Bank menejmentining mohiyati va zarurligi




Download 444 Kb.
bet8/21
Sana01.05.2023
Hajmi444 Kb.
#55269
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Menejment va marketing
ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), 13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari, O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
Aktiv va passivlami boshqarish qo 'mitasi — bank majburiyat­larini jalb qilish yo'nalishlarini belgilab beruvchi, aktivlarni joylashtirish bo'yicha ko'rsatmalar beruvchi, bank resurslarining bazali foiz stavkalarini belgilovchi va bank balansining likvid strukturasini saqlab turuvchi bank sektoridir.
/Xj'aznachilik bosh boshqarmasi — quyidagi maqsadlarni ko'z-lagan holda bankni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, bank aktivlari va majburiyatlarini muntazam tahlil qilib Ьог#1# hamda:
• mijozlar manfaatlarini himoyalash;
• balansning optimal likvidligini ta'minlash;
• bank sarmoyasi yetarliligi;
• xatarni minimallashtirish;
• yuksak daromadlilik;
• bank balansi holatining iqtisodiy me'yorlariga rioya etish;
• bank rivojlanishini ta'minlash vazifasini amalga oshiruvchi bankning mustaqil tarkibiy bo'linmasidir.
^ Valuta iqtisod bosh boshqarmasi — bankning xalqaro valuta ^peratsiyalarini amalga oshiruvchi, ichki valuta bozorida amalga oshirilgan operatsiyalarni nazorat qiluvchi va boshqa valuta operatsiyalarni bajaruvchi bankning tarkibiy bo'linmasidir.
Kredit xatarlari bosh boshqarmasi — joylashtirilgan ssudalarning monitoringini amalga oshiruvchi, xatarlarni kamaytirish choralarini ishlab chiquvchi boshqarma hisoblanadi.
Moliya institution bilan aloqalar bosh boshqarmasi — Xalqaro Moliya Tashkiloti^boshqa banklar bilan o'zaro aloqalarni ta'minlovchi Ъо'Ипи^^ ' Loyihalami moliyalash markazi — bu qurilish, rekonstruksiya "yoki texnik qayta qurollantirish Oumladan, mashina-uskunalar sotib olisHj qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek, boshqa asosiy fondlarni sotib olish yoxud vujudga keltirish hamda ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish obyektlari normal ishlashini ta'minlash uchun zarur ishchi sarmoyaning bir qismini sotib olish bilan bog'liq ishlar uchun mo'ljallangan kreditni bank baholashi, berishi va^honitoring qilishi jarayonini amalga oshiruvchi tarkibiy tarmoqdirT^
/^Xodimlar bilan ishlash bosh boshqarmasi va xodimlar bo 'limi — ^xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo'shatish vq xodimlar bilan bog'liq boshqa ishlarini tashkil qiluvchi bo'linma. •~->
Strategik izlanishlar boshqarmasi — bankning uzoq muddatli rivojlanish strategiyani ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi boshqarmadir.
Metodologiya va bank ishini takomillashtirish boshqarmasi
bu bo'linmani tashkil qilishdan ko'zlangan maqsad bankining
mahalliy me'yoriy hujjatlarini tayyorlash, ko'rib chiqish, kelishish,
1 tasdiqlash va hisobga olish jarayonlarini reglamentlashdan iboratdir.
Yuridik bosh boshqarmasi — bankning huquqiy konsultanti bo'lib, bank faoliyatining yuridik jarayonlarida faol ishtirok etadi.
Kotibiyat — bank boshqaruvining barcha majlislari bayonlarni yuritish va hisobga olish maqsadida tuzilgan tarkibiy bo'linma.
Xavfsizlik va axborot xavfsizligi boshqarmasi — axborot xavfsizligiga doir asosiy tushunchalarni, himoya qilinishi kerak bo'lgan obyektlarni, ushbu obyektlarga tahdidni, shuningdek, obyektlar bilan ishlovchi va mazkur obyektlarni himoya qilishga doif.chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi subyektdir (\Kreditlash bosh boshqarmasi — bankning kreditlash jarayonini amalga oshirish protseduralarini ishlab chiquvchi va kreditlashni tashkil qiluvchi tarkibiy bo'linm^---—1
Informatsion texnologiyalar bosh boshqarmasi — bank faoliyatini axborot texnologiyalari bilan ta'minlash va bank operatsiyalarini axborot texnologiyalari orqali amalga oshirilayotganligini nazorat qilish maqsadida tuzilgan boshqarma.
Korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatishni muvofiqlashtirish markazi — korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish saviyasini oshirish, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash va takomillashtirish vazifasini bajaruvchi bankning tarkibiy sektori. (^Kapital qurilish bosh boshqarmasi — bu boshqarma bank biriolarini qurish, ta'mirlash^shuningdek, ularni texnik jihozlash faohyati bilan shug'ullanadi,—
Kichik biznes boshqarmasi — bu bo'linma kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatiga mablag'lar joylashtirish va ularnijpi'llab-quvvatlash bilan shug'ullanish maqsadiH^ tashkil qilinadi.
Moliyaviy menejment bosh boshqi masi — bu boshqarma bankning buxgalteriya hisobini yuritish va bank tomonidan amalga oshirjlgan operatsiyalarni hisobga olish maqsadida tashkil qilinadi. •^•Banklararo hisob-kitob markazi — bank mijozlarining mahalliy va xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiradi......
Kredit portfeli, bo 'Urn va filiallar bilan ishlash boshqarmasi — bank kredit portfelini nazorat va tahlil qilish, bo'lim va filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tuziladi.
Bank bo'limlarini boshqarish markazi — bankning bo'lim va filiallari faoliyatini nazorat qilish va ular faoliyatini takomillash-tirish-maqsadida tuziladi.
(LPul muomalasi bosh boshqarmasi — bankka naqd pul kirimi va chiqimini nazorat qiluvchi boshqarma hisoblanadi.
Valuta ayirboshlash operatsiyalari boshqarmasi — valuta ayirboshlash operatsiyalari va ayirboshlash shoxobchalari faoliyatini muvofiqlashtiradie;^
Ishlar boshqarmasi — bankning xo'jalik ishlarini amalga oshiradi.
Banklar O'zbekiston Respublikasi hududida o'z filiallarini tashkil etishi mumkin. Ular bank kengashining qarori bilan tashkil etiladi va tugatiladi hamda Markaziy bankda ro'yxatga olinadi.
Bank boshqaruv devonining faoliyati bankning bo'lim va filiallari faoliyatini tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilishga qaratilgan. O'z navbatida, bankning tuman bo'lim va filiallari ham o'zlarining tarkibiy tuzilishiga ega, bu tashkiliy tuzilma joriy bank ishini amalga oshirish vazifasini bajaradi. Quyida bankning tuman bo'lim va filiallarining taxminiy tarkibiy tuzilmasi keltirilgan:

Bankfiliali — bankningyuridikshaxsmaqomigaegabo'lmagan tuzilmaviy bo'linmasi bo'lib, bank manfaatlarini ifodalash maqsadida O'zbekiston Respublikasi hududida yoki uning tashqarisida tashkil etiladi, bevosita bosh bankka va uning mintaqaviy filialiga bo'ysunadi/ *
Mintaqaviy filial — bankning tuman filiallari va bo'limlarini boshqarish va nazorat qilish maqsadida tuzilib^bankning tuman filial va boiinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi___D
Bank filiallari va bo'limlari tashkiliy tuzilmasi ham boshqaruv devoni tarkibiy bo'linmalari singari o'zining funksional vazifalariga ega. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi: Bank boshqaruvchisi — bank filialining rahbari hisoblanib, Markaziy bank roziligi bilan bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. Bank boshqaruvchisi bosh bankning ishonchnomasiga asosan bank nomidan ish yuritib, mijozlar, boshqa banklar va partnyorlar bilan shartnomalar tuzadi.
Boshqaruvchi o'rinbosari — bankning mansabdor shaxsi hisoblanib, bank operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat berishi va filial ishini tashkil qilishi mumkin.
Bosh buxgalter — bankning hisob-operatsion ishlariga rahbarlik qiladi. Bank moliyaviy-xo'jalik operatsiyalari hisobini yuritishni ta'minlaydi.
Credit bo'limi — bankning kreditlash jarayonini tashkil etadi. Qarz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy ahvolini tahlil qiladi, qarz oluvchi shaxs moliyaviy xo'jalik faoliyati yuzasidan bank kredit qo'mitasiga xulosalar beradi, berilgan kreditlar hisobi va monitoringini yuritadi.
4>ul muomalasi bo 'limi — bankdagi naqd pul kirimi va chiqimini nazorat qiluvchi filialning tarkibiy bo'linmasidir.
/Valuta operatsiyalari bo'limi — chet el valutalari bilan bank operatsiyalarini amalga oshirilishini ta'minlaydi.^
Front ofis — bankning mijozlar bilan beVosita aloqani amalga oshiruvchi va bank xizmat turlarini mijozlarga taklif etuvchi va sotuvchi bo'limdir.
Век ofis — biznes mahsulotlarini qo'llab-quwatlash, front-ofis ruxsat bergan operatsiyalar hisobini yuritish bilan shug'ul-lanadigan bank bo'linmasi sifatida tashkil etiladi.
Xodimlar bo'limi — xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo'shatish va xodimlar bilan bog'liq boshqa ishlarini tashkil qiluvchi bo'linma.
Yuridik bo'lim — bank mijozlar bilan shartnomalar tuzish, bank operatsiyalarini amalga oshirishda ishtirok etib, bank filialining huquqiy maslahatchisi hisoblanadi.
'Kassa operatsiyalari bo'limi — pul mablag'lari va boshqa boyliklarni saqlash, kirim va chiqim qilish hisobini yuritish vazifalarini bajaradi.
Xavfsizlik bo 'limi — bankning xavfsizligi va axborot xavfsizligini ta'minlash maqsadida tashkil qilinadi.
Axborotlashtirish bo'limi — axborotlashtirilgan bank tizimini uzluksiz ishlash jarayonini va bank axborot texnologiyalarini me'yoriy talablarga javob berishini ta'minlaydi.
Eksport-import va barter bitimlarini ro 'yxatga olish bo 'limi — mijozlarning eksport, import va barter bitimlarini ro'yxatga olish va tashqi iqtisodiy faoliyatni nazorat qilish maqsadida tashkil qilinadi^>
Bank filiallari mijozlar va o'zining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikda belgilangan bankning boshqa bo'limlarini tashkil qilishlari mumkin. Bundan tashqari, bank filiallari o'z tarkibida minibanklar va korxona, tashkilot, muassasalar qoshida o'zlarining maxsus kassalarini tashkil qilishlari mumkin.
Bank faoliyatini samarali boshqarishda bankning tarkibiy tuzilmalarini mukammal darajada tuzish va ularni malakali mutaxassislar bilan ta'minlash katta ahamiyat kasb etadi. Banklar mijozlarning bank operatsiyalariga bo'lgan ehtiyojlariga qarab, ma'lum bir operatsiyalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan bo'limlarni tuzib, xizmat ko'rsatishni takomillashtirib, operatsiya­lar sifatini oshirsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Download 444 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Download 444 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank menejmentining mohiyati va zarurligi

Download 444 Kb.