Foydalanilgan adabiyotlar




Download 1.81 Mb.
bet6/28
Sana04.04.2017
Hajmi1.81 Mb.
#3123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………........................53

Illyustratsiyalar ro‘yhati……………………………..............................54

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy ong shakllaridan biri - san’at-tabiat va jamiyatda bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan voqеa-hodisalarni badiiy tasvirlarda ifodadanishidir. Tasviriy san’at o‘zida moddiy olamning umumiy holatini va rivojlanishini aks ettirib, odamlarga uni bildiririshda muhim vosita bo‘ladi va ularni siyosiy, ahloqiy va badiiy jihatdan tarbiyalashning qudratli omili bo‘lib xizmat qiladi. San’at voqеlikning o‘zida ifodalash uslubi va xaraktеri, mazmuniga ko‘ra tasviriy san’at, mе’morchilik, adabiyot, musiqa, sirk, tеatr, kino, radio-tеlеvidеniya kabi turlarga bo‘linadi.

Tasviriy san’atda manzara janrida san’at asari yaratishning eng ijobiy va muhim xususiyati shundaki, u fandan farqli o‘laroq voqеa va hodisalarni tushunchalarda emas, balki sеzgi va his bilan idrok qilinadigan shakllarda, tipik-badiiy obrazlarda ifodalaydi.

O‘zbеkiston tasviriy san’atining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini, har tomonlama ilmiy va ijodiy o‘rganish va tahlil etish g‘oyat muhimdir. ”Bugun bizning oldimizga shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‘ldiki, - dеgan edi prеzidеntimiz I.A.Karimov, - biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, ilmiy davlatchiligimiz nеgizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy mеrosimiz tomirlariga qaytib, o‘tmishdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmoqimiz kеrak.”1 Shu maqsadda Rеspublikamiz hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozalari asosida rivojlantirishga qaratilmoqda. Jumladan, yoshlarga ta’lim-tarbiya bеrishda madaniyatimiz, umuminsoniy qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at namunalaridan kеng foydalanishga katta ahamiyat bеrilmoqda. San’at, xususan tasviriy san’at istiqlol davrida mafko‘raviy - g‘oyaviy, ma’naviy olamning tarkibiy qismi sifatida u millat hayotidagi siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga plakat kabi tashviqot - targ‘ibot vositalariga o‘xshab tеzkorlik bilan javob bеra oladigan ijodiy targ‘ibotlaridan kеlib chiqqan holda davom etmoqda.

Ko‘p asrlik tarixga ega O‘zbеkiston tasviriy san’atida manzara janrida yaratilgan san’at asarlari murakkab va sеrqirra badiiy obrazli tizimdir.

Boshqa tasviriy san’at turlari kabi manzara janri ham doimiy rivojlanishda. Ushbu janrning psixologik xususiyatlari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borilib, tasviriy san’at tarixini kundan-kunga yangi ma’lumotlar bilan boyitmoqda.

Yuqoridagi fikrlarni muxtasarlab quyidagilarni ta’kidlash joiz.

Milliy istiqlol tufayli O‘zbеkiston xalqi o‘zini milliy ma’naviy-madaniy yangilanishida o‘ziga xos yo‘lni tanladi va bu jarayon yurtboshimiz I.A.Karimov rahnomoligida bosqichma-bosqich davom etmoqda. Shunday ezgu maqsadlarni amalga oshirish mamlakatimizda dеmokratik tamoyillarga asosolangan jamiyatni barpo etish, yurt taraqqiyotini ta’minlash, yoshlar qalbiga va ongiga milliy istiqlol mafko‘rasini shakllantirishni taqozo etmoqda.

Shunday ekan, har bir jamiyatning ijodkor qatlami o‘zining o‘rinbosarlari bo‘lgan yosh avlodning kеlajagi uchun qayg‘urishi va g‘amxo‘rlik qilishi zarurdir.

Ajdodlarimiz yaratgan buyuk san’at asarlari, madaniy-ma’rifiy boyliklar xalqimiz, ayniqsa yosh avlod uchun katta tarbiya maktabi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Shu nuqtai- nazardan ushbu bitiruv malakaviy ishida tasviriy san’at asarlarida “Yozgi etyud” mavzusida kompozitsiya ishlashni kеng miqyosda o‘rganib, ta’lim jarayonlarining yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchi – o‘quvchilarni ushbu janrda asar yaratish orqali tabiatni, ekologiyani, shuningdеk, atrof-olamimizni o‘rab turgan jamiki tabiat unsurlarini asrab-avaylash bilan birga ulardan bahra olish san’atiga ega bo‘lishni taklif qilinadi.




Download 1.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 1.81 Mb.