Bank menejmentining mohiyati va zarurligi




Download 444 Kb.
bet7/21
Sana01.05.2023
Hajmi444 Kb.
#55269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Menejment va marketing
ENG V2 N2 006, 3, Avtokorxona texnika xavfsizligi qoidalarini o, 1. Organik kimyo kirish, Dunyo brendlaring reklama kompanyasi, Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba (4), 13-Mavzu Amaliy dasturlar paketlari, O‘RQ-637 23.09.2020, “Kichik guruhlarda ishlash” usuli, Документ Microsoft Word, Taqvim ish reja (lotin)2, axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash, IQTISODIYOT NAZARIYASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA UNDAGI ASOSIY TA’LIMOTLAR, INKLYUZIV TA’LIMNING NAZARIY ASOSLARI
у Bank boshqaruvi, uning raisi va rais o'rinbosarlari — bankning / ijro organi bo'lib, rais boshqaruvning ishiga, bankning kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladj^Boshqaruv aksiyadorlarning umumiy yig'ilshiga va bank kengashiga hisobdor bo'lib, ular qabul qilgan qarorlarning bajarilishini tashkillashtiradi, u bank faoliyatining natijalari uchun javobgar. Bank boshqaruvining vakolatlariga bankning faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi. [Bank boshqaruvining raisi lavozimiga bank kengashining qarori bilan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining roziligi bo'yicha tayinlanadPva keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida tasdiqlanadiTi
Bank boshqaruvi a'zolari kamida uch kishidan iborat bo'lishi lozim. Boshqaruv tarkibiga boshqaruv raisi, uning o'rinbosarlari va bosh buxgalter kiradi. Bundan tashqari, bankning asosiy boshqarma va bo'lim rahbarlari ham kirishi mumkin.
Bank boshqaruvi:
• aksiyadorlar yig'ilishi yoki bank kengashida muhokama etilishi lozim bo'lgan barcha masalalarni oldindan ko'rib chiqadi, bular yuzasidan tegishli hujjatlar va qaror loyihalarini tayyor-laydi;
• bankning tijoratchilik faoliyati yakunlarni, depozitlarni qabul qilish, aktivlami joylashtirish, kreditlash, hisob-kitob qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish masalalarini ko'rib chiqadi;
• har chorakda bank kengashiga bankning moliyaviy ahvoli va faoliyati haqida hisobot taqdim etadi;
• bank xizmatlarining yangi turlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
• bank operatsiyalarini o'tkazish, hisobga olish, hisobot, ichki audit, banklararo shartnomalarni tuzish masalalarini hal qiladi;
• aktivlar va passivlar operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalarini tartibga soladi;
• majburiyatlar berish, kredit-hisob-kitob xizmatlarini ko'rsa-tish, pul, to'lov hujjatlari va xat-hujjatlarini rasmiylashtirishning umumiy shartlari va tartibini belgilash;
• bosh bankning tuzilmaviy bo'linmalari, uning filiallari va vakolatxonalarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
• boshqarmalar va bo'limlar to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
• auditorlik tekshiruvlari, taftish hujjatlari, shuningdek, bank­ning tuzilmaviy bo'limlari rahbarlarining hisobotlarini ko'rib chiqadi va ular bo'yicha qaror qabul qiladi;
• bank xodimlarning mehnat haqini to'lash shartlarini belgilaydi va tasdiqlaydi;
• xodimlarni tanlash, joy-jjoyiga qo'yish va tayyorlash masala­larini hal qiladi, mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortadi;
• ichki audit xizmati rahbarini tayinlaydi va tasdiqlatish uchun bank kengashiga taqdim etadi;
• bankning amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilishini ta'min-laydi;
• aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi va bank kengashi unga topshirgan boshqa masalalarni ko'rib chiqadi va hal qiladi. [Rais maslahatchilari — bank boshqaruvi raisi ish faoliyatini tashkil qilishda o'zining maslahatini beradi. Rais maslahatchilari bank tizimida ko'p amaliy tajribaga ega bo'lgan, yuksak obro'-e'tiborli shaxslardan tarkib topsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bank taftish komissiyasi — aksiyadorlar uchun bank faoliyati ustidan nazorat olib borishning asosiy vositasi bo'lib hisoblanadi. Bank nizomida taftish komissiyasi a'zolarining aniq soni va vazifalari belgilab qo'yiladi/ Bank taftish komissiyasi bank nizomiga muvofiq, aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan saylanadi. Taftish komissiyasi:
• bank nizomi va amaldagi qonunchilikda ko'rsatilgan holatlarda bank moliyaviy-xo'jalik faoliyatini hisobot davriga tekshiruvdan o'tkazadi;
• tekshiruv davomida taftish komissiyasi ichki audit va mustaqil auditorlar tomonidan amalga oshirilgan tekshiruv natijalari bo'yicha ma'lumotlardan foydalanadi. Zaruriy holatlarda taftish komissiyasi buxgalteriya hisobining boshlang'ich hujjatlariga murojaat qilishi mumkin;
• taftish komissiyasining asosiy majburiyatlari bo'lib, bankda tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni tekshirish, bankning umumiy moliyaviy holati bo'yicha xolisona xulosa tayyorlash va aksiyadorlar umumiy yig'ilishida va unga qadar komissiya faoliyati bo'yicha hisobot tayyorlash.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqaruv a'zolari taftish komissiyasi a'zolari tarkibiga kirishlari mumkin emas.

Download 444 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Download 444 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank menejmentining mohiyati va zarurligi

Download 444 Kb.