• Ijro.gov.uz
  • Bayonnomasi 2023-yil 5-yanvar Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kеngash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a




    Download 129,95 Kb.
    bet2/34
    Sana15.05.2024
    Hajmi129,95 Kb.
    #236741
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    5-2023 (1)

    Birinchi masala yuzasidan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i F. Arakulova axborot berdi.
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali devonxona ish faoliyati “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali devonxonasi to‘g‘risidagi Nizom” asosida yuritiladi.
    2022-yilning 1-dekabridan 30-dekabriga qadar filialga yuqori tashkilotlardan va idoralardan kelib tushgan hujjatlar jami 156 tani tashkil etdi. Shu jumladan, OO‘MTV dan jami 104 ta hujjat, shundan 10 ta buyruq, 91 ta xat, 1 ta bayon, 1 ta qo‘shma qaror, 1 ta hay’at qarori, TATU dan 14 ta buyruq, Farg‘ona viloyat hokimligidan 30 ta xat, turli tashkilotlardan 8 ta xatlar kirim qilingan.
    OO‘MTV tomonidan kelgan buyruq, bayon, qo‘shma qaror, Hay’at qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida filialning ichki buyruqlari chiqarilgan. Topshiriqlar yuzasidan belgilangan muddatlarda javob xatlari so‘ralgan (elektron pochta, telegram) manzillarga o‘z vaqtida ijrolari yetkazilmoqda. Shuningdek, 86 ta topshiriq, 44 ta hujjat: Bulardan 83 tasi bajarilgan, 2 tasi bajarilmoqda, 1 tasi muddatidan o‘tib bajarilgan. Topshiriqning bajarilish muddati kelgan vaqtda filial edo.ijro.uz tizimiga ulanmaganligi sababli 1 ta topshiriq muddatidan o‘tib bajarilgan.
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga 2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 12 ta murojaatlar tushgan boʻlib, filial rahbarlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 4 ta og‘zaki murojaatlar kelgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi elektron tizimiga va yozma tarzda 2 ta murojaat kelib tushgan, filial veb-sayti orqali esa 6 ta murojaatlar kelib tushgan. Barcha murojaatlarga o‘z vaqtida ma’lumotlar taqdim qilingan va kerakli ko‘rsatmalar berish ishlari amalga oshirilgan.
    Hay’at qarori filialda 2022-yil 8-aprel kuni yetkazilib, uning ijrosini ta’minlash maqsadida filialning 2022-yil 8-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosarlarining 2022-yilning I choragida faoliyati samaradorligi hamda maqsadli vazifalarga erishilishining asosiy mezonlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni baholash to‘g‘risida”gi 70-sonli buyrug‘i rasmiylashtirildi. Buyruq jrosi bo‘yicha vazifalar barcha direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlariga yetkazildi.
    Mazkur Hay’at qarorlari bandlarining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qarorlarda belgilangan muddatlarda vazirlikning tegishli boshqarmalariga va har chorak yakunlari bo‘yicha chorakning oxirgi oyining 25-sanasigacha Hay’at kotibiga o‘rnatilgan tartibda to‘liq hisobot taqdim etilmoqda. Shuningdek, har haftalik filial boshqaruv yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha axborot kiritilib, mas’ullar tomonidan ijrosi ta’minlandi.
    Hay’at qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida filialningg 2022-yil 8-aprel “Oliy ta’lim muassasalarida 2022-yilning I choragida ijro intizomi holati to‘g‘risida”gi 71-sonli buyrug‘i rasmiylashtirildi. Ijro.gov.uz tizimi hamda ijro intizomiga shaxsan javobgarligi ta’kidlab o‘tilganligi inobatga olindi. Bir hafta muddatda Ijro.gov.uz tizimida ijro intizomini mustahkamlash va nazorat qilish tizimini kuchaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
    2022-yil 30-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil I yarim yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida” 6/1-son Hay’at Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida filialning 91-sonli buyrug‘i rasmiylashtirildi.
    2022-yil 23-iyundagi Hay’at qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 23-iyun kuni “Davlat Rahbari boshchiligida joriy yil 10-iyun kuni “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari”ga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda oliy ta’lim sohasiga oid begilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash to‘g‘isida” 6/1-son Hay’at Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi filialning 138-sonli buyrug‘i rasmiylashtirildi.
    Hay’at qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 23-iyun kuni “Oliy ta’lim muassasalarida chet tili o‘qituvchilarining xorijiy tilni bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish ko‘rsatkichlarining tahlili to‘g‘risida” 6/2-son Hay’at Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 139-sonli filial buyrug‘i rasmiylashtirildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 11-iyundagi 6/1-son hay’at qarori ijrosi ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi. 2022-yil oxiriga qadar elektr energiyadan samarali foydalanish choralari ishlab chiqilgan.
    2022-yil 13-iyun kuni “Oliy ta’lim muassasalarida chet tili o‘qituvchilarining xorijiy tilni bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish ko‘rsatkichlarining tahlili to‘g‘risida” 6/2-son Hay’at Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” 91-sonli buyrug‘i rasmiylashtirildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
    2022-yil 14-iyuldagi 7/1-son Hay’at qarori asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yilning II yarim yillik ish rejasi tasdiqlanganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi. 3 kun muddatda o‘z ish rejalarini vazirlikning tasdiqlangan 2022-yilning II yarim yillik ish rejasiga muvofiqlashtirildi hamda har oylik shaxsiy ish rejalarini tasdiqlanib ijroga yoʻnaltirildi.
    Mazkur buyruq asosida direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda akademik litsey ijrochi direktoriga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi apparati, vazirlik huzuridagi tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy (KTRMH) boshqarmalarida 2022-yilning birinchi yarmi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijalari tahlili, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 14-iyuldagi 7/2-son Hay’at qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini puxta va sifatli ko‘rib chiqish, shaxsiy va sayyor qabullarning natijadorligini oshirish, ish yuritishni tizimli tashkil etish, tahlil va nazorat ishlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha shora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, o‘n kun muddatda murojaatlar bilan ishlashning ahvolini tanqidiy muhokama qilish, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rish hamda natijasi haqida vazirlikning Ijro intizomini ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga axborot kiritish vazifalari yuklatildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 10-oktabr kungi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida “Yashil makon” umummilliy dasturi asosida amalga oshirilishi lozim bolgan ishlar hamda 2022/2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati to‘g‘risida”gi 12/1-sonli Hayʼat qarori ijrosi boʻyicha 224-sonli buyruq rasmiylashtirildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2022-yil kuz mavsumida manzarali, mevali daraxt, buta ko‘chatlari va qalamchalarini ekish bo‘yicha filial hududlarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Shuningdek, ekilgan ko‘chatlarini parvarishlash, ularni zararkunandalardan himoya qilish hamda payhon qilinishidan saqlash choralarini ko‘rish, ekilgan ko‘chatlami to‘liq undirib olishi uchun sug‘orish ishlarini tashkil etish, bunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarini tezkor bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil 10-oktabr kuni “Oliy, professional va o‘rta maxsus ta’lim tizimida 2022-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida”gi 12/2-sonli Hayʼat qarori ijrosi boʻyicha filialning 225-sonli buyrug‘i rasmiylashtirildi. Mazkur buyruq asosida direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va filial akademik litseyi direktoriga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish jadvali va uni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, qabul qilish tartibi ularni davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish, shuningdek ularning murojaatlarni qabul qilish joyida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil 10-oktabr kuni “Oliy, professional va o‘rta maxsus ta’lim tizimida 2022-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida”gi 12/3-sonli Hayʼat qarori ijrosi boʻyicha filialning 229-sonli buyrug‘i rasmiylashtirildi.
    Mazkur buyruq asosida direktor o‘rinbosarlari (I.Tojiboyev, A.Kadirov, B.Polvonov), Ishlar boshqarmasi boshlig‘i (X.Abduraxmonov), Bosh hisobchi (M.Nurmatov), Jismmoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, monitoring va ichki nazorat bo‘limi (G.Mallabayeva)larga Ijro.gov.uz tizimi hamda ijro intizomiga birinchi rahbar shaxsan javobgarligi belgilab o‘tilib har hafta yakuniga qadar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot filial rahbariyatiga kiritish belgilangan. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun ta’qib qilish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishi bo‘yicha mas’ul shaxslarga yetkazildi.

    Download 129,95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 129,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bayonnomasi 2023-yil 5-yanvar Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kеngash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a

    Download 129,95 Kb.