Bayonnomasi 2023-yil 5-yanvar Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kеngash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a




Download 129,95 Kb.
bet4/34
Sana15.05.2024
Hajmi129,95 Kb.
#236741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
5-2023 (1)

Uchinchi masala yuzasidan TATU Farg‘ona filiali Qabul komissiyasi mas’ul kotibi N.Ibragimovning axboroti eshitildi.
2022/2023-o‘quv yili qabuli jarayonida asosan quyidagi qarorlar asosida faoliyat ko‘rsatdi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”
PQ-279-son Qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”
F-60-son farmoyishi;
- Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022/2023-o‘quv yiliga oid majlis bayonlari.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 2022/2023-o‘quv yili qabul jarayonida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- 2022-yil 16-iyun kuni filialning “2022/2023-o‘quv yili uchun qabul komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 130-sonli buyrug‘i tasdiqllandi. Unga ko‘ra tajribali, halol, mas’uliyatli professor-o‘qituvchi va xodimlardan ro‘yxat shakllantirildi hamda qabul komissiyasining tasdiqlangan tarkibining har bir a’zosiga yuklatilgan vazifalar talab darajada bajarilishi tushuntirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi;
- qabul komissiyasi faoliyat ko‘rsatadigan joylar 2022-yilning 16-iyuniga qadar qabulga oid me’yoriy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, yangilangan kasbga yo‘naltiruvchi targ‘ibot-tashviqot lavhalari, e’lonlar va boshqa zarur ma’lumotlar bilan jihozlandi;
- abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollariga tezkor javob berilishini ta’minlash uchun “Call-center” tashkil etildi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lonlar berib borildi;
- “Call-center” faoliyatida bir vaqtning o‘zida kamida 5 tagacha qo‘ng‘iroqlarga javob berish imkoniyatini yaratish choralari ko‘rildi;
- abituriyentlar va ularning ota-onalar uchun qabul masalalari bo‘yicha suhbatlar va maslahatlar tashkil etildi;
- tashkil etilgan “Call-center” hamda konsultatsiya xonalariga muomala madaniyatiga ega bo‘lgan tajribali, mas’uliyatli xodimlar biriktirildi va ularni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter, ish telefoni, qabulga oid me’yoriy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, maslahatlar jadvali, e’lonlar hamda gigiyenik vositalar (sanitariya-zararsizlantiruvchi antiseptik vositalar, niqob va h. k.) bilan jihozlandi;
- xorijiy fuqarolardan hujjatlarni qabul qilish xonalariga muomala madaniyatiga ega bo‘lgan tajribali va mas’uliyatli professor-o‘qituvchilar biriktirildi hamda ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi;
- abituriyentlarni filialning ta’lim yo‘nalishlari, ularda talabalarning bilim olishlari, yashashlari va bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etildi va ommaviy-axborot vositalarida keng yoritildi.
Mazkur masala yuzasidan filial direktori F. Muxtarov, fakultet dekani O.Otaqulov hamda kafedra mudiri G.Kuchkarovalar fikr-mulohaza bildirdilar.

Download 129,95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 129,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bayonnomasi 2023-yil 5-yanvar Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kеngash a’zolaridan 29 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a

Download 129,95 Kb.