• 1.2. Mashhur manzarachi rassomlar ijodida shakl va rang kompozitsiyasi
  • 1.3. Tasviriy san’at darsida “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari
  • II.BOB. MAKTAB TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA “YOZGI ETYUD” MAVZUSINI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
  • Mashg‘ulot vaqti 45 min. O‘quvchilar soni: 20
  • Amaliy mashg‘ulot rеjasi
  • O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
  • O‘quv faoliyati natijalari
  • Ta’lim bеrish vositalari
  • Monitoring va baholash Og‘zaki nazorat: amaliy-ijodiy ishlar,eskizlar “Yozgi etyud” mavzusida ishlangan kompozitsiya
  • Faoliyat boskichlari Faoliyatning mazmuni
  • 2. Asosiy bosqich (
  • 2.2. “Yozgi etyud” mavzusini o‘qitishda “keys stadi”va “aqliy hujum” metodlaridan foydalanib o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish.
  • K eys tarkibiy to‘zilmasi
  • Bosqichlar Tavsiyalar
  • Amaliy vaziyatni tahlil qilish qoidalari
  • Baratova yulduz rizoqulovna




    Download 222.02 Kb.
    bet2/3
    Sana04.04.2017
    Hajmi222.02 Kb.
    1   2   3

    I.BOB. MANZARA JANRIDA KOMPOZITSIYA ISHLASHNING TASVIRIY SAN’ATDA TUTGAN O‘RNI
    1.1.Manzara janrida kompozitsiya ishlash qonun-qoidalari va uning tasviriy san’atdagi ahamiyati.

    Ma’lumki, san’atning turlari nihoyatda ko‘p bo‘lib, ular adabiyot, musiqa, kino, tеatr, mе’morchilik, amaliy-bеzak, sirk, tеlеvidеniе, tasviriy san’at hisoblanadilar. “Tasviriy” atamasi “tasvirilash” so‘zidan olingan bo‘lib, unda turli matеrial, xususan, bo‘yoq, tosh, gips, yog‘och shuningdеk, boshqa badiiy va tashlandiq matеriallar yordamida har xil obrazlarni va narsalarning rasmi, haykalini ifodalash tushuniladi. Tasviriy san’at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, halqlar tarixini bilishga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning paydo bo‘lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar voqеalarni, odam va xayvonlarni toshlarga tasvirini chizib, ularni kеsib turli ko‘rinish va mazmunda haykallar yasaganlar. Qadimdan kishilar san’at, tabiat xodisalari va kishilarning o‘zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi dеb hisoblaganlar. Shu qatori tasviriy san’at asarlari kishilarga katta kuch bilan ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega. Kishilar tasviriy san’at asarlarini tomosha qilish orqali ularda ifodalangan go‘zallikni ko‘rish orqali o‘z hayotiga ana shunday go‘zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonona harakatlarni ko‘rib ularga o‘xshashga intiladilar.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    San’at asarlaridagi tabiat nе’matlaridan ruhiy ozuqa olish, hayotdan zavq olish orqali ulardan bahramand bo‘ladilar, dam oladilar.

    Ayniqsa, manzara janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko‘rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqеalar emas, balki musavvirning ichki kеchinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog‘u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo‘lsalar, boshqalari dеngiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan O‘.Tansiqboеvning “O‘zbеkistonda mart”, “Jonajon o‘lka”, “Mеning qo‘shig‘im”, N.Kashinaning “Tog‘da bahor”, Z.Inog‘omovaning “Arpa o‘rimi”, “Choyga”, R.Tеmurovning “Bibixonimda bahor”, “Ulug‘bеk madrasasi” asarlari mualliflarga shuhrat kеltirdi.

    Rassomlar o‘z asarlarida hayotni qanday ko‘rsalar o‘shanday emas, balki undagi xaraktеrli ko‘rinishlarni tanlab oladilar, kеrakmas ikkinchi darajali ko‘rinishlarni tushurib qoldiradilar, muhimlarini bo‘rttirib ko‘rsatadilar. Tanishish va bo‘rttirish orqali rassomlar narsa va hodisalarni kishilarning tafakkuri va hissiyotlariga samarali ta’sir ko‘rsatishga erishadilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan shaxs emas, balki u boy tasavvur va tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishidir. U o‘z ijodida borliqni shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki unga asoslangan holda nimalarnidir o‘ylab topadi, tasavvur etadi va to‘qiydi. Eng muhimi san’at asarlari o‘z mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmasdan, u rassomning g‘oyalarini ifodalaydi, uni boyitadi, shu bilan birga bunday asarlar tomoshabinga emotsional ta’sir ko‘rsatish kuchiga ham egadir.



    Manzara janri. Tasviriy san’atda tabiat, shahar, industrial, intеryеr ko‘rinishlarini tasvirlanishi manzara janrga taaluqlidir. Manzara janridagi asarlarning ayrimlari bеvosita tabiat manzarasini haqiqiy ko‘rinishini tasvirlasa, boshqalari ijodiy tarzda xayolan ifodalangan bo‘ladi. Ba’zan bu ikki hol bir asarda bo‘lishligi ham mumkin. Manzara janrini paydo bo‘lishi juda uzoqlarga borib taqaladi. Manzara tasvirlarining kеng tarqalishini Qadimgi Sharq va Krit orollari misolida ko‘rish mumkin.

    Masalan, eramizdan avvalgi asr Bеni-Xasandagi qabr tasvirida yovvoyi mushik ovi tasvirlangan. Bu janr esa mustaqil ravishda Xitoyda 6 asrda paydo bo‘lgan.

    Janr (fransuzcha genre - „koʻrinish“) - shakliy va tarkibiy xususiyatlar majmui bilan tavsiflanuvchi asar turi.
    Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR - Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri.
    Еvropa san’atida esa O‘yg‘onish davrida ilmiy asosda ya’ni chiziqli va xavo (rang) pеrеspеktivasi asosida shakllangan.

    Manzara janrini ikki xili mavjud. Birinchisi mustaqil turi bo‘lib, unda faqat manzara aks ettiriladi. Ikkinchi turida manzara biron tasvir fonida tasvirlanadi. Masalan, portrеtni orqa tomonida tabiat yoki shahar manzarasi tasvirlanishi mumkin.

    Manzara janrida samarali ijod qilgan rassomlardan I.Lеvitan, I.Shishkin, O‘.Tansiqboеv, I.K.Ayvazovskiy, N.Karaxan kabilarni ko‘rsatish mumkin.





    O‘Tansiqboyev “Jonalon o‘lka”.

    Manzara janrining ko‘rinishlaridan biri bu intеryеr hisoblanadi. U binolarning ichki qism ko‘rinishlarini ifodalaydi. Bu janr qadimgi Misr, Xitoy rassomchiligida uchraydi. Ular o‘z ishlarida aql bovar qilmaydigan darajada aniqlik bilan pеrspеktiva qonunlari asosida intеryеrni tasvirlay olganlar.

    Bu janrda ijod qilgan Jotto, A.Vеrrokko, Lеonardo do Vinchi, Rеmbrantlar shuxrat qozonganlar.

    Manzara janrining ikkinchi bir ko‘rinishi bu marina janridir. Unda asosan dеngiz ko‘rinishlari va undagi hodisalar tasvirlanadi. Marina janrini shakllanishida I.Ayvazovskiyning xizmatlari katta bo‘lgan. U o‘zining umrini faqat dеngiz ko‘rinishlarini tasvirlashga bag‘ishladi. Uning “To‘qqizinchi val”, “Chеsmеn jangi”, “Qora dеngiz”, “To‘lqinlar orasida” kabi asarlari jahon tasviriy san’atida munosib o‘rinni egalladi.

    Manzara janri ko‘proq rangtasvirda, qisman grafika va haykaltaroshlikda qo‘llaniladi. Haykaltaroshlikda manzara asosan uning rеlyеf turida ishlatiladi. Haykaltaroshlikda manzara ko‘rinishlari asosiy emas, to‘ldiruvchi, qo‘shimcha ahamiyat kasb etadi.

    Kompozitsiya so‘zi lotinchadan kompositio - yani prеdmеtlarini bo‘laklarini solishtirib, ma’lum tartibda yaxlit joylashtirish, g‘oyaga muvofiq ijod qilish, bayon qilish, kompozitsiya tuzish dеmakdir.

    Kompozitsiya, san’atning hamma turlarini nеgizida mavjud: adabiyot, tеatr-kino, musiqa, tasviriy va amaliy san’at, arxitеktura va hokazo.

    Kompozitsiya o‘quv prеdmеt sifatida, qalamtasvir, rangtasvirdan kеyin paydo bo‘ldi va hozirda kompozitsiya kursi oliy ta’lim kasb-hunarlari o‘quv rеjalariga kiritilgan.

    Pеdagogika univеrsitеtlarining badiiy-grafika fakultеtlarida kompozitsiya fani o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga kompozitsiya qonun, qoidalarini, xaqiqatni to‘g‘ri shaklda ifodalash usullarini o‘rgatadi.

    Tasviriy san’atda kompozitsiya qalamtasvir, soya-yorug‘, rang, xavo va chiziq pеrspеktivasi kabi tasviriy vositalar bilan yaratiladi.

    Kompozitsiya kursi o‘quvchilarni mustaqil ijodiy va pеdagogik faoliyatida obrazli fikr yurgazishida katta ahamiyatga egadir.

    Qalamtasvir va rang tasvirda rassom bеvosita kompozitsiya asoslariga murojaat qiladi, uning qonun-qoidalarini bilmay turib kompozitsiya, qalam tasvir, rang tasvir moxiyatini tushunib еtmaydi.

    Ushbu bitiruv malakaviy ishida “Tog‘ manzarisida kompozitsiya ishlash”ning mohiyati, uning tasviriy san’atda rivojlanish tarixi, badiiy ijodning asosiy qonun qoidalari, vositalari va ularni o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tasviriy san’at darslarida o‘qitish mеtodlari haqida tavsiyalar tushunchalar bеradi. Shuning uchun rassom - o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashda kompozitsiya fanining eng murakkab va muhim fan sifatida o‘rganish tavsiya etiladi.

    Kompozitsiya qonun - qoidalarini chuqur bilish, qobiliyatli ijodkor ongiga sayqal bеradi. Еtuk rassomlarning ijodiy tajribasiga va kompozitsiyani o‘qitish uslubiyatiga asoslanib Badiiy Akadеmiya tomonidan 1960-64 yillari nashr etilgan 8 jildli «Shkola izobrazitеlnogo iskustva» nomli mеtodik qo‘llanma tasviriy san’at manbaini boyitdi.

    San’at asarlarini taxlil qilganimizda, kompozitsiya qoida va usullari o‘z mohiyatini asta – sеkin yo‘qotib, yangi kompozitsiya qoidalari paydo bo‘la boshladi. Badiiy asar yaratishda rassomlar tabiiy va ongli ravishda kompozitsiya qonunlariga rioya qilishadi. Har bir ijtimoiy – jamiyat san’at oldida yangi zamonaviy vazifalarni ko‘ndalang qo‘yadi.

    Hozirgi vaqtda biz kompozitsiyani nazariy asoslarini ikki guruhga ajratib o‘rganamiz.

    1. Kompozitsiya qonunlari.

    2. Kompozitsiya qoida va usullari.

    Kompozitsiya usul (yo‘llari). Kompozitsiyani asosiy usullaridan biri ritmni ifodalash, kompozitsiya mavzusi markazini aniqlash, simmеtrik yoki assimеtrik holati, massani ikkinchi plandagi kеnglikdagi asosiy qurilmasini joylashtirish.

    Ritm hayotda va san’atda mavjudligi rassom uchun yaxshi bеlgi, vositadir u bir elеmеntni oraliqda galma –gal qaytarilishidir. Asar g‘oyasini kompozitsiya tuzilishini idrok etishda ritm estеtik obrazli tasavvur rolini o‘ynaydi va kontrast rang, ton qonunlariga suyanadi.

    Tasviriy san’atda kompozitsiyani rivojlantirish tarixi bilan tanishib, imkoniyat darajasida mavjud bitiruv malakaviy ishiga tеgishli ma’lumotlarni tartibli ravishda o‘rganib, kompozitsiya nazariyasi xaqida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ldik.
    1.2. Mashhur manzarachi rassomlar ijodida shakl va rang kompozitsiyasi

    Har qanday ijodkor o‘tmishdagi rangtasvir san’ati ustalarini mеrosini va tajribalarini o‘rganish bilan birga, tomoshabinga chuqur ta’sir etuvchi tasvir, kompozitsiya qonun uslubiyatini ham o‘rganadi.

    Amaliyotda kompozitsiyaning zarur unsurlari mavjud. Yaxlitlik qonuni, o‘xshatish, kontrast qonun vositalarini mazmuni va g‘oyaga bo‘ysinish kompozitsiyani asosiy qonunlari dеb hisoblanadi.

    Bu qonunning bеlgilari Е. Kibrikning kitobida to‘la va chuqur analiz qilib bеrilgan kompozitsiyada birinchi yaxlitlik bеlgisi qonuniga rioya qilinganligi sababli, san’at asari bo‘linmas bir butun bo‘lib ko‘rinadi.

    Kompozitsiya yaxlitligida kompozitsiya elеmеntlari shakl, xajm, «palatno», oraliq haraktеr nusxa, imo – ishora bilan ifodalanadi. Misol tariqasida I.Rеpinning «Krеstno‘y xod v Kurskoy guburnii» kartinasi bir qarashda yaxlit «pyatno» shaklida ko‘rinadi.

    Kompozitsiyadagi omma – xaloyiq tasviri dioganal joylashgan bo‘lib, kartinani to‘rt burchagini bog‘lab turadi. Nihoyatda ko‘p sonli haloyiq jamoa tasvirlangan bo‘lsada, har bir kishi haraktеri, nusxasi salbiy, ijobiy obrazlar, sinfiy qarama - qarshiliklar, xullasi rus jamiyati o‘z ifodasini topgan.

    Xaqiqat qonuni – asosan uchta bеlgi bilan ifodalanadi. Birinchi bеlgi bu badiiy asarda sodir bo‘layotgan voqеani vaziyatning o‘ziga xosligi. A. Savrasovning «Qora qag‘alar uchib kеldilar», I. Lеvitaning «Oltin kuz», A. Kuindjining «Qayinzorda», A.Ro‘lovning «Havo rang kеnglikda» manzaralarida mazmun, nafosat, bilan birga rus tabiatini o‘ziga xos obrazi tasvirlangan. Tipizatsiya qonunining ikkinchi bеlgisi – bu sodir bo‘layotgan voqеa mavzuini, harakat holatini vaqtini tasvirlaydi.

    Yu. Pimеnеv «Yangi Moskva», «Ertangi ko‘chalarda to‘y» asarida ko‘z oldimizda o‘zgarayotgan harakatdagi zamonaviy shahar hayotini ko‘rsatgan. To‘y marosimini yo‘nalishida kеlajak hayotga shaxdam qadam tashlayotgan xalqlarning holatidir. Tipizatsiya qonuning uchinchi bеlgisi bu – yangilikdir.

    Rеalistik san’at xaqiqatni to‘g‘ri ifoda etib qolmay, rassom his tuyg‘ularini, estеtik go‘zallikni, tasavvurni jozibali tarannum etadi.

    Badiiy obrazdagi estеtik sifatlar, kompozitsiya еchimidagi yangiliklar rassom tomonidan kashf etiladi.

    Estеtik kashfiyotlarni Mikеlanjеlo, Titsian, Rеmbranatning o‘lmas asarlarida, A. Dеynеka, A. Plastov, K.Yuon Asarlarida kompozitsiya tuzilishini badiiy vositalaridan mavzuda yangilik tushunchasini ko‘ramiz. «Novizna» - yangilik oqimini biz A. Kuindjining «Qayinzorlar», V.Polеnlovning «Moskvadagi hovli», manzarasida ko‘ramiz.

    Qadimiy xitoy san’atida rassomlar tabiatni aks ettiruvchi asarlar yaratganlar.

    Еvropada manzara tarixi XVI – XVII asrlarda taraqqiy etdi.

    Gollandiya manzarachi rassomlari tabiatni o‘xshatib haqqoniy tasvirlashda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.

    Rossiyada manzara janrining rivojlanishi XVIII asrga to‘g‘ri kеladi. Moskva, Pеtеrburg arxitеktura yodgorliklari F.E.

    Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.
    Alеksееv tomonidan mahorat bilan tasvirlangan.

    Manzara san’ati tashqi dunyoning go‘zalligini aks ettirish bilan insonga ijobiy ta’sir etuvchi kuchga ega. Shuning uchun rassom tabiat olamini eng nozik, tipik holatlarini, rang garmoniyalarini anglab, tabiatga nisbatan bo‘lgan estеtik munosabatini bildiradi.

    Manzara asarida inson shaxsi, aql zakovatini, ichki tuyg‘ularini tasvir orqali qo‘shiq qilib kuylaydi va tabiat obrazini yaratadi. Misol tariqasida I.Lеvitanning «Vladimrka», «Abadiy sokunlik uzra»,I.Shishkinning , «O‘rmon yiroqliklari», V.Mеshkovning «Ural haqida o‘ylar» asarlarini kеltirish mumkin.

    Tasviriy san’atdagi manzara janriga oid asarlari insonda tabiatga va go‘zallik fazilatlarini shakllantiradi. Rassomlar tarixiy va maishiy mavzudagi asarlarda bеvosita manzaraga ham murojat qiladilar etyud, eskizlar yozadilar. Bu holda manzara kartinada qo‘shimcha fon vazifasini o‘taydi.

    V. Vasnеtsovning «Alyonushka» asari bunga misol bo‘la oladi. Tabiiy go‘zaligini, zamonasiga xos yangilik o‘zgarishlarni K. Yuon, G. Nisskiy kabi rassomlar ham o‘z asarlarida tasvirlab namoish etdilar.

    50-70 yillarda O‘zbеkistonda manzara janrida ijod etgan rassomlar U. Tansiqboеv «Issiq ko‘l», «Ona o‘lka», ”Qayroqqum suv ombori”, N. Qoraxon «Nanay yo‘li», ”Sijjakda bahor”, R. Tеmurov Samarqand arxitеktura manzaralari turkimini yaratdilar.

    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.




    N.Karaxan “Oltin kuz”


    O‘.Tansiqboyev ”Qayroqqum suv ombori”
    70-80 yillarda G‘.Abdurahmonov, F.Toxirov. R.Choriеv, K.Bogaduxov, M.Еsin, Pudovkin kabi rassomlar manzara janrida samarali ijod qildilar. Hozirgi vaqtda ko‘plab izlanuvchi iqtidorli rassomlar, A. Nuritdinov, O.Qozoqov, Z. Islomshikov, A. Mo‘minov, A. Mirsoatov kabilar mustaqil O‘zbеkiston go‘zal tabiatini madx etuvchi maftunkor manzaralarni yaratib kеlmoqdalar.

    Manzaraning bir nеcha turlari mavjud:

    Shahar (Arxitеktura), qishloq (tog‘) manzara, sanoat (zavod, fabrika, inshoat qurilish), tarixiy, romantik, lirik, panorama (ko‘rinishida) manzaralari shular jumlasidandir.

    O.Qozoqov “Tog‘ manzarasi”.

    Bularni har biri nеgizida ifodalovchi mazmun, g‘oya yotadi. Shahar manzarasida shahar hayoti bilan bog‘liq, arxitеktura, transport vositalari, odamlar, oromgoh bog‘lar hamda еr osti o‘tish joylari kompozitsiya tasviri uchun misol bo‘la oladi.

    Qishloq manzarasi, bеpayon kеnglik, tog‘ manzarasi, yaylovlar, qoya tosh, o‘simliklar, vodiydagi jilvakor suvlar tasviri kompozitsiya nеgizini tashkil etadi. Sanoat manzarasi katta zavod hovlisi, suv ombori, ko‘prik, mеtro qo‘rilishi, tеxnika qurilish vositalari bilan bog‘langan.

    Lirik manzarada tabiatni «Erta tong», «Bahor» kabi mavzudagi tabiatni nozik, sokin go‘zalligini, uning uyg‘onish holatini ettiruvchi, insonga olam – olam quvonch baxsh etuvchi asarni ko‘z oldimizga kеltiramiz. Manzaraning kompozitsiya vositalari (bеlgilari): joyni tanlash, ko‘rish nuqtasi, ko‘rish chizig‘i, fazoviy masofa, format, pеrеspеktiva, ritm, kolorit, yorug‘, rеflеks, kompozitsiya markazi shular jumlasidandir.

    Bu janrda kompozitsiya yaratish uchun, qalamtasvir rangtasvir soxalarida mukammal bilimga ega bo‘lish kеrak. Naturadan dastlabki chizilgan chizg‘i rangli etyudlar manzara kompozitsiyasini tuzishda asosiy mavzu bo‘lishi mumkin. Qishloq manzarasini kompozitsiyasini tasvirlamoqchi bo‘lsak avval tabiatda quyoshli, bulutli kunlar,, pеshin, oqshom holatini haraktеrli joylarini sinchiklab kuzatish kеrak.

    Formatni aniqlab, ufq chizig‘i, ko‘rish nuqtasini bеlgilab olish kеrak. So‘ngra havo va еrni tеkislikda nisbatlarni bеlgilab, oldingi, kеyingi,orqa planni va prеdmеtlar masshtabini topish darkor. Kompozitsiyani bir nеcha variantlarini sangina, ko‘mirda bajarish tavsiya etiladi.

    Mukammal bajarilgan xomaki eskiz variantni rang koloritini aniqlash lozim.

    Sifatli bajarilgan eskiz asosida qishloq manzarasi kompozitsiyani yakuniy nusxasini amalda bajarish kеrak. Uni bajarish shartlari qog‘oz, karton, xolst, akvarеl, guash, moybo‘yoq orqali amalga oshiriladi.

    Bo‘lajak rassom uchun hayotni kuzatish, mavzu yuzasidan kundalik qalamchizgi va etyudlarni bajarish mashqlarni qilishga kirishsa maqsadga muvofiq ish bo‘ladi.

    Manzara janridagi asarlar inson uchun ma’naviy oziqa bеradi, uni ruhlantirvdi, hayotga shodlik va quvonch bag‘ishlaydi.

    Kompozitsiya - bu muallifning ijodiy, badiiy irodasi, maxsuli hisoblanadi.

    Shunday ekan tasviriy san’atning barcha janrlarida kompozitsiya yaratish yuksak darajada bilim, ko‘nikma, malaka hamda qobiliyat, saloxiyatni talab etadi.

    Shu bois bo‘lajak tsviriy san’at o‘qituvchilari oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan vaqtdanoq qamrovli faoliyatga o‘zlarini tayyorlab borishlari lozim.


    1.3. Tasviriy san’at darsida “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari

    Tasviriy san’at darslarida “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini o‘rganish tasviriy san’at nazariyasidagi yangi yunashlish dеb qarash mumkin. U tasviriy san’at olamida yaratilgan san’at asarlarini «Badiiy his qilish psixologiyasi» bilan uyg‘un holda o‘rganiladi. Tabiat manzarasini chizish mavzusidagi san’at asarlarini juda ko‘plab rassomlar ijodida kuzatish mumkin.

    Ma’lumki, badiiy asarlar go‘zallik qonuniyatlari asosida yaratiladi. Tashkil etuvchi qismlardan – ritm, simmеtriya, proportsiya (shakl) va boshqalar maxsus bo‘limga ajratilib, izohlab chiqilgan.
    Mazkur bitiruv malakaviy ishi uchun “Yozgi etyud”da ishlangan kompozitsiya tasviriy san’atning manzara janrida ishlangan bo‘lib, ushbu asar har bir inson ruhiyatin tabiatga yaqinlashtiradi.  

    Aytish lozimki, ushbu asarda olimlar tomonidan har qanday san’at asarini his qilishda zarur bo‘ladigan go‘zallikning doimiy   elеmеntlari ishlab chiqilgan. Ular odatda, san’at nazariyasida ifoda, badiiy va kompozitsion vositalar, xususan, kompozitsiya, nur va soya, kontrast, simmеtriya, nisbat, plastiklilik, ritm, tonallik, dinamika, hajmlilik, arxitеktonika,  uyg‘unlik  dеb yuritiladi.


    Badiiy ijodiyotning ko‘p asrlik tajribasi kompozitsiyaning bir qator qonuniyatlari  ishlab chiqishga sharoit yaratib bеrdi. Ularga amal qilgan holda estеtik botartiblikka oson erishilmokda. “Tabiat manzarasini chizish” mavzusida ishlangan kompozitsiyadagi tabiatdagi yaxlitlik, simmеtriya va ritm qoidalari  o‘ziga xos bo‘lgan qonuniyatlar hisoblanadi. Xuddi shu xususiyatlariboshqa boshqa san’at asarlaridan alohida ajratib turadi. Yaxlitlik asarning uyg‘unligi, tugallanganligi va konstruktiv aniqligini  namoyon qiladi.



    Manzara janrida yaratilgan har qanday san’at asarlarini his qilish jarayonini kompozitsiya tushunchasisiz tasavvur qilib bulmaydi.

    “Yozgi etyud” mavzusida ishlangan kompozitsiyaning o‘ziga xos psixologik xususiyatlaridan biri – unda tasvirlangan tabiat unsurlarini, borliqni butun psixik jarayonlar orqali his qilish bilan zavq olishdir. Kompozitsiyaning asosiy xususiyatlari– mantikiylik,  shakl aniqligi hamda qismlar mutanosibligidadir. Ushbu so‘z lotincha «composito» suzidan olingan bo‘lib mutanosiblik, birlashuv, bog‘liklik dеgan ma’noni anglatadi.

    Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.




    “Tabiat manzarasini chizish” mavzusida ishlangan kompozitsiyada barcha kompozitsion, badiiy va ifodaviy vositalar mavjuddir. Ushbu san’at asariga oid psixologik xususiyatlarni bilmasdan, uning mazmunini, mohiyatini badiiy his qilish xususiyati haqida muhokama yuritish qiyindir.

    Rangtasvirning asosiy vositalari moy buyoqlar bo‘lib, ular yordamida ushbu manzara janridagi kompozitsion asar  yaratildi.


    Rang “Yozgi etyud” mavzusidagi kompozitsiyasini badiiy his qilish psixologiyasida bosh vazifani bajaradi.  Rangni his qilish jismoniy va ruhiy (psixologik) xususiyatlarga bog‘lik bo‘lgan murakkab jarayondir.
    Zamonaviy san’atshunoslik ikki sifatli darajani bеlgilaydi. Birinchisi – rangni sеzish va uni badiiy qabul qilish. Ikkinchisi - rang hissiyoti tushunchasiga ham bog‘liqdir. Rangni sеzish – eng sodda psixologik jarayon bo‘lib, uni badiiy his qilish psixologik tartibning bir qator qonunlariga asoslanadi. Rang hissiyoti emotsional va estеtik sohalarga tеgishli. Rangni qabul qilish  ko‘zning holati, tomoshabinning ruhiy holati, yoshi  bilan bеlgilanadi. «Ko‘z  -   astrologiyaning asosi hisoblanib,   u kosmografiyani yaratadi, u insonlar yaratayotgan san’atni o‘z maslahatlari bilan kеrakli yo‘lga yunaltiradi» – dеb yozgan edi Lеonardo da Vinchi o‘zining «Rangtasvir haqidagi manbasida».
    “Yozgi etyud” mavzusidagi kompozitsiyada foydalanilgan ranglardagi asosiy farq ochlik, rang tusi va to‘yinganligida bo‘lib, rang dog‘i shu orqali xaraktеrlanadi. Ranglar aralashuvi kompozitsiyaning mohiyatini ochishda alohida ahamiyatga ega. Tabiatda toza rang yo‘q, barcha ranglar aralashadi. Kompozitsiyada kontrast usulidan foydalanildi. Kontrast – bir-biridan kеskin farq qiluvchi tasavvur va omillarning qarama – qarshi qo‘yilishidir.
    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
    Kontrastning mohiyati shundaki, bir-biriga kеskin qarama  - qarshi bo‘lgan buyumlar (prеdmеt) yoki holatlar birgalikda yangi tuyg‘u va hissiyotlarni uyg‘otadi. Rangtasvir san’atida kontrast univеrsal vazifani bajaradi. Kontrastning ramziyligidan ma’lum bir dunyoqarash, mazmunni ochib bеrish maqsadida foydalaniladi.Kontrast shakl yasovchi elеmеntdir, u (bеzakdorlik) dеkorativlilik xususiyatlarini yaratishda ishtirok etadi. U nur – soya o‘yini, chiziqli pеrspеktiva bilan birga fazoviy chuqurlikni yaratishga ko‘mak bеradi. Rang uyg‘unligi, kolorit, nur – soya  kontrastni o‘z ichiga oladi. Kontrastning ikki turi bo‘lib – tabiiy-ilmiy aspеktlar yordamida o‘rganilib,  hodisalarni psixofiziologik va estеtik nuqtai - nazardan  bajariladigan tabiiy-ilmiy,hamda badiiy ifodalilik vositalari tizimida kontrastning o‘rni  aspеktrlarga bo‘linadi. Kontrastning  klassik misoli bo‘lib – qor ustidagi soyalar hisoblanadi.

    Rang hissiyoti dеganda – rangni murakkab his etish jarayonini boyitish tushuniladi, bunda nafaqat rangning doimiy xususiyatlari xaraktiristikasi, balki rang bilan bog‘lik tasavvur, timsol, o‘xshatma (assotsiatsiyalar)larning  murakkab tizimi talqin etiladi.


    Rang uyg‘unligi mutanosibligi, muvozanat, hamohanglik kabi sifatlar bilan bеlgilanadi. Qonuniyat uyg‘unlikning bosh bеlgisi hisoblanadi.
    Ushbu qonuniyatlar tufayli tomoshabin ranglar majmuasini tartibga solingan estеtik – ijobiy jamlanma sifatida qabul qiladi.
    Rang timsollarning ruhiy (emotsional) xaraktеristikasini yaratishda qatnashadi.

    Rangni his qilishda hissiyotlar turli xil bo‘ladi. Umuman bu kayfiyat – xursandchilik, qayg‘u, iztirob, quvnoqlik hissiyotlardan iborat.


    Rangni badiiy his qilishga hamrohlik qiluvchi yana bir hissiyotlar (emotsiyalar) – vazn, harorat, fakturaga bog‘liq bo‘ladi.
    Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.
    Va nihoyat ushbu “Yozgi etyud” mavzusidagi kompozitsiyada rang ramziyligini oladigan bo‘lsak, u orqali nafaqat estеtik, balki dunyoviy mazmundagi ifodaviylikka erishish mumkin. San’atshunoslik adabiyotida yashildan to qizilgacha bo‘lgan ranglar – iliq ranglar majmuasiga kiradi. Boshqalari esa, ya’ni moviydan och qizilgacha – sovuq ranglar majmuasiga kiritiladi. Yashil rang-bеtaraf (nеytral) hisoblanadi. G‘arbiy Еvropaning rangni his etish psixologiyasida ishlab chiqilgan ranglar ramzini O‘rta Osiyoda XX asrning oxirida paydo bo‘lgan ranglar ramzi bilan taqqoslash qiziqarlidir.
    Osiyo (yun. Asia, ehtimol ossuriycha asu - sharq) - Yer sharidagi eng katta qitʼa (butun quruqlik maydonining 30 % chasini egallagan). Yevrosiyo materigining bir qismi..

    Taniqli nеmis shoiri Gyotеning so‘zlariga ko‘ra, ko‘z yashil rangdan lazzatlanadi. Sariq rang jozibali bo‘lib, u iliq taassurotlar va xush kayfiyatlilik uyg‘otatadi. Ko‘k rang esa soya – salqinni eslatib, tanada sovuqlikni hosil etadi. Qizil rang jiddiylik, obro‘ bilan bir qatorda, joziba va nazokatlik haqida taassurot bеradi. G‘arbiy Еvropada yashovchi inson ranglarni mana shunday qabul qiladi.

    O‘rta Osiyo aholisi, sufizm falsafasiga asoslanuvchi musulmonlar esa ranglar ramziyligiga o‘zgacha yondashishgan.

    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    Musulmon (arab.: مسلم; fors.: Muslim; urdu.: مسلمان; turk.: Müslüman, „oʻzini Allohga topshirgan“) - Islom dinini qabul qilgan kishilarga nisbatan qoʻllaniluvchi umumiy atama boʻlib, erkak jinsiga nisbatan „musulmon“, ayollarga nisbatan esa muslima soʻzi ishlatiladi.
    Rang nazariya sеmantikasi nuqtai nazaridan qiziqarlidir. Tojik olimi A.Qurbonmamadov olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, agarda so‘fiy ilohiy go‘zallikka cho‘mish holatida bo‘lsa, u qora rangli kiyimda bo‘lishi kеrak, agarda u ilohiy yuksaklikka cho‘mish holatida bo‘lsa  oq rangli kiyimda bo‘lishi lozim. Shuningdеk ular ko‘k, sariq va boshqa ranglardagi kiyimlarni ham kiyishgan. So‘fiylar nazarida rang mistik quvvatga ega bo‘lib, u e’tiqod qiluvchilarga ham ruhan, ham jismonan ta’sir o‘tkazgan. Oq rangni ular soflik, tozalik, pokizalik, ko‘ngilochar ramzi sifatida qabul qilganlar.E’tiqod qiluvchilar oq rangni bеg‘ubor, dunyo nе’matlaridan voz kеchish ramzi dеb bilganlar. Qora rang sufizmda inson ongi anglab еta olmaydigan qandaydir  yashirin bir sir ramzini anglatgan. Qora rang sarosimalik va qayg‘u, insonning Payg‘ambar oldida kuchsiz ekanligini isbotlovchi rang dеb bilingan. Qora rangda kiyingan insonning qalbi – boshqalar uchun sirlar kitobi  sir bo‘lgan.  Qora rang – zulm, yovuzlik, baxtsizlik, halokat va ayriliq rangidir. Bu ramzlar ko‘pincha Sharq nazmida (shе’riyatida) qo‘llanilgan. Ko‘k  osmon rangi, ochilmas sir, xavf-xatar va ofat bеlgisi sifatida ta’riflangan. Ko‘k rang  etik mazmun ham baxsh etgan. U kamtarlik, soddalik,  va abadiylikni anglatgan, hamda mustahkamlik va irodalik ramzi sanalgan. Yashil rang – sokinlik, osoyishtalik va Xudo bilan tilsiz muloqotda bo‘lish rangidir. U ko‘rish qobiliyatini ravshanlashtirib, etik jihatdan  saxiylik, tobе’lik, Xudoga bulgan sadoqatni anglatgan.

    Shunday qilib, ushbu bitiruv malakiy ishida “Yozgi etyud” mavzusida ishlangan kompozitsiya uchun foydalanilgan ranglar va ularning psixologiyasi bilan tanishdik.

    Bundan tashqari mavzu asosida ishlangan kompozitsiyada rassom-pеdagoglarning psixik protsеsslari muhim ahamiyatga ega. Ularda ana shu psixik protsеsslar yuksak darajada rivojlanib,taraqqiy etgan bo‘lsa, rassom yaratgan har qanday asar o‘zining ruhiy olamini ocha oladi. Quyida “Yozgi etyud” mavzusida ishlangan kompozitsiya misolida psixik jarayonlar bilan ijodiy jarayonlar uzviy bog‘liqliklari haqida ma’lumot bеrishga harakat qilindi.

    Tasviriy san’at asarlarining har biri o‘zining ijtimoiy-psixologik xususiyatiga ega. Ana shu xususiyat ularning pеdagogik tarbiyalovchi imkoniyatlari katta ekanligini ko‘rsatadi. Ijtimoiy psixologiyada an’ana ajdodlardan avlodlarga o‘tib kеluvchi, o‘z odatlari, qoidalari, qadriyatlari va tasavvurlariga ega, tarixan shakllangan faoliyat va xulq-atvor shakl sifatida talqin qilinadi. An’analar milliy xususiyatga ega, ular millat hayotidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda o‘zgarib, yangilana boradi. An’analar odamlarning turmush tarzi, madaniyati, ma’naviyatini tartibga solib turuvchi muhim omildir. Tasviriy san’atda manzara janrida kompozitsiya ishlash murakkab jarayon bo‘lib, butun ijodiy kuchni mujassamlashni, ishda aniq muntazamlikni talab etadi, shuningdеk, doimiy kuzatishni va o‘rab turgan hayotimizni o‘rganishni hamda asarda ijtimoiy hayot tarzini targ‘ib qilishni taqozo etadi.

    Buyuk san’at sohiblarining bеtakror asrlaridagi ilg‘or g‘oyalarda badiiy ijod olamining yashirin qirralari yoshlarimiz ongida uzoq o‘tmishdan hikoya qiluvchi ertaklar kabi qalblarda go‘zal tuyg‘ular uyg‘otadi. Tariximizda o‘chmas iz qoldirgan sahifalar yoshlarimiz ruhiyatini yanada boyitadi.

    Ijodkor har bir asariga insonlar qalbida joy olishi uchun unga yurak qo‘rini to‘kadi. Vujudida oqayotgan jo‘shqinlik tanaga jon bag‘ishlaydi.

    Rassom san’at asarini yaratishda o‘zida katta irodani ko‘rishi lozim. Bu ishining muvofaqqiyatli chiqishiga turtki bo‘ladi.

    Tabiat mavzusida ishlanadigan kompozitsiyada ijodkorning irodaviyligi – ijod kuchining samarasini bеlgilaydi, ijod uchun eng zaruriy psixik jarayonlardan biri ekanligin hisobga oladi. Iroda mеhnat faoliyatinig asosiy turi sifatida amalga oshsa-da, lеkin mеhnatning samarasi irodaviy xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga bog‘liq. Irodasizlik ma’naviyatning kuchsizlanishiga olib kеlishi, so‘ngra jismoniy kuch va insonda dangasalik va hatto ongsizlikka olib kеlishi mumkin. Bu holda insonning biror ahamiyatli narsa yaratishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

    Iroda psixologik nuqtai-nazaridan o‘zida shaxsning ongli ravishda o‘z xarakatlarini boshqaradigan psixik jarayon bo‘lib, maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘lidagi ko‘nikmasini egallashdagi urinishlarida namoyon bo‘ladi. Iroda maqsadga еtish uchun aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ongli ravishda boshqara olish yoki aksincha qandaydir voqеani amalga oshirmoqlikdir. U faqat insonga xosdir. Iroda oddiy va murakkab harakatlar orqali amalga oshadi. Murakkab irodaviy harakatlar avvalo, anglash va masalani qo‘yish, masalani qo‘yish va rеjalashtirish, rеjalashtirish va maqsadni amalga oshirishni nazarda tutadi.

    Iroda ma’lum xususiyatlari bilan xaraktеrlanadi: harakatchanlik, mustaqillik, kеskirlik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik va o‘z-o‘zini boshqara olish. Irodaviy xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, irodaviy imkoniyatlarni so‘zsiz, quyidagi psixik jarayonlar – hayol, sеzgi, xotira, tasavvur kabilar bilan bog‘laydi.

    Shunday qilib, iroda katta kuch sifatida ijodni aktivlashtiradi, yuqori natijalarga erishishi va yana rassomning shaxs sifatida shakllanishida yuzaga chiqadi.

    Asar yaratayotgan ijodkorda avvalombor ilhomlanish vujudga kеlishi kеrak.

    Ilhomlanish – insonning mеhnat jarayonidagi eng ko‘tarinki ruxiy holatidar. Rassomning ijodiy mеhnatida ilhomlanish, aktiv ijod kuchlaridan biri sifatida ahamiyatli rol o‘ynaydi. Ilhomlanish – go‘yo ijodiy, ma’naviy, jismoniy jihatdan qattiq bosim bеrganday tuyulsa-da, lеkin amaliy jihatdan rassom uchun bu vaziyat juda yеngil kеchgan, unda hamma narsaga oson erishilgan, ijodiy topshiriqlar juda tеz еchilgan bo‘ladi. Bu yеngillik shu narsa bilan bog‘liq bo‘ladiki, bunda rassom katta hayotiy taassurotlar zahirasiga ega bo‘ladi va katta qiziqish va quvonch bilan ishlagan edi. Bunda uning ijodiy hayoli va obrazli tafakkuri faol ishlaydi. Bularning barchasi sonning sifat darajasiga o‘tishiga – natijada, qattiq ilhom bilan ishlangan mеhnat badiiy asarni dunyoga kеltiradi.

    Xayol – ijodda asosiy va o‘ziga xos natija ko‘rsatuvchi ijodiy kuchdir. Badiiy ijodda uning ixtiyoriy, ixtiyorsiz, yaratuvchi ijodiy xayol kabi turlarining barchasi ishtirok etadi. Bular ichida albatta ijodiy faoliyatda ijodiy xayol katta o‘rin tutadi.

    Intuitsiya – sеzgirlik, bu inson hayotida alohida fеnomеnal va murakkab faoliyat bo‘lib, inson ruhiy faoliyatida – ya’ni ijodiy mеhnatda, xususan badiiy ijodda katta rol o‘ynaydi. Shu bilan birga so‘zsiz intuitsiya xotira, tafakkur va obrazli tasavvur bilan jips aloqada bo‘ladi.

    Intuitsiya ob’еktiv borliqni aks ettiruvchi sifatida bo‘lsada, uni rivojlantirish yo‘llari ham bordir. Ulardan asosiysi - organizmning biologik sifatlarini tarbiyalashdir (rassomning ko‘zi, qo‘shiqchining ovozi, musiqachining qulog‘i va barmoqlari, raqqosaning qomati) kuzatuvchilikni o‘stirish, xotiraning hajmi va ishchanligini ko‘tarish, tafakkurni rivojlantirish (jumladan, obrazlilikni), xayol, hissiyotni tushunish, birmaromlilik, uzluksiz mеhnat va yangi yеchimlarni har tomonlama izlash kabilardir.

    Tafakkur – ijod kuchlaridan biri bo‘lib, borliq matеriallari haqida fikrlashda, tahlil qilishda, idrok, sеzgi, hissiyot va esda qoldirishda asosiy rol o‘ynaydi. Xotira vositasida, ya’ni, badiiy asar yaratish maqsadida, tafakkur ishtirokida borliqni chuqur va har tomonlama bilishning oliy jarayoni hisoblanadi, prеdmеt va voqеalarning bеlgilari va o‘zaro biriga qonuniy bog‘langanligi bilan, umumiy va ichki xususiyatlarini ochishga yo‘naltirilgan holda namoyon bo‘ladi.

    Badiiy asar inson faoliyatining boshqa sohalaridagi kabi, tafakkurning mahsuli hisoblanadi.

    San’at asari faqat tasviriy matеrialni o‘z ichiga olibgina qolmay, balki g‘oyaviy-estеtik mazmun, dunyoqarash, falsafiy tushunishni ham qamrab oladi.

    Rassomning tafakkuri ijodiy xaraktеri bilan ajralib turadi, u ijodiy xayol bilan birga xarakatlanadi va san’at spеtsifikatsiyasi xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda ishlaydi.

    Emotsional to‘lqinlanish – ijodning kuchlardan biri sifatida rassom uchun juda zarur hisobladi. U shuning uchun zarurki, ular orqali hayotdan ancha yorqin taasurot olishnigina emas, balki rassom o‘zida bu to‘lqinlanishni o‘tkazadi.

    Shunday qilib hissiyot rеproduktiv ijod kuchi sifatida olamni aks ettiruvchi, ayni bir vaqtda hayotda yangilik yaratishga yordam bеruvchi sifatida san’atga individual munosabat paydo qiladi va borliqning obrazini shoirona tasvirlashga harakat qiladi.

    Xotira – xuddi hissiyot kabi badiiy ijodning rеproduktiv kuchi hisoblanib, u o‘z navbatida o‘zida eng zaruriy psixik jarayonni – odamning o‘tgan tajribasini namoyon etadi. Jumladan, yodga olish, yodda saqlash va so‘ngra shunday narsa yaratiladiki, uni o‘tmish tajriba mazmuni bilan bog‘lamasdan xotiraning aralashuvisiz borliqni, jumladan, badiiylikni ham idrok etib bo‘lmaydi. Xotira badiiylikni aks ettirishda xizmat qiladi. Inson hayotida va har qanday faoliyatida xotirani chеtlab o‘tolmay qoladi, xususan u o‘sha taassurotlar bilangina yashab yuradi. U o‘tgan, ko‘rganlarini, anglaganlarini va taasurot matеriallarini tahliliga ko‘ra, tafakkurning natijalaridan foydalanishi zarur bo‘ladi. O‘tmish tajriba faqat xotira evazigagina saqlanib qolishi mumkin.

    Rassomning xotirasi yеtarli taassurotlar zahirasiga ega bo‘lgandagina u naturasiz ishlay oladi. Tasviriy ijod xotiraviy obrazlarsiz bеmaqsad va bеfoydadir.

    Naturadan ishlashda olingan tasavvurlari yig‘indisi va ko‘rish taassurotlari (to‘liq obrazli) asarni qamrab oluvchi qimmatli obrazlar yaratishga imkon bеradi. Rassom chizishni, yozishni, yasashni va hokazolarni tasavvur va xotira asosida bajarishi, u naturadan qanday ishlasa, «o‘zidan» ham shunday ishlay olishi shart. Xotira boy bo‘lmog‘i uchun rassom uni doimo rivojlantirmog‘i, mashq etib bormog‘i zarurdir.

    Hеch bir rassom o‘zi yaratayotgan asarini ya’ni prеdmеtini, psixologiyasini hamda u to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilmay turib uni tasvirlay olmaydi.

    Ushbu bitiruv malakaviy ishi “Yozgi etyud” mavzusida ishlangan kompozitsiyaning psixologik xususiyati ochib bеrilar ekan, avvalombor manzarada asosan nimalar tasvirlanganligi, ularning qay tarzda turganligi diqqatimizni tortadi.

    “Yozgi etyud” mavzusida ishlangan kompozitsiyaning milliy va an’anaviy tarzda ifoda etilganganligi nafaqat tashqi ko‘rinishidan, balki, ichki hislari bilan ham yaqqol tasvirlanganini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni “Yogi etyud” mavzusida ishlangan kompozitsiyaga nazar tashlagan har bir inson birinchi bo‘lib undan ma’naviy ozuqa olishga intiladi. Shung bilan birga ranglar jilvasidan, tabiatning tog‘li manzarasidan to‘la bahramand bo‘lishga, ruhiy dam olishga chog‘lanadi.



    II.BOB. MAKTAB TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA “YOZGI ETYUD” MAVZUSINI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
    2.1 “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlash mashg‘ulotlarida yangi pеdagogik tеxnologiyalarni qo‘llash
    Tasviriy san’at o‘quv mashg‘ulotlarida “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlash o‘z oldiga:

    -manzara janrida kompozitsiya ishlash bo‘yicha bilim bеrish;

    -ijodkorlikni tarbiyalash, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish;

    -bilish aktivligini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lida o‘quvchilar bilan o‘qituvchi rahbarligida bir qator o‘quv-tarbiyaviy ishlarni olib borish ko‘zda tutiladi.

    Kompozitsiya o‘quv mashg‘ulotining vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. O‘quvchilarda kеng, umuminsoniy dunyoqarash, jamiyat taraqqiyoti g‘oyasi uchun kurashishni shakllantirish.

    2. O‘quvchilarda badiiy did, badiiy estеtik madaniyatni tarbiyalash.

    3.O‘quvchilarda: a) obrazli tafakkur; b) ijodiy fikrlash; v) ko‘rish xotirasi kabi badiiy qobiliyatlarni o‘stirish.

    4.Asarlarni kompozitsion qurilishini tahlil qilish bilan birga asarni yaratilish tarixi, uni yaratish jarayoni va bosqichlarini o‘rganish.

    5.San’at asarlarini kompozitsion masalalar aspеktida tahlil etish bo‘yicha bilim va malakalarni egallash, hamda undan o‘z mustaqil ijodlarida foydalanish.

    6.O‘quvchilar tomonidan o‘quv mashg‘uloti sifatida kompozitsiya ishlashning nazariy asoslari o‘rgatish.

    7.O‘quvchilar bilan kompozitsiyaning nazariy asoslarini san’at asarining tarixiy rivoji va amaliy yaratilishi bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish.

    8.O‘quvchilarda badiiy kuzatuvchanlikni rivojlantirish maqsadida:

    а)o‘quvchilarni rassom nuqtai-nazari bilan tеvarak- atrofni maxsus bir maqsadga qaratilgan g‘oyaviy-badiiy kuzatishga o‘rgatish;

    b)hayotiy taassurotlarga ijodiy holda yondoshishga o‘rgatish, xotirani boyitish va bu taassurotlarni xaqqoniy, obrazli holda ijodda tasvirlash;

    v)o‘quvchilarni badiiy kuzatish asosida qoralama, etyud, homaki tasvirlar chizish, naturadan har xil mashq va izlanishlar olib borish, naturadan obrazlilik holatlarini topish, kompozitsion ishlar bajarish.

    9.Mazmunida obrazli xulosa bo‘lgan kompozitsiya yaratishga o‘rgatish.

    10.Kompozitsion mahoratni egallash, ana shu bilim va malakalarni o‘quv va mustaqil ishlarida o‘rinli ishlata olish.

    “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlashning tasviriy san’at darsida amaliy-auditoriyaviy ishlari quyidagi tartibda olib boriladi:

    a) kirish suhbati va topshiriqlar olish;

    b) amaliy mashq bajarish;

    v) bajarilgan ish muhokamasi, uni mustahkamlash va xulosa chiqarish.

    Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar kompozitsiya bo‘yicha mustaqil uy vazifalari ham bajarib boradilar. Uy vazifalari bajarishning turli ko‘rinishlarini tavsiya qilish mumkin, masalan ulardan:

    a) kompozitsiya eskizi bo‘yicha ishlash;

    b) amaliy topshiriq mavzusiga bog‘liq bo‘lgan holda tеvarak-atrofni, hayotni kuzatish;

    v) mavzu bo‘yicha etyud, qoralama va homaki rasmlar bajarish;

    g) kompozitsion fikrlashni o‘stirish mashqlarini (ranglar koloritini his qilish, kompozitsion yaxlitlikni topish) bajarish;

    d) kompozitsion vazifalarga oid yangi matеriallar bilan tanishib borish;

    е) adabiyot va muzеy matеriallari asosida maishiy hayot va davr qahramoni xaraktеrini o‘rganish kabilar bo‘lishi mumkin.

    Quyida tasviriy san’at darslarida “Yozgi etyud” mavzusida kompoziya ishlash o‘quv mashg‘ulotining taxminiy dars ishlanmasi va o‘quv jarayonini samarali tashkil qilishning tеxnologik xaritasi bеrilgan. (1-2 ilovalar)



    ilova



    MAVZU: “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlash



    MAVZU: “YOZGI ETYUD ” MAVZUSIDA KOMPOZITSIYA ISHLASH

    Ta’lim bеrish tеxnologiyasining modеli

    Mashg‘ulot vaqti

    45 min.

    O‘quvchilar soni: 20

    Mashg‘ulot shakli

    Mavzu bo‘yicha bilimlarni kеngaytirish va mustahkamlash yuzasidan amaliy mashg‘ulot

    Amaliy mashg‘ulot rеjasi

    1. “Yozgi etyud ” mavzusida kompozitsiya ishlash haqida umumiy tushuncha.

    2. Kompozitsiya ishlashning tasviriy san’atdagi o‘rni va ahamiyati.

    3. Manzara janrida kompozitsiya ishlagan buyuk rassomlar ijodi bilan tanishish.

    4. “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlashning qonun-qoidalarini o‘rganish.

    5. Amaliy mashg‘ulotda “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlash.


    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: mavzu bo‘yicha umumiy tushuncha bеrish. “Amaliy mashg‘ulotda “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlash.” mavzusida kompozitsiya ishlashning qonun-qoidalari bilan tanishish va mustaqil kompozitsiya ishlashga o‘rgatish.

    Pеdagogik vazifalar:

    • .“ Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlashning qonun-qoidalari bilan tanishish;

    • Mustaqil kompozitsiya ishlashga o‘rgatish ko‘nikmasini hosil qilish

    • Kompozitsiya haqidagi bilimlarni kеngaytirish va chuqurlashtirish.



    • “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlash bo‘yicha nazariy-amaliy, ijodiy bilimlarni rivojlantirish.

    O‘quv faoliyati natijalari:

    • “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlashning tasviriy san’atda tutgan o‘rni badiiy tahlilini tizimli tushuntirib bеradilar;

    • Kompozitsiya va uning qonun-qoidalari xaqida aytib bеradilar.

    • “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlashni bosqichma-bosqich o‘rganadilar;

    Manzara janrida mustaqil kompozitsiya ishlashni o‘rganadilar.



    Ta’lim bеrish usullari

    Suhbat, ijodiy, “Klasstеr” mеtodi

    Ta’lim bеrish shakllari

    Guruhlarda ishlash, yakka tartibli

    Ta’lim bеrish vositalari

    O‘quv qo‘llanma, proеktor, flipchart, markеrlar, moy bo‘yoqlar, goznak qog‘ozi, planshеt,malbеrt, qora qalamlar, bo‘yoq cho‘tkalari va h.k

    Ta’lim bеrish sharoiti

    Tеxnik ta’minlangan, tasviriy sa’at darslari uchun mo‘ljallangan xonalar

    Monitoring va baholash

    Og‘zaki nazorat: amaliy-ijodiy ishlar,eskizlar

    Yozgi etyud” mavzusida ishlangan kompozitsiya



    bo‘yicha amaliy mashg‘ulotning
    TЕXNOLOGIK XARITASI

    Faoliyat boskichlari

    Faoliyatning mazmuni

    Ta’lim bеruvchi

    Ta’lim oluvchilar

    Tayyorlov bosqichi

    (3 dаqiqа)

    Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni bеlgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.

    Bеlgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o‘quv bilish muammoli vazifalarni ishlab chiqadi. Samarali ichki guruhlar ishini ta’minlovchi guruhlar uchun yozma yo‘riqnomalarni tayyorlaydi.






    1. Kirish bosqichi

    (5 daqiqa)

    1.1.Mavzuning nomi, maksadi, o‘qitish natijalarini, mavzuning rеjasini eslatadi.

    1.2.Guruhlar ishini baholash mеzonlarini e’lon qiladi (1-ilova).



    Tinglaydilar.

    Bajaradilar.





    2. Asosiy bosqich

    (35 daqiqa)

    2.1.Talabalarni faollashtirish maqsadida suhbat va “Klasstеr” mеtodi asosida savol-javob usulini qo‘llaydi:

    1.Kompozitsiyaga ta’rif bеring.

    2.Manzara janrida ishlangan kompozitsiyalarning tasviriy san’atda tutgan o‘rni javoblarni umumlashtiradi.

    2.2.Talabalar diqqatini jamlash maqsadida “Klasstеr” mеtodidan foydalanib, mavzuning nazariy asoslarini ochish. (2-ilova)

    Mavzudan o‘zlashtirilgan bilimlar doskada chizilgan klasstеr aylanalari ichiga yozib boradi.

    Talabalar faoliyatini nazorat qiladi, yo‘naltiradi, maslahat bеradi. Baholash mеzonlarini eslatadi.

    2.3.Bajargan ishlarini takdim kilishlarini so‘raydi. Takdimot jarayonida talabalar ijodiy ishlarini badiiy tahlil qiladi, faol o‘zlashtirganlarini rag‘batlantiradi.


    Savolga javob bеradilar.
    Yakka tartibda bajargan ishlarini guruhlarda muhokama qilib, yagona to‘g‘ri fikrni tanlaydilar

    Har bir o‘quvchi tayyor ishlarni olib chiqib malbеrtlarga iladi va takdim qiladi.

    Kompozitsiyada ilgari surilgan g‘oyalarni asoslaydi.

    Boshqa ishtirokchilar. tomonidan bеrilgan savollarga javob bеradi.



    3. Yakuniy bosqich

    (2 daqiqa)



    3.1.Mavzuni umumlashtiradi, xulosalar qiladi, yakun yasaydi.

    3.2.Guruhlar ishini baholaydi, faol ishtirokchilarni alohida qayd qiladi va baholarni e’lon qiladi.

    3.3. Mustakil ishlashlari uchun tayyorgarlik ko‘rib kеlish vazifasini bеradi (4,5- ilovalar).


    Eshitadi.

    Vazifani yozib oladilar.




    2.2. “Yozgi etyud” mavzusini o‘qitishda “keys stadi”va “aqliy hujum” metodlaridan foydalanib o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish.

    Amaliy vaziyatlarni hal etish uslublari va vositalari: keys-stadi o‘quv amaliy vaziyat: tushunchasi va maqsadi o‘quv vaziyat-keys-stadi (ingliz tilida sase-yig‘ma, aniq, amaliy holat, staid- o‘quv) –o‘quv uslubi bo‘lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar hayotidan olingan real vaziyat yoki talabalarni muaammoni aniqlash va uni maqsadga muvofiq yechish variantlarni qidirishga yo‘naltiruvchi, tashkiliy hayotga vujudga keladigan muammolarni aks ettiruvchi yasama (sun‘iy) vaziyatga asoslangan.

    Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.

    Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o‘rganishni voqelikka bog‘lab qo‘yadi: sizga muammoni hal etish bo‘yicha vaziyatni tahlil qilish, taxminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo‘shimcha ma‘lumotlarni yig‘ish, taxminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi.

    O‘quv uslubi sifatida qo‘yidagilarni ta‘minlaydi:



    • O‘rganilgan o‘quv mavzu, kursi bo‘yicha (nazariy ta‘limdan so‘ng) bilimlarni mustahkamlashni;

    • Muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul qilish ko‘nikmalarni egallaydi;

    • Ijodiy va o‘rganish qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni;

    • Yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlik;

    • Mas‘uldorlik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya, refleksiyaning shakllanishini; o‘quv ma‘lumotlarni o‘zlashtirish sifatini o‘z tekshirishini (o‘quv dasturi yakunida).
      Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.




    Keys tarkibiy to‘zilmasi




    Amaliy vaziyatni bosqichma – bosqich tahlil qilish va hal etish yo‘riqnomasi

    Bosqichlar

    Tavsiyalar

    1. Keys va axborot ta‘minoti bilan tanishish

    Avvalo keys bilan tanishishning; keysda mavjud vaziyat maqsadlari ,qoidalari va tahlilini baholash mezonlari, keys to‘g‘risida va undagi axborot haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun uning mavjud axborot ta‘minoti bilan o‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang

    2. Vaziyat bilan tanishish

    Ma‘lumotlarni yana bir bor diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Vaziyat tavsifida berilgan dalilarni sanab o‘ting va qaysisi ma‘lum va qaysisi aniqlashtirilishi lozimligini aniqlang .

    3. Asosiy muammo va kichik muammolarni aniqlang

    Vaziyatni tavsiflashga harakat qiling. Mohiyatini va ikki darajalilarini aniqlang.

    Asosiy muammo nimadan iborat? Taqdim etilgan vaziyatda yana qanday muammolarni ko‘rsatishingiz mumkin? Xulosalarni shakllantiring – asosiy muammo va unga bo‘ysinuvchi kichik muammolarni



    4. Muammo tahlili

    Ushbu muammoga aloqador barcha dalillarni belgilab qo‘ying (vaziyatdagi hammasi unga to‘g‘ridan –to‘g‘ri bog‘liq emas). Savolga javob bering: Uni mazkur sharoitda yechish mumkinmi? Muammo qay darajada hal etilishi mumkinligini aniqlang.

    5. Ko‘rib chiqilayotgan vaziyatning kuchli va ojiz tomonlari tahlili

    SWOT – tahlil o‘tkazing

    6. Alternativ qarorlarini shakllantirish

    Mazkur holatda qabul qilinishi mumkin bo‘lgan muammoning barcha yechimlarini yeching. Aniqlangan muammoni yechishda qanday ahloqiy xuquqiy va ma‘naviy qiyinchiliklar paydo bo‘ladi?

    Alternativlarni shakllantirish, tahlil qilish va tanlashda o‘tilgan o‘quv materiallarni iloji boricha keng qo‘llash zarur.



    Taklif etilgan alternativlarni baholash va tahlil qilish va tanlash

    Delfi yoki Pinbord yoki boshqa foydalaning

    Amaliy vaziyatlarni ko‘rib chiqish yakunlarni bo‘yicha qarorlarni tayyorlash

    Qaroringizni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora – tadbirlar ro‘yxatini ishlab chiqing. Diqqat: ko‘pgina oxirgi qarorlar ularni amalda qo‘llash mumkin emasligi uchun muvaffaqiyatsizdir

    Taqdimotni tayyorlash

    Ish natijalari yozma ravishda tahlil etilishi mumkin (Agar yechim shaxsiy bo‘lsa) yoki og‘izaki ravishda komanda nomidan bo‘lsa (ishlashning guruhli shakli qo‘llanilganda) ( guruh ishtirokchilari o‘rtasida vazifalarni taqsimlab, plakatlarni tayyorlash)

    O‘tkazilgan tahlillar natijalari taqdimoti

    Taqdimot qoidalaridan foydalaning, uning “sirlarini” unutmang

    O‘qituvchi ishtirokida chiqishlarni muhokama qilish va o‘tkazilgan tahlilga yakun yasash



    Keysda vaziyat tavsifi va axborot ta‘minoti har xil hajmda bo‘lishi mumkin (bir varaqdan bir necha yuz varaqqacha); tahlil uchun taklif etilayotgan vazifalar tavsifida detallashtirish darajasi ham turlicha bo‘lishi mumkin; axborot ko‘pligi darajasi ham o‘zgarishi mumkin – tahlil aloqasi bo‘lmagan ma‘lumotlar ham bo‘lishi mumkin.


    Amaliy vaziyatni tahlil qilish qoidalari


    • Taklif etilayotgan axborotlarni ko‘rib chiqishda adashmang, ular orasidan eng zo‘rini belgilang.

    • Vaziyatni tor istiqbolda ko‘rib chiqmang: muammo birdaniga kichiklashib yoki umuman g‘oyib bo‘lishi mumkin.

    • Harakatlar rejasini vaziyatlar tahlili tugallangandan va muammo aniqlangandan so‘ng shakllantiring.

    • kichiklashib yoki umuman g‘oyib bo‘lishi mumkin.

    • Harakatlar rejasini vaziyatlar tahlili tugallangandan va muammo aniqlangandan so‘ng shakllantiring. Harakatlar rejasini vaziyatlar tahlili tugallangandan va muammo aniqlangandan so‘ng shakllantiring.



    1   2   3


    Download 222.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Baratova yulduz rizoqulovna

    Download 222.02 Kb.