|
Fanlarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilganligi va ularning bajarilish holati
|
bet | 9/34 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 129,95 Kb. | | #236741 |
Bog'liq 5-2023 (1)Fanlarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilganligi va ularning bajarilish holati. 2022/2023-o‘quv yilida kafedrada fizika 1 fanidan o‘zbek va rus tillarida 100 %, fizika 2 fanidan o‘zbek va rus tillarida 100 %, hisob fanidan o‘zbek va rus tillarida 100 %, diskret tuzilmalari fanidan o‘zbek va rus tillarida 100%, differensial tenglamalar fanidan o‘zbek tilida 100 % va rus tilida 85%, chiziqli algebra fanidan o‘zbek tilida 100 % va rus tilida 83%, ehtimollik va statistika fanidan o‘zbek tilida 100 % va rus tilida 87%, ochiq tanlov fani bo‘lgan hayot faoliyati xavfsizligi fanidan o‘zbek va rus tillarida 100 %, ochiq tanlov fani bo‘lgan ekologiya fanidan o‘zbek va rus tillarida 100% dan iborat.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan filialning “Ахborot resurs markazi”dagi kafedraga taalluqli bo‘lgan fanlarga oid darslik va adabiyotlari ekspertizadan o‘tkazildi.
Muammo va kamchiliklar: Kafedraga tegishli bo‘lgan fanlarga oid darslik va adabiyotlar bilan ta’minlanilishi qoniqarli. Barchasi fanlar bo‘yicha 100 foizga yetkazilishga e’rishish zarur.
Takliflar: Kafedraga tegishli bo‘lgan fanlarga oid darslik va adabiyotlar bilan ta’minlanilishi barchasi bo‘yicha 100 foizga yetkazilishi va yangi avlod adabiyotlari bilan boytilishiga e’tiborni qaratish zarur.
Professor-o‘qituvchilarning soha korxona va tashkilotlarida stajirovka o‘taganligi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining ilmiy ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti B. Polvonov 2022-yilning 10-aprelidan 17-apreligacha Fransiya davlatining Parij shahridagi SARBONNA universitetida xizmat safarida bo‘ldi (2022-yil 9-fevral N 32-sonli buyruq).
Muammo va kamchiliklar: Kafedra professor-o‘qituvchilarini xizmat safarlariga hamda soha korxona va tashkilotlariga stajirovka o‘tishlariga harakatlar rejalashtirilmagan va amalga oshirish rejasi ishlab chiqilmagan.
Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilarini xizmat safarlariga hamda soha korxona va tashkilotlariga stajirovka o‘tishlariga yo‘naltirish kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Fanlarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilganligi va ularning bajarilish holati
|