• Ikkinchi masala yuzasidan
  • Vatanparvarlik soati
  • “Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi”
  • “Amir Temur o‘g‘lonlari” va “Jaloliddin Manguberdi vorislari”
  • Bayonnomasi 2023-yil 5-yanvar Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kеngash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a




    Download 129,95 Kb.
    bet3/34
    Sana15.05.2024
    Hajmi129,95 Kb.
    #236741
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    5-2023 (1)

    Hay’at qarorlari asosida filial direktori, direktor o‘rinbosarlari va murojaatlar bo‘yicha mas’ul bo‘lim boshliqlariga ijro uchun yuborilgan hujjatlar ijrosi bo‘yicha doimiy nazoratlar amalga oshirilib, yuqori tashkilotlardan kelayotgan qarorlar, buyruqlar, tezkor topshiriqlar va ularning ijrosini ta’minlashda o‘z muddatida, sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshriqlar berilgan. Filialga kelgan hujjatlar ijrosini ta’minlash holatini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etgan holda buyruqlar, Hay’at va Apparat Kengashi yig‘ilishlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha har haftalik boshqaruv yig‘ilishida hamda har oylik filialning Kengashida muhokama qilinib borilib, hujjatlar ijrosi bo‘yicha tahlil muntazam tahlil qilindi. Shuningdek, filialdagi ijro holati yuzasidan mas’ul xodimlarga 2023-yilning 5-yanvarga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ma’lumot kiritish vazifalari yuklatildi.
    Mazkur masala yuzasidan filial direktori F. Muxtarov, TSNQB boshlig‘i M.Teshaboyev, direktor o‘rinbosarlarli B. Polvonov va A. Kadirovlar fikr-mulohaza bildirdilar.


    Ikkinchi masala yuzasidan yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Kadirov axborot berdi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-92-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida
    “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarda vatanparvarlik, burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni Qurolli Kuchlar, mamlakat mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiy xizmatning nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning mazmun-mohiyati bilan chuqurroq tanishtirish bo‘yicha “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
    Mazkur chora-tadbirlarda belgilangan vazifalarga ko‘ra quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi:
    - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va mas’ullarni belgilash;
    - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar o‘rtasida sportning minifutbol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musabaqalar o‘tkazish;
    - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazish;
    - Farg‘ona shahridagi “Xotira” xiyobonidagi “Motamsaro ona” monumentiga gulchambarlar qo‘yish marosimlarini o‘tkazish;
    - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlash kunlari “Harbiy Vatanparvarlik oyligi” doirasida harbiy qismlarga tashriflar uyushtirish;
    - barcha akademik guruhlarda Harbiy Vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatanparvarlik soati” mashg‘ulotlarini (muddatli harbiy xizmatni o‘tab, talabalik safiga qabul qilingan talabalar ishtirokida) o‘tkazish;
    - barcha akademik guruhlarda “Armiya hayot maktabi”, “Xalq va armiya bir tanu, bir jon!”, “Armiyada xizmat sharaflidir“, “Milliy armiyamiz – g‘ururimiz” mavzulariga bag‘ishlangan videorlliklar, devoriy gazetalar tanlovlarini o‘tkazish;
    - filialda uzoq yillar ishlagan, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar hamda filialga biriktirilgan MFYda istiqomat qiluvchi yolg‘iz va kam ta’minlangan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fahriylarining xonadonlariga tashrif buyurish;
    - barcha akademik guruhlarda Harbiy Vatanparvarlik oyligi doirasida viloyatning tarixiy obidalariga, muzeylarga, “Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi”ga sayohatlar uyushtirish;
    - Farg‘ona viloyatining o‘ziga xos xususiyatlari, odatlari, qadriyatlari, tarixi va madaniyatini inobatga olgan holda armiya va ta’lim muassasasi yakdilligini yanada mustahkamlanishiga qaratilgan harbiy xizmatchilar bilan talabalar o‘rtasida “Amir Temur o‘g‘lonlari” va “Jaloliddin Manguberdi vorislari” mavzusida uchrashuv va suhbatlar tashkil etish;
    - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositilarida, ijtimoiy tarmoqlarda yoritish vazifalari belgilangan.
    Mazkur masala yuzasidan filial direktori F. Muxtarov, fakultet dekanlari O.Otaqulov, M.Norinovlar fikr-mulohaza bildirdilar.



    Download 129,95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 129,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bayonnomasi 2023-yil 5-yanvar Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kеngash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a

    Download 129,95 Kb.