Banklarning tarkibiy tuzilishi




Download 444 Kb.
bet6/21
Sana01.05.2023
Hajmi444 Kb.
#55269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Menejment va marketing
ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), 13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari, O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
2.3. Banklarning tarkibiy tuzilishi
Bankning tarkibiy tuzilishi bank boshqaruvi tomonidan tashkil qilinadi. Tarkibiy tuzilma bankning mulk shakli, bajaradigan operatsiyalari ko'lami va faoliyat yo'nalishlariga qarab turli banklarda turlicha bo'lishi mumkin.
^^"Bankning tarkibiy tuzilmasi deganda, bank operatsiyalarini -amalga oshiruvchi, uning jco'jalik faoliyatini tashkil qiluvchi, nazorat qiluvchi, boshqaruvchi boshqarmalar, bo'limlar va bo'limlar tarkibidagi sho'balar majmuyi tushuniladi. Banklar o'z kapitali, operatsiyajarjio'lamiga qarab yirik, o'rtacha va kichik banklarga bo'linadj.
Har bir bank o'zining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'zining tashkiliy tuzilmasini yaratadi. O'zbekistondagi yirik banklarning tashkiliy tuzilmalari quyidagi chizmada ko'rsatilgan:

Bankning tarkibiy tuzilmasidagi boshqarma, markaz va Jbo'limlar o'zining funksional vazifalariga ega. Yuqorida ko'rsatilgan bankning tarkibiy tuzilmasi bank boshqaruv devom hisoblanib, /^quyidagi vazifalarni bajaradi:
bank kengashi - bankning aksiyadorlari tarkibidan saylangan bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qiluvchi va aksiyadorlar umumiy yig'ilishining alohida vakolatiga kiritilgan masalalardan tashqan barcha masalalarni hal etuyeht^igan hisoblanadi. Kengashga kengash raisi rahbarlik qiladi. ^
, ' Bank kengashining vakolatlari quyidagilardan iborat:
. bank aksiyadorlarining manfaatlarini ko'zlab o'z vakolatlarini amalga oshirish, bankka salohiyatli rahbarlikni ta'minlash;
• omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, kreditlash va mablag'larni investitsiyalashning to'g'riligini nazorat qilish;
• bankni mutanosib sarmoyalanishini qo'llab-quvvatlash;
• bank siyosatini shakllantirishi
• O'zbekiston Respublikasi Qonunlari va Markazry bankning me'yoriy hujjatlariga rioya qilinishini ta'minlash.^
Bank kengashi quyidagi huquqlarga ega:
. aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig'ilishlarini chaqirish;
. aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibim tayyorlash;
. umumiy yig'ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlarning ro'yxati tuziladigan sanani belgilash;
. bank boshqaruvining raisi va a'zolanni tayinlash, ular vakolatini muddatdan oldin tugatishni amalga oshirish;
. bank nomidan bank boshqaruvi raisini yollash to'g'nsida mehnat shartnomasini imzolash;
• har chorakda bank boshqaruvining hisobotim eshitish;
. bankni qayta tashkil etish, yillik hisobotlarni, buxgaltenya balanslarini, foyda va zararlari hisob-varag'ini. foydam taqsimlash va zararlarni qoplash tartibini tasdiqlash masalalanni aksiyador­larning umumiy yig'ilishi muhokamasiga qo'yish;
. bankning ichki auditi holatini nazorat qilish. Boshqaruv tomonidan tayinlangan ichki audit xizmati rahbarini tasdiqlash;
. bank boshqaruvining ishtirokida bank faoliyatming ustuvor yo'nalishlari va uni rivojlantirish strategiyasini belgilash; • e'lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo'li bilan bankning nizom sarmoyasini ko'paytirish;
• bankning obligatsiya va qimmatli qog'ozlarini joylashtirish va sotib olish;
• mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash;
• aksiyalar bo'yicha dividendlar miqdori va ularni to'lash tartibi xususida aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga tavsiyalar berish;
• oraliq (har choraklik, yillik) dividendlar to'lash haqida qaror qabul qilish;
• bank boshqaruvi a'zolariga to'lanadigan mukofotlar va kompensatsiyalarning miqdorini belgilash;
• taftish komissiyasi a'zolariga to'lanadigan mukofot kompen-satsiyalar miqdori bo'yicha tavsiyalar berish hamda auditorning xizmat haqi miqdorini belgilash;
• bankning tashkiliy tuzilmasini aniqlash, mansabdor shaxslar mehnatiga haq to'lash va ularni rag'batlantirish shartlarini belgilash;
• bankning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;
• mol-mulkni sotib olish va uni o'zgalar ixtiyoriga o'tkazish bilan bog'liq yirik bitimlar tuzish;
• bank boshqaruvining bank ssudalari bo'yicha mijozlar va boshqa banklardan to'lov muddati o'tgan, qaytarilishiga umid qolmagan qarzlarni balansdan chiqarish haqidagi qarorini tasdiqlash;
• bankni boshqarish organlari faoliyati tartibini belgilab beruvchi hujjatlarni tasdiqlash;
• bank filiallarini yaratish va tugatish, bank vakolatxonalarini ochish, ular haqidagi nizomlarni tasdiqlash;
• sho'ba banklar va o'ziga qarashli jamiyatlar tuzish.

Download 444 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 444 Kb.