|
Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalardagi ishtiroki
|
bet | 17/34 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 129,95 Kb. | | #236741 |
Bog'liq 5-2023 (1)Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalardagi ishtiroki.
Muammo va kamchilik: Kafedraning professor-o‘qituvchilari InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda ishtirok etishmagan
Takliflar: InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda kafedra professor-o‘qituvchilarining ishtirok etishlariga yo‘naltirish kerak.
Kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi va uning bajarilishi. Каfedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi filial Kengashining 2022-yil
30-аvgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan yillik reja asosida olib boriladi. Bayonnomalar mavjud.
Muammo va kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilarining ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlardagi faolligi yetarli darajada emas, mas’uliyat yanada oshirilishi kerak.
Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilarining filialda o‘tkaziladigan barcha ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda qatnashishlariga e’tibor ko‘proq qaratishlari lozim.
Kafedra tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ularning rasmiylashtirilishi. Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda to‘liq bo‘lmagan holatda qatnashib kelmoqdalar va Talabalar turar joyilarida “Xorijiy tillar kuni” tadbirlari qoniqarli darajada tashkil etilmagan.
Muammo va kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilarining ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda qatnashadilar. Talabalar turar joyilarida “Xorijiy tillar kuni” tadbirlari tashkillanmagan.
Taklif: Kafedra professor-o‘qituvchilarining ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan barcha ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda to‘liq qatnashishlari ta’minlanishi maqsadga muvofiq.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha biriktirilgan MFYdagi faoliyati (2022-yil davomida). “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha Rishton va Qo‘qon MFYdagi kafedra professor-o‘qituvchilarining faoliyati (2022-yil davomida) yo‘lga qo‘yilgan.
Muammo va kamchilik: “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” dasturi bo‘yicha Rishton va Qo‘qon MFYdagi kafedra professor-o‘qituvchilarining faoliyati 2022-yilning birinchi yarmida ko‘proq amalga oshirilgan, davriylik ta’minlanmagan. 2022-yilning sentabr-dekabr oylarida MFYlarga tashrif kam amalga oshirilgan.
Taklif: Biriktirilgan hududlarga tashriflarni har oyda amalga oshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalardagi ishtiroki
|