|
Bayonnomasi 2023-yil 5-yanvar Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kеngash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a
|
bet | 26/34 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 129,95 Kb. | | #236741 |
Bog'liq 5-2023 (1)Aniqlangan kamchiliklar:
1. Kafedraning ilmiy salohiyati 60% ni tashkil qilsa-da, uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilar tomonidan ustoz-shogird an’anasiga binoan PhD dissertatsiyalari tayyorlanmagan.
2. Kafedra professor-o‘qituvchilarining InnoWEEK, InnoWomen, InnoWAYS kabi tanlovlarda va nufuzli innovatsion yarmarkalarda kafedrening har bir o‘qituvchisining ishtirokini ta’minlashga erishilmagan.
3. Kafedra tomonidan ommaviy axborot vositalarda chiqishlar (gazeta, radio, televideniya) qilinmagan.
4. O‘zbekiston tarixi fanidan mustaqil ta’limini tashkil etishda o‘quv uslubiy ko‘rsatma tayyorlanmagan.
5. Shu kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan Scopus, Web of Siense (va h.k.) bazasida faqat 1 nafar professor-o‘qituvchi maqola chop etgan.
Beshinchi masala yuzasidan filial Akademik litseyi va Axborot texnologiyalari texnikumlarining faoliyati haqidagi axborot eshitildi.
TATU Farg‘ona filiali Akademik litseyi. Akademik litseyda 2022-2023-o‘quv yilida 14 ta guruhda 335 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Asosiy shtatdagi o‘qituvchilar soni 28 nafarni tashkil qilgan holda ularning 13 nafari bosh o‘qituvchi, 7 nafari yetakchi o‘qituvchi, 4 nafari katta o‘qituvchi va 4 nafari oliy ma’lumotli o‘qituvchilarni tashkil qiladi.
2021/2022-o‘quv yili qabul rejasiga TATU tomonidan o‘zgartirishlar kiritilganligi sababli 2 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (aniq fanlar(texnika), aniq fanlar(iqtisod) yo‘nalishlari bo‘yicha) 182 nafar o‘quvchi qabul qilingan bo‘lib, o‘tgan o‘quv yili davomida turli sabablarga ko‘ra 25 nafari o‘zlari o‘qigan maktablarga qaytarilgan; 2022-yil 15-oktyabr holatiga 2-kursdagi o‘quvchilar soni 157 nafarni tashkil qiladi. 2022/2023-o‘quv yili uchun 3 ta ta’lim yo‘nalishi (aniq fanlar(texnika), aniq fanlar(iqtisod)va xorijiy tillar yo‘nalishlar) bo‘yicha 182 nafar o‘quvchi qabul qilindi.
Akademik litsey o‘qituvchilari joriy yil davomida 11 ta xalqaro va 9 ta respublika miqiyosidagi konferentsiyalarda o‘z tezislari bilan ishtirok etdilar hamda 18 ta ilmiy maqola xorijiy to‘plam, 7 ta ilmiy maqola respublika to‘plamda chop etildi. Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi M. Ahronqulova TATU Farg‘ona filiali O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti M.Mirzayev bilan hammualliflikda “O‘zbek tili” va ikki qismdan iborat “Adabiyot” o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi B.Polvonova tomonidan “O‘zbek tili grammatikasi” nomli monografiya chop etildi.
Akademik litseyning 4 nafar ingliz tili o‘qituvchilari chet tili o‘qituvchilarining ustama haq belgilash sertifikatini hamda 3 nafar ingliz tili o‘qituvchisi ingliz tili bo‘yicha CEFR milliy sertifikat C1 darajasini qo‘lga kiritdi. SHuningdek, chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash hamda davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish uchun akademik litsey bitiruvchi bosqich o‘quvchilaridan o‘tkazilgan test sinovida akademik litsey o‘quvchilaridan 27 nafari ushbu sertifikatni qo‘lga kiritdilar. Va test sinovlari yakuniy xulosasiga ko‘ra akademik litsey respublika bo‘yicha 64 ta akademik litseylar o‘rtasida 5-o‘rinni egalladi. 9 nafar o‘quvchilar ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha IELTS sertifikatlarini qo‘lga kiritdilar hamda noyabr oyida o‘tkazilgan “MULTILEVEL” sinovlarida 1 nafar o‘quvchi S1 9 nafar o‘quvchi V2 sertifikatiga ega bo‘ldilar.
Joriy yilda 7 nafar fan o‘qituvchilari belgilangan reja asosida malaka oshirish kurslarida o‘qishdi, 10 nafar fan o‘qituvchilari malaka toifa attestatsiyada qatnashib 1 nafar o‘qituvchi bosh o‘qituvchi, 3 nafari yetakchi o‘qituvchi, 2 nafari katta o‘qituvchi lavozimiga ko‘tarilgan bo‘lsa 4 nafari amaldagi toifalari ximoya qildilar. 2022-yil 6-yanvar kuni TATUFF akademik litseyida vodiy akademik litseylari o‘rtasida 9 ta fan yo‘nalishlari (ona tili va adabiyoti, ingliz tili, nemis tili, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya, tarix) bo‘yicha fan olimpiadasi tashkil etildi. Unda vodiydagi 10 ta akademik litseydan jami 231 nafar o‘quvchi qatnashib, TATU FF akademik litseyi o‘quvchilaridan 8 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabr dagi Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarori ijrosi bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasida 2021 yil uchun rejalashtirilgan ishlar o‘z vaqtida bajarildi. Jumladan, yo‘l xaritasida akademik litsey moddiy-texnik bazasini rivojlantirishi uchun TATU Farg‘ona filiali tomonidan yotoqxona mebellari, kompьyuter texnikalari, auditoriya uchun parta va stullar berildi hamda akademik litsey xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun 100 mln so‘m pul mablag‘lari ajratildi. Akademik litsey auditoriyalariga 60 komplekt parta va stullar sotib olindi.
2021/2022-o‘quv yilida 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 149 nafar o‘quvchi bitiruvchi tamomladi. Ulardan 135 nafari oliy ta’lim muassasalariga, shundan, 65 nafari davlat granti, 70 nafari to‘lov kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Bu bitiruvchilardan 127 nafari mahalliy, shundan, 17 nafari o‘z tasarrufimizdagi oliy ta’lim muassasalari va 8 nafari xorijiy oliy ta’lim muassalariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, joriy yilda bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichi 91% ni tashkil qildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bayonnomasi 2023-yil 5-yanvar Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kеngash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a
|