• 3.3. Bank aktivlarini boshqarish
  • Bank rahbarlari va xodimlariga qo'yiladigan talablar




    Download 444 Kb.
    bet9/21
    Sana01.05.2023
    Hajmi444 Kb.
    #55269
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
    Bog'liq
    Menejment va marketing
    ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), 13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari, O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
    2.4. Bank rahbarlari va xodimlariga qo'yiladigan talablar
    Bank faoliyatini boshqarishda rahbar va xodimlarning bilim va malakalari yuqori ahamiyatga ega, shuning uchun bank ma'muriyati bank rahbarlarini tayinlayotganda va xodimlarni ishga qabul qilayotgan paytda, albatta, ularning bilimi, malakalari, dunyo-qarashiga alohida e'tibor qaratishlari lozim. Chunki mijozlar, asosan, bank mutaxassislari bilan muloqotda bo'ladi va ularning saviyasiga qarab, bank faoliyatiga baho beradi. Mijozlar tomonidan bank faoliyatiga berilgan salbiy baho bank uchun mijozlarni yo'qotib qo'yishga sabab bo'lishi mumkin, ijobiy baho esa, ko'p hollarda mycjzlar sonining ortishiga sabab bo'ladi. c^Bank xodimlari — bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq, bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi mutaxassis.
    Bank rahbari — bank boshqaruvi tomonidan tayinlanadigan, bank filiali yoki bo_'lim boshqaruvchisi, bosh buxgalterlari yoki bo'lim boshliqlan. _^>
    Bank rahbar xodimlariga O'zbekiston bank faoliyatini takomil-lashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan ham malaka talablari qo'yiladi.
    Malaka talablarini qo'yish va kasbga muvofiqligini aniqlash — bank ishi va amaliyotini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta'minlash uchun yuqori malaka va salohiyatga hamda benuqson ishbilarmonlik va jamoa orasida obro'-e'tiborga ega bo'lgan mutaxassislami tanlash usuli. ^
    Kasbga muvofiqlikni aniqlash tamoyillari quyidagilardan iborat:
    • ochiqlik;
    • kengashlilik;
    • xolislik.
    O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari kasbga muvofiqligini O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi belgilaydi.
    Kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi tijorat banklari boshqaruv raislari, rais o'rinbosarlari, boshqaruv a'zolari, bosh bankning bosh buxgalteri, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat-lar, shahar va tuman filiallari, amaliyot boshqarmalari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbga muvofiqligi aniqlanadi.
    Tijorat banklari boshqaruvi raislari, ularning o'rinbosarlari, bosh buxgalterlari, filial rahbarlari va bosh buxgalterlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas, deb topiladilar va, o'z navbatida, ularbu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
    • oliy ma'lumotga ega bo'lmagan shaxslar;
    • amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi to'g'risida dalillar ma'lum bo'lgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi a'zolari hamda yirik ishtirokchilar, ya'ni nizom sarmoyasida 10 foizdan ortiq ulushga ega bo'lgan shaxslar;
    • o'zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida noto'g'ri ish olib borish va vijdonan ish yuritmaslikni namoyon qilgan shaxslar;
    • o'zaro yaqin qarindosh bo'lgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bog'liq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita bo'ysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
    Bank yoki filial rahbarlari bir bank tarkibida boshqa filialga yoki umuman boshqa bankka teng lavozimlarga o'tkazilganda ularning kasbga muvofiqligi komissiya tomonidan qayta ko'rib chiqiladi.
    Tijorat banklaridagi rahbar xodimlar lavozimi bo'shaganda, buni tasdiqlovchi buyruq nusxasi uch kun muddat ichida Markaziy bankning tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash bosh boshqarmasiga yetkazilishi hamda ushbu o'rinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning tavsiflov hujjatlarini ko'rib chiqish uchun 15 kun muddatda komissiyaga taqdim etilishi kerak.
    Tijorat banklari tomonidan rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagilami bilishlari lozim:
    • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy masalalar mohiyatini.
    • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid Qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahka-masi qarorlari, Markaziy bankning me'yoriy hujjatlari va boshqa me'yoriy hujjatlarni, shu jumladan:
    • fuqarolik, xo'jalik va mehnat qonunchiligi;
    • bank hisobotlarini tuzish tartibi;
    • hisob-kitoblar va to'lovlarni amalga oshirish tartibi;
    • bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
    • kichik va xususiy tadbirkorlikni kreditlash tartibi;
    • omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
    • bankni^ korporativ boshqarish tartibi;
    • ichki audit vazifalari va faoliyati;
    • emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
    • chet el valutasi bilan bog'liq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
    • pul muomalasini tashkil etish masalalari;
    • respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
    O'zbekiston Respublikasi gtijorat banklari rahbarlari, nafaqat, mamlakat hududida, balki dunyo miqiyosida bank operatsiyalarini amalga oshirishni, boshqa davlatlarning banklari va moliya muassasalari bilan manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatishni, chet el mamlakatlarining bank tizimi va ularning huquqiy asoslari, amalga oshirayotgan operatsiyalari, ularning siyosiy-iqtisodiy salohiyati haqida ham bilimga ega bo'lishlarini bozor iqtisodiyoti sharoiti hozirgi kunda talab qilmoqda. Biz yuqorida bankning rahbar xodimlarining qanday talablarga javob berishi lozimligi haqida so'z yuritdik. Lekin oldimizda yana bir savol, bankning oddiy xodimlari qanday bo'lishi kerak, degan savol ham turadi. Bu savolga biz quyidagicha javob berishimiz mumkin: «Bank rahbari xodimlarni ochiqlik, kengashlilik va xolislik tampyillariga asoslanib ishga qabul qilishi lozim». Bank rahbari xodimlarni ishga qabul qilish jarayonida nomzodlarning quyidagi xususiyatlariga alohida e'tibor qaratsa, maqsadga muvofiq bo'ladi:
    • siyosiy-huquqiy ongi;
    • dunyoqarashi;
    • madaniyati;
    • suxandonlik qobiliyati;
    • mutaxassisligi;
    bilim saviyasi;
    • insoniyligi;
    • chet tillarini bilishi;
    • tashkilotchilik qobiliyati va boshqa xususiyatlari.
    Yuqorida sanab o'tilgan xususiyatlarning ijobiy jihatlarini o'zida yuqori darajada mujassamlashtirgan xodim, ideal darajadagi bank xodimidir. Bank, o'z tarkibida, ana shunday xodimlarni ko'pay-tirishi lozim. Shundagina, mehnat unumdorligi ortadi va bank faoliyatini samarali boshqarishga imkon yaraladi. /•-"Yuqorida sanab o'tilgan xususiyatlar o'ziga xoslikka ega:
    birinchidan, har bir bank xodimining siyosiy huquqiy ongi yetarli darajada bo'lishi kerak. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida, mijozlar bilan ishlash jarayonida va turli xil bitimlar tuzilish davrida bank xodimi uchun qo'l keladi. Siyosiy-huquqiy ongi va bilimi yuqori bo'lgan xodim har doim bitimlar tuzayotganda o'zining huquq va manfaatlarini himoya qila oladi, samarali natijaga erishishni oldindan ko'ra biladi;
    ikkinchidan, bank xodimi mijozlar bilan bevosita muloqotda bo'ladi, bu jarayonda bank xodimining mijozda ijobiy taassurot qoldirishi bankning obro'-e'tiborini yanada ortishiga sabab bo'ladi. Dunyoqarashi keng bo'lgan bank xodimi mijoz bilan suhbatlashish davrida, mijoz muammolari yechimlari yuzasidan keng qamrovli fikrlarni bildira oladi;
    uchinchidan, xodim madaniyati — uning barcha harakat-larining etik-estetik, odob-axloq me'yorlariga mos kelishini
    ifodalaydi. Bu xususiyat orqali ham bank o'z obro'-e'tiborini xodimlari orqali yanada oshirishi mumkin;
    to 'rtinchidan, bank xodimi mijozlarga bank xizmatlari taklif etish jarayonida, xizmat turlari haqida to'liq ma'lumot bera olishi uchun unda suxandonlik qobiliyati ham bo'lishi kerak. Bu orqali xodim bank xizmatlarini sotishni tezlashtirishi va mijozlar bank xizmatlari haqidagi tasavvurlarni boyitishi mumkin;
    beshinchidan, ishga qabul qilinayotgan xodim albatta soha bo'yicha mutaxassislikka ega bo'lishi talab qilinadi. Bank rahbari bankka iloji boricha bank ishi mutaxassisligi bo'yicha oliy va o'rta maxsus bilim yurtlarini tugatgan mutaxassislarni ishga qabul qilsa, bu ish maqsadga muvofiq bo'ladi;
    oltinchidan, bank xodimi o'z ishini ongli ravishda amalga oshirishi uchun bank sohasi va bank operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha bilim va saviyaga ega bo'lishi darkor. Har bir qilinayotgan ishning bilimga asoslanishi ishning qonuniyligini va mukammalligini ta'minlaydi;
    yettinchidan, bank tizimi pul mablag'lari bilan ishlaganligi sababli, xodim o'z ishini halol amalga oshirishi uchun unda insoniylik xususiyati bo'lishi lozim. Insoniylik, insof va halollik xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan xodim hech qachon egri ishlarga qo'l urmaydi. Halollik, insoniylik, insof bor joyda doim samara bo'ladi;
    sakkizinchidan, ma'lumki, bank mijozlari, nafaqat, o'zbek millati, balki boshqa millat vakillari, chet el fuqarolari ham bo'lishi mumkin, ular bilan muloqot o'rnatishda bank xodimidan, albatta, chet tillarini bilish talab qilinadi. Bundan tashqari, xodimlar chet el tajribasini o'rganish uchun chet davlatlarga xizmat safarlariga jo'natiladi, xalqaro miqyosdagi axborotlardan xabardor bo'lish, matbuot orqali xorijiy banklarning tajribalarini o'rganish uchun ham bank xodimlaridan xorijiy tillarni bilish talab qilinadi;
    to'qqizinchidan, bank xodimlarining tashkilotchilik qobiliyati ham yuqori darajada bo'lishi lozim. Tashkilotchilik qobiliyati orqali xodim bank mijozlarini ko'paytirish va xizmat turlarini kengaytirish uchun turli xil tadbirlarni o'tkazishda faollik ko'rsatadi. Bundan tashqari, u tashkilotchi xodimda_onimani birlashtirish, rahbarlik xususiyatlari mavjud bo'ladi.
    Bunday xususiyatga ega bo'lgan bank xodimlarini bank qadrlashi kerak. 3.3. Bank aktivlarini boshqarish
    Bank aktivlari bankning harakatdagi mablag'lari bo'lib, bank o'zining asosiy daromadini shu mablag'larni joylashtirishdan oladi. Bank aktivlari bank sarmoyasi va majburiyatlaridan shakllanadi, ya'ni bank o'z mablag'lari hamda jalb qilingan mablag'larni aktivlash natijasida yaratadi.
    Bankning o'z mablag'lari, birinchi navbatda, uning nizom sarmoyasi va keyingi o'rinlarda zaxira sarmoyasi va taqsimlanmagan foydani tashkil qiladi. Bank zaxira kapitali va taqsimlanmagan foyda uchun xarajat qilmaydi, chunki bular bank foydasidan shakllan-tiriladi. Bankning nizom sarmoyasi muassislar tomonidan shakllantirilib, ularning maqsadi joylashtirgan sarmoyasidan daromad ko'rishdir. Bankning aksiyadorlarga to'laydigan divi-dendlari ularning daromadi hisoblanadi.
    Bank majburiyatlari yuridik va jismoniy shaxslarning, boshqa banklarning va boshqa bank sheriklarining vaqtinchalik foiz to'lash sharti bilan bankka qo'ygan mablag'laridir. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, bank o'z sarmoyasiga ham, majburiyatlariga ham xarajat qiladi, bundan tashqan bankning boshqa operatsion xarajatlari ham mavjud. Bu xarajatlar, albatta, bank daromadlaridan qoplanadi. Bank o'z faoliyati davomida xatarlarni kamaytirib, likvidlikni saqlagan holda o'z aktivlari daromadliligini oshirish bank aktivlarini boshqarishning asosiy vazifasidir.
    Bank aktivlarini o'zining xususiyatlariga ko'ra, turli guruhlarga ajratish mumkin:


    Download 444 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




    Download 444 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bank rahbarlari va xodimlariga qo'yiladigan talablar

    Download 444 Kb.