|
Fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilganligi va ularning bajarilish holati
|
bet | 15/34 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 129,95 Kb. | | #236741 |
Bog'liq 5-2023 (1)Fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilganligi va ularning bajarilish holati: Xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlar yetarli, elektron variant va kitoblar filial kutubxonasiga topshirilgan. Fan dasturida berilgan asosiy adabiyotlarga tayanib syllabus, ishchi dastur va o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan.
Muammo va kamchilik: Kafedraga tegishli bo‘lgan fanlarga oid darslik va adabiyotlar bilan ta’minlanilishi qoniqarli.
Takliflar: Kafedraga tegishli bo‘lgan fanlarga oid darslik va adabiyotlar bilan ta’minlanilishini 100 foizga yetkazilish va yangi avlod adabiyotlari bilan boytishga e’tiborni qaratish kerak.
Kafedraning xalqaro hamkorlik aloqalari (memorandum, shartnoma). Kafedra tomonidan hech qaysi xorijiy OTMlar bilan memorandum tuzilmagan. Hozirda O‘sh texnologiyalari universitetining Kompyuter lingvistikasi kafedrasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. 2023-yildan akademik almashinuv yo‘lga qo‘yiladi.
Muammo va kamchilik: Kafedrada xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha ishlar bajarilmagan.
Takliflar: Top 1000 talikka kirgan xorijiy OTMlar bilan memorandum tuzish, u yerdagi o‘qituvchilarni filialga, kafedra o‘qituvchilarini esa amaliy mashg‘ulot va ma’ruzalar bilan qatnashish uchun jalb qilinsa, filial reytinggi uchun foydali bo‘lar edi.
Kafedrada tashkil etilgan ilmiy seminar, ilmiy laboratoriyalar. Xorijiy tillar kafedrasida tasdiqlangan ilmiy semenarlar rejasiga binoan bir oyda ikki marotaba ilmiy semenarlar qo‘yilgan. Jadvalga binoan professor-o‘qituvchilar o‘zlarining olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha taqdimot qilib kelishmoqda. Ilmiy semenar protokollari kafedraga topshiriladi.
Muammo va kamchilik: Kafedrada bugungi kunda ilmiy laboratoriya mavjud emas.
Takliflar: Kafedrada ilmiy laboratoriya ochish yo‘llarini izlab topish.
Kafedrada to‘garaklar, iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etilganligi. Prezident va davlat hamda nomdor stependiyatlar mavjud emas.
Takliflar: Nomdor stependiyatlar yoki sovrindorlar tayyorlashda mexanizm ishlab chiqilsin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilganligi va ularning bajarilish holati
|