Bank boshqaruv organlari, ularning majburiyat, vakolat va vazifalari




Download 444 Kb.
bet5/21
Sana01.05.2023
Hajmi444 Kb.
#55269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Menejment va marketing
ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), 13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari, O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
2.2. Bank boshqaruv organlari, ularning majburiyat, vakolat va vazifalari
Bank boshqaruvi organlari — bank menejmentining bevosita subyektlari hisoblanib, bank faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Bankning boshqaruv organlari quyidagilar hisoblanadi:
• aksiyadorlar umumiy yig'ilishi;
• bank kengashi (kuzatuv kengashi);
• bank boshqaruvi.
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi — bankning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining vazifalari va vakolatlari qonunchilik hamda bank nizomi bilan tartibga solinadi.
Bankning aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tarkibi bankning oddiy aksiyalariga ega bo'lgan shaxslar hisoblanadi. Bank aksiyadorlari ham egalik qilayotgan aksiyalarning turiga qarab, aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tarkibiga kiruvchi va tarkibga kirmaydigan aksiyadorlarga bo'linadi. Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tuzilgan banklar ikki turdagi aksiyalarni: oddiy va imtiyozli aksiyalarni chiqarish huquqiga ega. Oddiy va imtiyozli aksiyalarga ega bo'lgan aksiyadorlar o'zlarining bank nizom sarmoyasidagi ulushlariga qarab, bank «egasi» hisoblanadi. Oddiy va imtiyozli aksiyalar egalarining huquqlari amaldagi qonunchilikka muvofiq farqlanadi.
Bank aksiyadorlari tomonidan bank faoliyatiga xavf tug'diradigan harakatlar amalga oshirilsa va bu harakatlar bankni toiovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, aksiyadorlar amaldagi qonunchilikka muvofiq, javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Oddiy va imtiyozli aksiyalarga ega aksiyadorlar quyidagi huquqlarga egadirlar:
• bank aksiyadorlari ro'yxatiga kirish;
• bank aksiyadorlari ro'yxatiga muvofiq, bank foydasidan dividend olish;
• olingan dividendlardan erkin foydalanish;
• bank tugatilgan taqdirda bank mulkini ma'lum qismiga egalik qilish;
• bankni boshqarishda ishtirok etish;
• bank tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar va mazkur xizmatlar bahosi to'g'risida ma'lumotlar olish;
• bank nizomiga muvofiq uning moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'g'risida to'liq va haqqoniy ma'lumotlarni olish;
• ssuda hamda qimmatli qog'ozlarni tartibga solish va muvo-fiqlashtirish bo'yicha vakolatli davlat organida o'z huquqlarini himoya qilish;
• o'z manfaatlarini himoya qilish maqsadida assotsiatsiya va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;
• olingan qimmatli qog'ozlar va foyda bo'yicha yuzaga kelish ehtimoli bor zararlar natijasida bo'ladigan xatarlardan sug'urta qilish;
• shuningdek, aksiyadorlar amaldagi qonunchilik va bank nizomida ko'zda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar.
Oddiy aksiyalar jamiyatni boshqarishda ovozga ega bo'lib, ularning egalariga dividendlar olishda va aksiyadorlar umumiy yig'ilishida qatnashish huquqini beradi. Oddiy aksiya egalari bank faoliyati bilan bog'liq masalalarni yechish bo'yicha alohida vakolatga egadir.
Oddiy aksiya egalari aksiyadorlar umumiy yig'ilishi vakolatiga kiruvchi quyidagi masalalar bo'yicha ovoz berish huquqiga ega:
a) bankni qayta tashkil etish va tugatish;
b) bank kengashi a'zolarining tarkibini aniqlash, ularni saylash va muddatidan oldin vakolatini tugatish;
1 d) e'lon qilingan aksiyalar miqdorini belgilash;
e) bank nizom sarmoyasini kamaytirish yoki ko'paytirish;
f) o'z aksiyalarini qaytarib sotib olish;
g) bank kengashi tomonidan tayinlangan bank boshqaruvi raisini tasdiqlash;
h) bank taftish komissiyasi a'zolarini saylash va muddatdan oldin ularni vakolatlarini to'xtatish;
i) bank tashqi auditini tasdiqlash;
j) bank yillik hisobotlari, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobotini tasdiqlash hamda uning foyda va zararlarini taqsimlash;
k) bank xarajatlarini tasdiqlash va uni bankni rivojlantirish biznes-rejasi bilan taqqoslash, bank kengashi a'zolariga kompensatsiya to'lash va ularga mukofotlar belgilash;
1) bank umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash;
m) bank aksiyalarini bo'lish va birlashtirish;
n) kreditlash operatsiyalari bo'yicha bankning asosiy yo'na-lishini belgilash;
o) investitsiyani amalga oshirish va bank mijozlariga yangi xizmat turlarini ko'rsatish hamda aktiv va passivlarni boshqarish;
p) amaldagi qonunchilik va bank nizomida ko'zda tutilgan boshqa masalalarni yechish.
Yuqorida sanab o'tilgan masalalarning aksariyat qismi aksiya­dorlar umumiy yig'ilishining ovoz beruvchi aksiyadorlarning kamida 75 foizi ovozi bilan Imtiyozli aksiyalar egalari faqatgina bank tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi masalalari bo'yicha aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ovoz beradilar. Imtiyozli aksiya egalari dividendlarni oddiy aksiya egalariga to'langunga qadar olish huquqiga egadir. Imtiyozli aksiya egalariga to'lanadigan dividendlar muddati, shartlari va dividend miqdori ushbu aksiyalarni chiqarish davridagi shartlar asosida boshqariladi, shuningdek, imtiyozli aksiya egalari bank aksiyalari yo'naltirilgan mablag'larni oddiy aksiyalar egalari olgunga qadar olish huquqiga egadirlar.
Qonunchilikka ko'ra, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar bank kengashi yoki boshqaruviga topshirilmaydi. Bank kengashining miqdoriy tarkibi nizom yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishi qaroriga ko'ra belgilanadi. Aksiyadorlar soni 500 gacha boigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank kengashi tarkibi kamida besh a'zodan, 501 dan 1000 tagacha bo'lgan banklarda kamida yetti a'zodan va 1000 dan ortiq bo'lgan banklarda kamida to'qqiz a'zodan iborat bo'lishi lozim.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank kengashi a'zolari umumiy soni aksiyadorlar sonidan qat'i nazar, beshtadan kam bo'lmasligi kerak. Bank kengashi raisi uning a'zolari safidan ko'pchilik ovoz bilan saylanadi.
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining navbatdagi majlisida kengash a'zolari tomonidan saylangan kengash raisi nomzodini tasdiqlash masalasi ко'rib chiqiladi. Bank kengashi raisi kengash faoliyatini tashkil qiladi, kengash yig'ilishini chaqiradi, unda raislik qiladi, yig'ilish bayonnomasini yuritilishini ta'minlaydi hamda aksiyadorlar umumiy yig'ilishida raislik qiladi.
Bank kengashi unchalik e'tiborli bo'lmagan roliga qaramay, kengash raisi bank faoliyatini yuritishda ishonchli shaxslar oldida birinchi darajali mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi. Bank kengashining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
• malakali bank boshqaruv a'zolarini ishga yollash va ularni tasdiqlash;
• boshqaruv bilan kelishgan holda bankning uzoq va qisqa muddatli biznes-rejasini belgilash;
• bank maqsadlariga erishish hamda qonuniy, xavfsiz va samarali bank faoliyatini yuritish uchun yetarli siyosatni belgilash;
• O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va bank siyosatiga muvofiq, bank operatsiyalari ustidan nazoratni amalga oshirish;
• bankning joriy faoliyatini kuzatish.
Bank boshqaruvi ijro organi bo'lib, u joriy rahbarlikni amalga oshiradi hamda bank faoliyati uchun javob beradi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, bank nizomi, aksiyadorlar umumiy yig'ilishi va bank kengashining qarorlariga muvofiq bankning mol-mulkini boshqaradi va uning kapitaUni tasarruf etadi. Boshqaruvga rais rahbarlik qiladi. Boshqaruv qonunchilikka muvofiq, bank kengashi vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qilish huquqiga ega emas.
Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga hisobot beradi. Bankning tashkiliy tuzilmasi biznes-rejada ko'rsatilgan faoliyat turlarini o'zida aks ettirishi kerak. Tashkil etishning nazarda tutilayotgan ko'lami taxmin qilinayotgan operatsiyalar hajmiga mos bo'lishi kerak. Ishga jalb etilayotgan kadrlar tarkibi bank faoliyatining belgilangan turlariga mos bo'Ushi, xodimlar soni esa bank faoliyatini ta'minlash uchun yetarli bo'lishi kerak.
Bank qonunchilikka muvofiq aksiyadorlar, nazorat xodimlari va uchinchi tomondan taqdim etiladigan axborot sifatini ta'minlovchi ichki auditorlik dasturlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi shart, ichki auditorlik dasturlarini amalga oshirish bank ichki auditi xizmati tomonidan ta'minlanadi. Bank boshqaruv organlari bevosita bankning boshqaruv devoni, bo'lim va filiallarga rahbarlik qiladi.

Download 444 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 444 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank boshqaruv organlari, ularning majburiyat, vakolat va vazifalari

Download 444 Kb.