• Media markaz loyihasining vazifalari quyidagicha ko‘rsatib o‘tiladi
  • 4. TATU Farg‘ona filiali Strategik rejasi haqida
  • Media markaz loyihasining maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi




    Download 129,95 Kb.
    bet31/34
    Sana15.05.2024
    Hajmi129,95 Kb.
    #236741
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
    Bog'liq
    5-2023 (1)

    Media markaz loyihasining maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    - taʼlim jarayonini ishlab chiqarish jarayoni bilan uyg‘unlashtirishda faol ishtirok etgan holda televizion va media mahsulotlar tijoratini yo‘lga qo‘yish;
    - taʼlimga yo‘naltirilgan o‘quv-media mahsulotlarini yaratish, masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish uchun videodarslar, online o‘quv mashg‘ulotlari, vebinarlar tayyorlash orqali talabalarga sifatli ta’lim platformasini yaratish;
    - television va raqamli texnologiyalar sohasida Respublikamiz va jahon miqyosidagi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda yetuk mutaxassislarni tayyorlash orqali malakali xodimlar zahirasini yaratish va ish o‘rinlarini kengaytirish.
    Media markaz loyihasining vazifalari quyidagicha ko‘rsatib o‘tiladi:
    - taʼlim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, talabalarga nazariy bilimlar berish bilan birga ularda amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirish;
    - media va televizion ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur o‘rganishga o‘z istagini bildirgan taʼlim tashkilotlari xodimlari va talabalarini tanlov asosida o‘qitish, masofaviy taʼlim uchun turli ko‘rinishdagi interaktiv media-o‘quv manbalari, videodarslarni tayyorlash;
    - loyiha doirasida media markazga televizion dasturlarni tasvirga olish tizimi, televizion yoritkich qurilmalari, virtual studiya, tasvirga olish qurilmalari, videomontaj tizimlari, raqamli fotostudiya, audio yozish tizimi, media pavilionni boshqarish qurilmalarini o‘rnatish.
    Ushbu masala yuzasidan fakultet dekani M. Norinov, kafedra mudirlari O.Rayimjonova, G. Kuchkarovalar fikr-mulohaza bildirlar.


    4. TATU Farg‘ona filiali Strategik rejasi haqida Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri T. Abdullayevning axboroti eshitildi.
    TATU Farg‘ona filialida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-pedagogik salohiyatni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida TATU Farg‘ona filiali direktori topshirig‘i asosida Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri T. Abdullayev va Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri S. Zokirovlar tomonidan TATU Farg‘ona filiali Strategik rejasi ishlab chiqildi. TATU Farg‘ona filiali Strategik rejasi asosan Axborot texnologiyalari kafedrasi misolida tayyorlandi. Strategik rejada asosiy ko‘rsatkichlar qamrab olindi, ya’ni xalqaro faoliyat, xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rganish, iqtidorli talabalar. Shu bandda joriy yilda kerak bo‘ladigan ko‘rsatkichlarni aniqlab olish uchun yurtboshimiz tomonidan qo‘yilgan talablarni ijrosini amaga oshirish maqsadida filial talablarini o‘rganib chiqdik. Shu bilan birga kafedraning oxirgi yildagi natijalarini tahlil qildik. Kafedra professor-o‘qituvchiularining potensialini aniqlavolib, kafedra jamoasi bilan birgalikda tegishli ko‘rsatkichlani belgilab oldik.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi «O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-555-son Farmoni va 2017 yil 26 sentabrdagi «Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-3290-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi 226-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3- dekabrdagi PQ-4910-son «Iqtidorli yoshlarini saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida filialning akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilari uchun filial direktori stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom ishlab chiqildi. T.Abdullayev filial akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilari uchun filial direktori stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi hamda uni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish taklifini berdi. Kengash a’zolari ushbu taklifni ma’qullab, tanishtirilgan nizomni tasdiqladilar, qarshilar va betaraflar bo‘lmadi.
    Ushbu masala yuzasidan filial direktori F. Muxtarov, director o‘rinbosari B.Polvonov va kafedra mudiri S. Zokirovlar fikr-mulohaza bildirdilar.



    Download 129,95 Kb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




    Download 129,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Media markaz loyihasining maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi

    Download 129,95 Kb.