kreditlash to'g'risidagi nizomlari va kredit siyosatiga asoslangan holda kreditlash jarayonini tashkil qiladi.
Bankning mijozlarni kreditlash to'g'risidagi nizomi quyi-dagilarni o'z ichiga oladi:
• kreditlash bo'yicha umumiy qoidalar;
• kreditlarni rasmiylashtirish tartibi;
• kreditlash tartibi;
• kredit uchun to'lov;
• kredit ta'minoti;
• kredit turlari;
• kredit monitoringi.
Kredit siyosati — bank kredit faoliyatining maqsadlarini, kreditlash davomida yuzaga keladigan xatarlarni boshqarish uchun bank qabul qHadigan usul va yondashuvlarni belgilab beruvchi hamda kredit portfelini samarali boshqarishning asosiy yo'nalishlari bilan bankni ta'minlovchi hujjat hisoblanadi. Kredit portfelini boshqarishning bu bosqichida bank kredit portfelini shakllantirish uchun huquqiy asos yaratiladi.
Bank o'z faoliyatida amalga oshirayotgan operatsiyalari xatarlarini kamaytirishi lozim. Kredit operatsiyalari xatarlarini kamaytirishning eng samarali usuli bu — kredit portfelini diversifikatsiyalash, ya'ni kredit portfelini turlixillashtirish. Bank kredit portfelini shakllantirish jarayonida diversifikatsiyalash tamoyiliga asoslansa, kredit xatarining ancha oldi olingan bo'ladi.
Bank kredit portfelini quyidagicha diversifikatsiyalashi mumkin:
• iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha;
• kredit shakllari bo'yicha;
• mijozlar bo'yicha;
• kreditlar muddatlari bo'yicha.
Bank kreditlarni iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha taqsimlash yo'nalishlarini belgilash davrida hozirgi holatga baho berib emas, balki uzoqni ko'zlagan holda iqtisodiyotdagi sodir bo'layotgan o'zgarishlarni hisobga olib belgilashi lozim. Chunki bozor iqtisodiyoti — raqobat, talab va taklifga asoslangan iqtisodiyot bo'lib, bugun juda daromad keltiravchi soha ertaga o'zining bu xususiyatini yo'qotishi mumkin yoki aksfncha, bugun kam rentabelli soha keyinchalik rivojlanib ketishi mumkin. Bank agar shularni hisobga olmasdan, kredit resurslarini bir sohaga yo'naltirsa va bu soha keyinchalik inqirozga uchrasa bank katta miqdorda zarar ko'rishi, natijada, o'zi ham inqirozga uchrashi ehtimoldan xoli emas.
Bank kredit resurslarini quyidagi sohalar bo'yicha muqobil tarzda taqsimlasa, maqsadga muvofiq bo'ladi: a) sanoat;
b) tijorat faoliyati;
d) qishloq xo'jaligi;
e) qurilish;
0 infratuzilma (yo'llar, transport, aloqa va h.k.);
g) fuqarolarni ijtimoiy himoyalash;
h) xizmat ko'rsatish sohasi va boshqa sohalar.
Banklar kredit siyosatini ishlab chiqish jarayonida yuqoridagi omilni alohida e'tiborga Olishi va iqtisodiy-siyosiy vaziyatga qarab, qaysi sohaga qancha miqdorda kredit resurslarini joylashtirishni belgilashlari zarurdir.
Bank joylashtirayotgan resurslarini kredit shakllari bo'yicha ham diversifikatsiyalashlari mumkin. Bank kredit portfelini kredit shakllari bo'yicha diversifikatsiyalashi xatarlarni kamaytirish bilan birgalikda mijozlarning bankka bo'lgan qiziqishlarini ortishiga va mijozlar sonining ko'payishiga ham olib kelishi mumkin. Bank kredit shakllarining ko'pligi uning mahsulot assortimentidir, mijoz e'tiborini xuddi shu mahsulot assortimenti ko'p bo'lgan bozor qiziqtiradi va tabiiy ravishda ana shu mahsulotlardan birining xaridoriga aylanadi.
< O'zbekiston qonunchiligi va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, banklar quyidagi kredit shakllarini mijozlarga taqdim etishlari mumkin:
• ipoteka krediti;
• iste'molchi krediti;
• qishloq xo'jaligi krediti;
• bank krediti.
Ipoteka krediti — ko'chmas mulklarni bank tomonidan mijozlarga kredit ko'rinishida berishdir. Bu orqali bank o'z kredit portfelini ham diversifikatsiya qiladi, ham mijozlarning ko'chmas mulkka, ya'ni jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar uchun uy, ofis va hokazolarga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.
Iste 'molchi krediti — jismoniy shaxslarning asosiy va qo'shimcha ehtiyojini qondirish uchun beriladigan kredit hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasidan bizga ma'lumki, ehtiyojlar: asosiy va qo'shimcha ehtiyojlarga bo'linadi.
lnsonlarning asosiy ehtiyoji — oziq-ovqat va kiyim-kechakka bo'lgan ehtiyoji. Har bir shaxs o'zining moddiy imkoniyatidan kelib chiqib, savdo shoxobchalari, magazin yoki supermar-
ketlardan xohlaganicha tovar sotib olishlari mumkin, agar xaridor bank plastik kartochkalariga ega bo'lsa va shu plastik kartochkasi orqali ish haqini bank orqali olsa, bank mijozning keyingi ish haqi hisobidan, foiz to'lash sharti bilan unga kredit berishi mumkin (kredit kartochkalari). Bankning bu operatsiyasi orqali aholining bankka bo'lgan ishonchi mustahkamlanadi, iqtisodiyotda pul aylanishi tezlashadi, shu bilan birgalikda bank kredit resurslari qisqa muddatga joylashtiriladi.
lnsonlarning mashina, televizor, sovutgich, konditsioner, kompyuter va hokazolarga bo'lgan ehtiyoji ularning qo'shimcha ehtiyojidir. Aholi daromadlarining o'sib borishi, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi va shu kabi omillar insonlar qo'shimcha ehtiyojlarining ortishiga sabab bo'lmoqda. Bank insonlarning bu ehtiyojlarini qondirishi ham aholining bankka bo'lgan ishonchi mustahkamlanishiga, iqtisodiyotda pul aylanishini tezlashishiga, shu bilan birgalikda, bank kredit resurslari samarali taqsimlanishiga sabab bo'ladi.
Insonlarning ehtiyojlari cheksiz: ularni bir bankdan qondira olmasa, boshqa bankdan ehtiyojini qondirishi mumkin. Bu usul banklararo raqobat muhitida tijorat banklari uchun qo'l kelishi mumkin.
O'zbekiston — agrar-industrial davlat, mamlakatimizda qishloq xo'jaligi hozirgi kunda ancha rivojlanmoqda. Qishloq xo'jaligi subyektlarini, dehqon, fermer xo'jaliklari faoliyatini qo'llab-quvvatlash va ular faoliyatini takomillashtirish bo'yicha hukuma-timiz tomonidan ko'plab islohotlar amalga oshirilyapti. Oldingi jamoa va shirkat xo'jaliklari o'rnida minglab dehqon-fermer xo'ja­liklari tashkil etilgan. Bu esa bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jaligi subyektlarini kreditga bo'lgan ehtiyojining ortishiga sabab bo'layotir.
Banklarning qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun beradigan krediti — qjsjTlo^j£QJjaligiJu£diri- Bank bu shakldagi lcreditlarnijoylashtirisnorqalihukumatning shu sohadagi islohotlarini amalga oshirishda yordamlashadi hamda kredit portfelini diversifikatsiyalaydi.
Bankning boshqa banklar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga joylashtiradigan kreditlari <— bank krediti hisoblanib, kredit portfelini shakllantirishda va diversifikatsiyalashda katta o'rin tutadi.
Bank mijozlari o'zlarining xususiyatlariga qarab, turli guruhlarga bo'Hnadi, bular: rezident va norezident, yuridik va jismoniy shaxslar. Bundan tashqari, mijozlarning hisob-varaqlarida amalga oshiriladigan operatsiyalar ko'lamiga qarab ham: korporativ, o'rtacha, kichik va chakana mijozlarga bo'linadi. Lekin gap bu haqda emas, bank kredit resurslarini taqsimlayotganda va kredit miqdorini belgilashda bir mijozga katta miqdorda kredit ajratishga juda ehtiyotkor bo'lishi talab qilinadi. Chunki bu kreditdan zarar ko'rish ehtimoli juda yuqori bo'ladi. Bank kredit xatarini kamay-tirishning va kredit portfelini diversifikatsiyalashning yana bir usuli — ko'p mijozlarga kam-kamdan kredit berish usuli.
Bank kredit portfelini boshqarishda kreditlarni muddatlar bo'yicha taqsimlashda mohirona yo'l tutishi lozim. Bank likvidligini saqlashga va resurslarning katta miqdorini to'planib qolishini oldini olib, bank mijozlarni kreditlash grafigini tuzib chiqishi lozim.
Bank kredit portfelini boshqarish va xatarlarni kamaytirish uchun kredit ta'minotiga doir talablarni kuchaytirishi va ta'minot sifatida qabul qilingan ta'minot obyektini doimiy ravishda nazorat qilib borishi lozim.
Nazorat savollari
1. Bank sarmoyasi tushunchasi nimani bildiradi?
2. Tijorat banklari sarmoyasining yetarlilik darajasini tushuntiring.
3. 1-darajali va 2-darajali sarmoyalar haqida tushuncha bering.
4. Bank sarmoyasini boshqarish usullari.
5. Bank majburiyatlari haqida tushuncha bering.
6. Bank depozitlari turlarini sarrang.
7. Bank depozitlari qanday boshqariladi?
8. Bank aktivlarini boshqarishdan maqsad nima?
9. Bank aktivlarini xususiyatlariga qarab tasniflang.
10. Aktivlarning likvidlik darajasi nimani bildiradi?
11. Aktivlarning xatar darajasini tushuntiring.
12. Kredit portfeli nima?
13. Kredit portfelini boshqarish usullari nimalardan iborat?
14. Kredit portfelini boshqarish bosqichlari qaysilar?

Download 444 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Download 444 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bankning kredit portfelini boshqarish

Download 444 Kb.