• Bank menejmenti funksiyalari
  • Bank menejmentining asosiy maqsadi, vazifalari va tamoyillari




    Download 444 Kb.
    bet2/21
    Sana01.05.2023
    Hajmi444 Kb.
    #55269
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Menejment va marketing
    ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), 13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari, O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
    1.3. Bank menejmentining asosiy maqsadi, vazifalari va tamoyillari
    Bank menejmentining maqsadi — barcha boshqaruv maqsadlari singari bank faoliyatini samarali boshqarish orqali yuqori daromadga erishish yoxud bank faoliyatini tashkil etuvchi aksiyadorlar manfaatlari uchun xizmat qilish. Banklar bu maqsadga bank menejmentining funksiya va vazifalarini amalga oshirish natijasida erishadi.
    Bank menejmentini boshqaruv obyektiga qarab, moliyaviy va ma 'muriy menejmentga bo'lishimiz mumkin. Bank menejmentining funksiyalari quyidagi jadvalda berilgan:
    l-jadval Bank menejmenti funksiyalari

    Moliyaviy

    Ma'muriy

    1. Aktiv va passivlarni boshqarish 2.Likvidlikni boshqarish 3.Majburiyatlarni boshqarish 4.Bankxatarini boshqarish 5.Kredit portfelini boshqarish 6.Banksarmoyasini boshqarish 7.Bankichki nazoratini tashkil etish

    1.Bankning ma'muriy boshqaruv
    tizimini tashkil etish
    2.Xodimlarni tanlash va joy-joyiga
    qo'yish
    3.Xodimlarni tayyorlash va qayta
    tayyorlash tizimini tashkil etish

    Bank o'z faoliyati davomida moliyaviy resurslar bilan ishlaganligi sababli, oldida bu resurslarni boshqarish masalasi turadi. Resurslarning aksariyat qismi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo'lganligi uchun bankdan bu resurslarni samarali boshqarish talab qilinadi. Moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, bu — moliyaviy menejment. Moliyaviy menejmentning funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
    • aktiv va passivlarni boshqarish — bu funksiya bankning harakatdagi daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan mablag'lari hamda shu mablag'larning tashkil topish manbalarini boshqarishdir. Bu funksiyani bankning aktivlar va passivlarni boshqarish qo'mitasi amalga oshiradi;
    • likvidlikni boshqarish — bankning mijozlar oldidagi majburiyatlarini qisqa vaqt davomida zarar ko'rmasdan to'lay olish qobiliyatini boshqarish. Likvidlikni — boshqarish qo'mitasi amalga oshiradi;
    • majburiyatlarni boshqarish — bankning qarshi tomondan oladigan barcha ko'rinishdagi qarzlarini boshqarish;
    • bank xatarini boshqarish — bankning operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xatarlarni boshqarish;
    • bank kredit portfelini boshqarish — bank tomonidan berilgan kreditlarni balans hisob-varaqlaridagi qoldiqlari majmuasini boshqarish;
    • bank sarmoyasini boshqarish — bankning nizom sarmoyasini ko'paytirish, kamaytirish va boshqarish bilan bog'liq ishlar;
    • bank ichki nazoratini tashkil etish — bank amalga oshirayotgan operatsiyalarni qonuniyligi va samaraliligini nazorat qilish.
    Bank moliyaviy boshqaruv bilan birgalikda ma'muriy bosh-qaruvni ham amalga oshiradi. Ma'muriy boshqaruv bank menej­mentining tarkibiy qismi hisoblanib, bankning ma'muriyati va xodimlarni boshqarishni o'z ichiga oladi va quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: ,
    • bankning ma'muriy boshqaruv tizimini tashkil etish — bank­ning boshqaruv organlari, tarkibiy tuzilishini tashkil qilishdir;
    • xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish — bank operatsiya­larini amalga oshiradigan mutaxassislarni tanlab, mutaxassisliklari bo'yicha joy-joyiga qo'yish;
    • xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish — bank xodimlarini tayyorlashga oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlariga buyurtma berish, qayta tayyorlash uchun xodimlarni muntazam malaka oshirishga jalb etish.
    Bank menejmentining funksiyalari menejment vazifalarini belgilab beradi. Bank menejmentining vazifalari bank boshqaruvi ish faoliyatini o'zida mujassamlashtiradi. Bank menejmentining vazifalarini quyidagi jadvaldan ko'rishimiz mumkin:

    Download 444 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 444 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bank menejmentining asosiy maqsadi, vazifalari va tamoyillari

    Download 444 Kb.