BANK FAOLIYATINI MA'MURIY BOSHQARISH




Download 444 Kb.
bet4/21
Sana01.05.2023
Hajmi444 Kb.
#55269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Menejment va marketing
ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), 13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari, O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
BANK FAOLIYATINI MA'MURIY BOSHQARISH
Bank faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari
Mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan tijorat banklari O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan «Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya»si asosida ish faoliyatini amalga oshiradi. Bu litsenziyaga ega bo'lish uchun banklar Markaziy bank talab qilgan hujjatlarni taqdim etadi. Bular quyidagilar:
• ta'sischilar tomonidan imzolangan va muhrlari bilan tasdiq-langan ta'sis shartnomasi. Jismoniy shaxslarning imzolari va ta'sis shartnomalari notarial idoralar tomonidan tasdiqlanadi;
• ta'sischilar va aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlangan va bank kengashi raisi tomonidan uch nusxada imzolangan bank nizomi;
• ta'sis yig'ilishining uch nusxada tayyorlangan bayoni. Bu hujjatda bankni tashkil etish, nizom sarmoyasi miqdori, nizom va biznes-rejani tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvni saykash to'g'risidagi qaror bo'lishi lozim.
Markaziy bank tijorat banklariga litsenziya berishda quyidagi omillarga alohida e'tibor qaratadi:
biznes-rejaning maqbulligi;
• sarmoyaning yetarliligi;
• daromadlilikning kelgusidagi istiqbollari;
• ko'zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro'-e'tibori;
• bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
• monopoliyaga qarshi choralar.
Yuqorida sanab o'tilgan omillar Markaziy bank talablariga javob bersa, Markaziy bank ushbu bankka operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyani beradi. '
Bank faoliyatini tashkil qilishdagi eng asosiy omil, bu bank sarmoyasining yetarliligidir. Bank sarmoyasi bank muassislari mablag'lari asosida shakllantiiiladi. MuassMarning mablag'lami bank sarmoyasiga joylashtirishlaridan maqsad daromad ko'rishdir. Lekin Markaziy bank tomonidan bank muassislariga ham qo'yiladigan talablar mayjud. Shu talablarga javob bera oladigan sarmoyadorlargina bank muassislari bo'lishi mumkin.
Rezident yoki norezident yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari bo'lishi mumkin. Banklar tashkil qilinayotgan yangi banklarning muassislari bo'lishga haqli emas. Lekin O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari xorijiy sarmoyadorlar bilan bir-galikda qo'shma banklar tashkil etish va o'zlarining sho'ba bank-larini tashkil etish holatlari qonunchilik hujjatlari bilan belgi-langan.
Muassislar bank sarmoyasining 5 foizidan ortiq qismiga ega bo'lsalar, bu haqda Markaziy bankka xabar berishi va 20 foizdan ortiq qismiga egalik qilish istagidagi muassislar esa Markaziy bankdan oldindan ruxsat olishlari lozim.
Bir muassis aksiyadorlik tijorat banklari nizom sarmoyasining ko'pi bilan 7 foizgacha bo'lgan aksiyalariga egalik qilishlari mumkin (davlat ulushi, shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va xususiy banklar bundan mustasno). Bank muassislari bank ro'yxatga olingan kundan boshlab, bir yil mobaynida bank aksiyadorlari tarkibidan chiqishga haqli emaslar.
Har bir bank muassislari ishbilarmon va shaxsiy obro'-e'tiborga ega bo'lishlari lozim. Quyidagi shaxslar ishbilarmon va shaxsiy obro'-e'tiborga ega bo'lgan shaxslar maqomiga nomuvofiqdir:
inqirozga uchragan korxona, tashkilot yoki muassasalarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi a'zolari yoki yirik ishtirokchisi va korxona, tashkilot yoki muassasaning inqirozga uchrashiga ular sababchiligi haqida aniq ma'lumotlar mavjud bo'lsa, o'zining ishbilarmonlikiva shaxsiy xatti-harakatida ishlarni noto'g'ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish qilgan shaxslar;
• agarda, muassis yuridik shaxs boisa, yuqorida qayd etilgan talablar bunday muassisning rahbar xodimlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi a'zolari, nizom sarmoyasida 10 va undan ortiq foiz miqdorida ovoz beruvchi aksiyalar yoki ulushlar egalariga nisbatan qo'llaniladi. Bank muassislari moliyaviy jihatdan ham barqaror bo'lishlari talab qilinadi. iMuassis yuridik shaxsning moliyaviy beqarorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
• balansning nolikvidligi;
• to'lovga qobiliyatsizlik va bankrotlik;
• bu yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot, deb e'lon qilini-shidan qat'i nazar, uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi;
• bunday shaxsning majburiyatlari bank barqarorligiga nisbatan muayyan tavakkalchilikni yuzaga keltirsa;
• yuridik shaxs taqdim etgan balans, bu shaxs zarur hollarda nizom sarmoyasini oshira olmasligini ko'rsatsa;
• bunday shaxs tomonidan bankda mulk sotib olinishi ko'zda tutilishi natijasida bankka yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini ko'rsatuvchi boshqa hollar ma'lum bo'lsa. f
Davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, budjetdan tashqari fondlar, budjet muassislari va tashkilotlari bank muassislari bo'la olmaydilar. Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil qilinayotgan tijorat banklari muassislarining bankni tashkil qilish sari birinchi qadami ta'sis yig'ilishini o'tkazib, yig'ilishda ta'sis shartnomalari imzolanadi.
Agar bank yagona muassis sifatida davlat tomonidan ta'sis etilsa, aksiyadorlik jamiyati bo'lgan bankning ta'sis hujjatlari uning ustavi vaO'zbekiston Respublikasi hukumati qarori hisoblanadi. V Bankni tashkil etish to'g'risidagi ta'sis shartnomasida amaldagi qonunlarda ko'zda tutilgan ma'lumotlardan tashqari quyidagilar bo'lishi kerak:
• muassislarning bankni tashkil etishga doir huquq va burch-lari, bankni ta'sis etish bo'yicha birgalikda faoliyat olib borish tartibi;
• muassislar to'g'risidagi ma'lumotlar, jumladan, ularning har birining to'liq firma nomi va manzili, shuningdek, ularning davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumotlar, ismi, fuqaroligi, turar joyi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlari;
• bank nizom sarmoyasi miqdori;
4^j .muassislar o'rtasida joylashtirilishi kerak bo'lgan aksiyalar tojuei va turlari, ularni to'lash miqdori va tartibi.
Tashkil etilayotgan tijorat banklari Markaziy bankka o'zlarining nizomlarini taqdim etishlari lozimf Bank nizomi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• bankning toiiq va qisqartirilgan nomi, manzili;
• bank amalga oshirmoqchi bo'lgan bank operatsiyalari ro'y­xati;
• nizom sarmoyasining miqdori, muassislar ro'yxati, nizom sarmoyasidagi ulushlarning taqsimlanishi, fondlar, jumladan, zaxira va sug'urta fondlari ro'yxati, ularni tashkil etish va foydalanish qoidalari;
• nizom sarmoyasini ko'paytirish va kamaytirish tartibi;
• chiqarilayotgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, turli xildagi aksiyalar nisbati;
• daromadlarni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi;
• bank aksiyadorlari huquqlari va majburiyatlari;
• yillik hi'sobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
• bank auditi tartibi, jumladan, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va buxgalteriya hisobi andozalariga muvofiq, hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadi;
• bank boshqaruv organlari, ularning tashkil etilishi, vakolatlari va vazifalari to'g'risidagi ma'lumotlar;
• bank boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilinishi tartibi, jumladan, aksiyadorlarning ko'pchilik ovozi talab qilina-digan muhim masalalar ro'yxati;
• yillik hisobotlar va boshqa hujjatlarni e'lon qilish tartibi;
• bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi. /
Banklar o'zlarining nizomlaridan tashqari, qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa nizomlarni ishlab chiqishga haqlidirlar va u bank nizomining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bank nizom sarmoyasi faqat muassislar va aksiyadorlarning pul mablag'laridan tarkib topadi.
Kreditga, garovga olingan va boshqa jalb etilgan mablag'lardan bank nizom sarmoyasini shakllantirishda foydalanish taqiqlanadi. Qonunchilikka muvofiq, bank nizom sarmoyasini shakllantirish uchun budjet mablag'laridan foydalanish mumkin. Ushbu talabni buzgan holda nizom sarmoyasiga qo'shilgan mablag'lar aksiyadorga qaytarib beriladi va shu vaqtning o'zida aksiyalar kelgusida sotilishi uchun bankka topshiriladi. i ^r:,~*~"
/ Tashkil etilayotgan bank serrrKty^mng yeta belgilashda quyidagilar asosiy hisoblanadi" j;
/ • Markaziy bank belgilagan nizom sarmoyasining eng kam miqdori yuzasidan talablarga muvofiqligi;
• ko'zda tutilgan o'sishni qo'llab-quwatlash darajasi;
• ko'zda tutilayotgan daromadlar va asosiy fondlar darajasi;
• muassislarning zarur hollarda qo'shimcha kapital kirita olish qobiliyati. /
Bank ro'yxatga olinguncha nizom sarmoyasi mablag'larini to'plash uchun muassislar tomonidan Markaziy bank yoki O'zbekiston Respublikasining boshqa banklarida muvaqqat jamg'arma hisob-varaq ochiladi.
Bank ro'yxatga olinadigan vaqtgacha muassislar tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan nizom sarmoyasining eng kam miqdori Markaziy bank me'yoriy hujjatlari bilan belgilanadi. Markaziy bank faoliyat shartlari, biznes-rejada ko'rsatilgan operatsiyalar turi va hajmiga qarab, bank nizom sarmoyasi miqdoriga qo'shimcha talablar qo'yishi mumkin. Norezident bank tomonidan ta'sis etilayotgan sho'ba bank va chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank nizom sarmoyasining eng kam miqdori 5 mln AQSH dollari ekvivalentiga teng bo'lgan summada belgilanadi.
Xususiy bank nizom sarmoyasining eng kam miqdori 1,25 mln AQSH dollari miqdorida belgilanadi va faoliyatining dastlabki uch yili davomida o'zgartirilmaydi. Ta'sis hujjatlarini ro'yxatga olishda xususiy banklar uchun belgilangan nizom sarmoyasi eng kam miqdorining milliy valutadagi ekvivalenti muassislar tomonidan bank tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilingan kundagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo'yicha aniqlanadi.
Bankni tashkil etish vaqtida nizom sarmoyasi summasi miq­dorida egasi yozilgan aksiyalar chiqarilib, ular bank ro'yxatga olingan kundan boshlab, bir yil mobaynida bank aksiyadorlari tarkibidan chiqish huquqiga ega bo'lmaydigan muassislar o'rtasida taqsimlanadi.
Bank tashkil qilinayotganda, yangi tashkil qilinayotgan bankning rahbarlariga ham Markaziy bank tomonidan birmuncha talablar qo'yiladi. Bank kengashining raisi va a'zolari, boshqaruv raisi va uning o'rinbosarlari, boshqaruv a'zolari, bank bosh buxgalteri, bank filiali rahbari va bosh buxgalteri bankning rahbar xodimlari hisoblanadi. Bank rahbar xodimlari benuqson ishbilarmonlik va shJw'obro'-e'tiborga ega bo'lishlari lozim. Quyidagi shaxslar egallab
turgan lavozimiga noloyiq, deb topiladi hamda bank boshqaruvi raisi va uning o'rinbosarlari, bank bosh buxgalteri, filial rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanishi mumkin emas:
• oliy ma'lumotga ega bo'lmagan, lekin ayrim hollarda o'rta maxsus o'quv yurtlarini tegishli mutaxassislik bo'yicha tamomlab, bankda uch yillik buxgalterlik ish stajiga ega bo'lgan shaxslar bank yoki uning filiali bosh buxgalteri lavozimiga muvofiq, deb topi-lishlari va tayinlanishlari mumkin;
• benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obro'-e'tibor me'zonlariga nomuvofiq shaxslar;
• banklar va xo'jaliklarga oid qonunchilikka doir yetarli bilimlarga ega bo'lmagan shaxslar va boshqalar.
Bankning lavozimlarga tayinlanadigan yoki saylanadigan boshqa rahbar xodimlari bajarayotgan ishlarga mos oliy ma'lumotga ega bo'lishlari shart.
Yuqorida sanab o'tilgan bankning rahbar xodimlari lavozimiga tayinlanmoqchi yoki saylanmoqchi bo'lgan shaxslar Markaziy bank roziligi bilan me'yoriy hujjatlarga muvofiq tayinlanadilar. Ular bank tizimida kamida uch yil stajga ega bo'lishlari lozim.

Download 444 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 444 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BANK FAOLIYATINI MA'MURIY BOSHQARISH

Download 444 Kb.