Yuqoridagi masalalar yuzasidan, Kengash yig‘ilishi qaror qiladi




Download 129,95 Kb.
bet34/34
Sana15.05.2024
Hajmi129,95 Kb.
#236741
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
5-2023 (1)

Yuqoridagi masalalar yuzasidan, Kengash yig‘ilishi qaror qiladi:


I. 1. F.Arakulovaning filialda ijro intizomi bilan ishlash boʻyicha axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Filialda ijro intizomi bilan ishlash boʻyicha mas’ullar (direktor, direktor oʻrinbosarlari, dekanlar va boʻlim boshliqlari)ga:
- edo.ijro.uz tizimiga kelgan hujjatlarning ijrosi o‘z vaqtida sifatli ta’minlash;
- Edo.ijro.uz tizimida javob xatlarini belgilangan shablon asosida tayyorlash va yuborish vazifalari yuklatilsin.
3. Ijro intizomi boʻyicha mas’ul F.Arakulovaga:
- Edo.ijro.uz tizimida hujjatlarni yaratish hamda tegishli joylarga yuborish boʻyicha mas’ullarga bir hafta muddatda seminarlar tashkil qilish;
- Edo.ijro.uz tizimida ijro intizomiga rioya qilmagan, belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlamagan mas’ullarga qonunchilik doirasida intizomiy chora koʻrish boʻyicha ma’lumot kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorati A.Kadirov zimmasiga yuklatilsin.


II. 1. Yuqoridagi masala bo‘yicha A. Kadirovning axboroti ma’qullansin va ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayramiga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish belgilangan reja asosida to‘laqonli o‘tkazilishi ta’minlansin. Mas’ul: A. Kadirov.

III. 1. 2022/2023-o‘quv yili qabuli filial mas’ul kotibi N. Ibragimovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2022/2023-o‘quv yili Qabul komissiyasining faoliyati qoniqarli deb topilsin.

IV. 1. 1. Ishchi guruh raisi M.Teshaboyevning Tabiiy fanlar kafedrasi tekshiruvi bo‘yicha axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
1. 2. “Fizika” va “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanlaridan o‘quv laboratoriya jihozlari ma’nan eskirganligi sababli o‘quv laboratoriya jihozlarini xarid qilish bo‘yicha takliflar tayyorlansin Muddat: bir oy. (Mas’ul: kafedra mudiri)
1. 3. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirirshga qaratilingan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).
1. 4. Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda ishtirok etishlari ta’minlansin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Iqtidorli talabalar bo‘limi va kafedra mudiri)
1. 5. Kafedrada olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar filial saytida va OAVda keng yoritish ishlari manitoringi olib borilsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Matbuot kotibi, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi va kafedra mudiri)
1. 6. Kafedra tomonidan mahalliy va xorijiy grant loyihalarida ishtirok etish ta’minlansin. Muddat: o‘quv yili davomida. (Mas’ullar: Iqtidorli talabalar bo‘limi va kafedra mudiri)
1. 7. Kafedrada Scopus, Web of Science va Google Scholar ba’zalariga kiruvchi jurnallarning birida maqola chiqarishni faollashtirilsin. Mas’ul: kafedra mudiri, professor-o‘qituvchilar. Muddat: o‘quv yili yakuniga qadar.

IV. 2. 1. Ishchi guruh raisi M.Teshaboyevning Xorijiy tillar kafedrasi tekshiruvi bo‘yicha axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2. Talabalarni ilmiy faoliyatga, Start Up loyihalariga jalb qilish uchun master klass va semenar treninglar o‘tkazish rejasi ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy. (Mas’ul: Iqtidorli talabalar bo‘limi va kafedra mudiri).
2. 3. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati oshirirshga qaratilingan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).
2. 4. Scopus, Web of Siense kabi bazalarga kiradigan jurnallarda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari maqolalar chop etilishi ta’minlansin va nazoratga olinsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri)
2. 5. Kafedra professor o‘qituvchilari xorijiy stajirovka va doktoronturaga jalb qilish uchun chora-tadbirlar rejasi tuzilsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri)
2. 6. Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda ishtirok etishi ta’minlansin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Iqtidorli talabalar bo‘limi va kafedra mudiri).
2. 7. Kafedrada olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar filial saytida va OAVda keng yoritish ishlari manitoringi olib borilsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Matbuot kotibi, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi va kafedra mudiri)
2. 8. Kafedra tomonidan mahalliy va xorijiy grant loyihalarida ishtirok etish ta’minlansin. Muddat: o‘quv yili davomida.

IV. 3. 1. Ishchi guruh raisi M.Teshaboyevning O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi tekshiruvi bo‘yicha axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. 2. Kafedraning ilmiy salohiyatli barcha professor-o‘qituvchilari kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilingan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri)
3. 3. Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda ishtiroki ta’minlansin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Iqtidorli talabalar bo‘limi va kafedra mudiri)
3. 4. Kafedrada olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar filial saytida va OAVda keng yoritish ishlari manitoringi olib borilsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Matbuot kotimi, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi va kafedra mudiri).
3. 5. O‘zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’limini tashkil etishda o‘quv uslubiy ko‘rsatma tayyorlash nazoratga olinsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Kafedra mudiri va fan profesdsor-o‘qituvchilari).
3. 6. Scopus, Web of Siense (va h.k.) bazasiga kiradigan jurnallarda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari maqolalar chop etishini ta’minlansin va nazoratga olinsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Ilmiy innovasiyalar va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va kafedra mudiri).
3. 7. Kafedrada olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar filial saytida va OAVda keng yoritish ishlari monitoringi olib borilsin. Muddat: bir oy. (Mas’ullar: Matbuot kotibi, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘limi va kafedra mudiri).
3. 8. Kafedra tomonidan mahalliy va xorijiy grant loyihalarida ishtirok etish ta’minlansin. Muddat: o‘quv yili davomida.
V. 1. TATU Farg‘ona filiali Akademik litseyi va Axborot texnologiyalari texnikumlari faoliyati yuzasidan muassasasa direktorlarining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda ularning 2022-yildagi faoliyati qoniqarli deb topilsin.
2. Texnikumlar va Akademik litseyning o‘zaro hamkoriklarini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilsin. Mas’ul: B. Polvonov.
3. Fizika-matematika bo‘yicha olimpiadalar ishtirok etish uchun Akademik litseyning iqtidorli talabalari tayyorlashda mamaliy yordam berish uchun filial professor-o‘qituvchilari biriktirilsin. Mas’ul: Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri S.Sabirov.
4. Axborot texnologiyalari texnikumlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik, ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshirish uchun Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi bilan hamkorlik o‘rnatilishi ko‘rsatib o‘tilsin. Mas’ullar: Axborot texnologiyalari kafedrasi va Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudirlari.
5. Axborot texnologiyalari texnikumlari bilan o‘quv adabiyotlari yaratish bo‘yicha hamkorlik qilinsin. Mas’ul: Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri T.Abdullayev.
6. Filial kafedralari tomonidan texnikumlarda master-klasslar o‘tkazish tashkillansin. Mas’ular: T. Abdullayev, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Ta’lim muassasalarining 2021-yil uchun milliy reytingi yuzasidan” akademik litseylar faoliyatini 2022/2023-o‘quv yilida rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishi filial va akademik litsey mas’ul shaxslari zimmasiga yuklatilsin.
8. Akademik litseyning 2022-yildagi bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichlari 91% ekanligini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyning tegishli xodimlari filial moddiy imkoniyatidan kelib chiqib rag‘batlantirilsin.
9. 2022-yilda akademik litsey moddiy-texnik bazasini boyitishda filial tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam ta’kidlab o‘tilsin.
10. Akademik litsey o‘quv-uslubiy ishlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida filial professor-o‘qituvchilarini hamkorlikka keng jalb etilsin.
11. Akademik litseyning kelgusi uch yillik faoliyatiga mo‘ljallangan istiqbol rejasi tasdiqlansin.

VI. 1. 1. Ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarni nashrga tavsiya etish bo‘yicha N.Qurbonvning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


1. 2. Telekommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi professeor-o‘qituvchilari dotsent N. M. Jo‘rayev va N. N. Abdullajonovalarning “Ta’limiy infografika” nomli darsligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilinsin.
1. 3. Dotsent B. Polvonovning “The specificity of photoluminescence in CdTe and n-CdS/p-CdTe semiconductor structures” nomli monografiyasi nashr uchun tavsiya qilinsin.

VI. 2. 1. Filial direktori F. Muxtarovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2. Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri T. Abdullayev o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini jamoatchilik asosida vaqtincha bajarishi yuklatilsin hamda filial Maslahat Kengashi a’zolari tarkibiga qo‘shilsin.
2. 3. Yangi tashkil etilayotgan Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti dekanligi va normativ ish hujjatlarini yuritish vazifasi jamoatchilik asosida Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri v.b. N. Ibroximovga yuklatilsin.
2. 4. Bildirilgan takliflar ma’qullansin hamda M. Norinov filial Kеngashi va filial Maslahat Kengashi a’zolari tarkibiga qo‘shilsin.
2. 5. Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri T. Abdullayev filial Maslahat Kengashi raisi etib tayinlansin.

VI. 3. 1. Dekan o‘rinbosari A. Salmonovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. 2. TATU Farg‘ona filiali Media markazini tashkil etish taklifi ma’qullansin hamda filialda markazni ochish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi ko‘rsatib o‘tilsin. Mas’ul: A. Salmonov.
3.3. TATU Farg‘ona filiali Media markazining Nizomi tasdiqlansin.
3. 4. TATU Farg‘ona filiali Media markazi xodimlari jamoatchilik asosida biriktirilsin. Mas’ul: A. Salmonov.

VI. 4. 1. Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri T. Abdullayevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. 2. TATU Farg‘ona filiali Strategik rejasi ishlab chiqish uchun amaliy yordam ko‘rsatilsin. Mas’ul: B. Polvonov.
4. 3. TATU Farg‘ona filiali Strategik rejasi asosida professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishini doimiy nazorati yo‘lga qo‘yilsin. Mas’ul: M. Teshaboyev.
4. 4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilari uchun filial direktori stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlansin va iqtidorli o‘quvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida ushbu Nizomdan foydalanilsin.

VI. 5. 1. B.Polvonovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


5. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarorining 1-ilovasi – “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, Toshkent axborot texnoloyalari universiteti Farg‘ona filialida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga har oylik va bir martalik qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi ichki Nizomga asosan, ilmiy darajaga ega xodimlar haqidagi, shuningdek, budjet mablag‘lari hajmini rejalashtirish uchun belgilangan xodimlar soni va qo‘shimcha haqni moliyalashtirish hajmi haqida ma’lumotlar tayyorlash uchun ishchi guruh tarkibi quyidagi ro‘yxat asosida tasdiqlansin:


B. Polvonov

-

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, rais;


A. Qodirov

-

Yoshlar masalalari va ma’naviy marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, a’zo;


I. Kaxxarov

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i, a’zo;


M. Teshaboev

-

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i- a’zo;


R. Nurdinova

-

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i;


O. Otaqulov

-

Kompyuter injiniringi fakulteti dekani, a’zo;


O. Rayimjonova

-

Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri, a’zo;


G. Kuchqarova

-

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, a’zo;


R. Sulaymonov

-

Huquqshunos, a’zo.

VI. 6. 1. Filial direktori F. Muxtarovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


6. 2. Har bir kengash yig‘ilishining kun tartibidagi birinchi masalada o‘tgan yig‘ilishda berilgan vazifa va topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha mas’ullarning qisqacha hisoboti tinglansin. Mas’ullar: Kengash kotibi, direktor o‘rinbosarlari.
6. 3. Filial binolariga umumiy mas’ullar quyidagi taqsimot asosida asosida tasdiqlansin:
- filialning 1-binosiga boshqaruv bo‘yicha umumiy mas’ul Kompyuter injiniringi fakulteti dekani, yordamchi sifatida Ishlar boshqarmasi boshlig‘i;
- filialning 2-binosiga boshqaruv bo‘yicha umumiy mas’ul Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti dekani, yordamchi sifatida bosh muhandis O. Dadajonov;
- filialning 3-binosi (TTJ)ga boshqaruv bo‘yicha umumiy mas’ul TTJ mudiri, yordamchi sifatida TATU Farg‘ona filiali profilaktikasi inspektori.
6. 4. Filial binolariga tayinlangan mas’ullarga ajratilgan binolarning umumiy faoliyatini doimiy nazorat qilib borish, bu haqida davriy hisobotlar berib borish vazifasi yuklatilsin.
6. 5. Filialni rivojlantirish bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan strategik ish reja ishlab chiqilsin. Mas’ullar: Direktor o‘rinbosarlari, koordinatorlar.
6. 6. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning darslarini o‘rganish va dars tahlilining salbiy yoki ijobiy natijalariga ko‘ra chora-tadbir ishlab chiqiladi. Mas’ullar: O‘quv bo‘limi boshlig‘i, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i.
6. 7. “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha kafedralarda 20 nafargacha iqtidorli talabalarni o‘z atrofida jamlab, tasdiqlangan ro‘yxatni taqdim etilsin. Mas’ullar: Ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Kafedra mudirlari.
6. 8. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etib, loyihalar ishlab chiqilsin va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot har chorakda Kengashga taqdim etilsin. Mas’ullar: Ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Kafedra mudirlari.
6. 9. Filialda amalga oshirilgan ishlarni OAVda yoritish, “PIAR”ni yanada kuchaytirish maqsadida “MEDIA MARKAZ” tashkil etish va “Piar-menedjer” lavozimini joriy etilsin. Mas’ullar: Matbuot xizmati kotibi, Media markaz mas’uli.
6. 10. O‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan yutuqlar haqida axborotlar televidenie, radio, matbuotda hamda ijtimoiy tarmoqlar FACEBOOK, Telegram rasmiy kanallarda sifatli yoritib borilishi ta’minlansin. Mas’ullar: Matbuot xizmati kotibi, Media markaz mas’uli.
6. 11. Sport klubi faoliyatini keng yoritish, media markazning kelgusidagi faoliyatini to‘laqonli yoritib borish uchun videorolik tayyorlansin (har haftada kafedralar kesimida amalga oshirilgan ishlarni OAVda yoritish). Mas’ullar: Matbuot xizmati kotibi, Media-markaz mas’uli.
6. 12. “Munozara” debat klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Talabalar teatr-studiyasi”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Sport klubi” jamoalari faoliyatlari yanada rivojlantirilsin hamda Viloyat va Respublika miqyosidagi tanlovlar va musobaqalarda talabalarning faol ishtiroki ta’minlansin. Mas’ullar: Maslahatchi A.Usmonov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi G.Sodiqova.

Kengash raisi F. Muxtarov




Kengash kotibi N. Qurbonov
Download 129,95 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Download 129,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqoridagi masalalar yuzasidan, Kengash yig‘ilishi qaror qiladi

Download 129,95 Kb.