• Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalaring bajarilishi monitoringi.
  • Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati




    Download 129,95 Kb.
    bet8/34
    Sana15.05.2024
    Hajmi129,95 Kb.
    #236741
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
    Bog'liq
    5-2023 (1)

    Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati: Kafedrada fanlar bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim oluvchi talabalar uchun mustaqil ishlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Ishchi o‘quv dasturlarida mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlar, mavzulari, bajarish muddati belgilangan. Mustaqil ishning mazmun-mohiyati fanning namunaviy dasturi asosida adabiyotlar bilan ishlash, ayrim mavzularni mustaqil o‘rganish, internetdan foydalanish, referatlar yozish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish, hisobotlarni tayyorlash va boshqa muhim o‘quv jarayoniga bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarishdan iborat. Mustaqil ishlarni bajarishga muntazam nazorat o‘rnatish, jadval asosida bajarilishini ta’minlash va qabul qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun kafedra professor-o‘qituvchilari har bitta akademik guruh talabalari bilan yakkama-yakka ish olib borishi, ularning ish faoliyatini tashkil qilishi, maslahatlar o‘tkazishi talab qilinadi. Fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarning bajarilishi tahlil qilinadi va vazifalar belgilab olingan.


    Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalaring bajarilishi monitoringi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirinig oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalari bo‘yicha yangi me’yorlar asosida professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari ko‘rib chiqilgan hamda yangi me’yorlar bo‘yicha har bir o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi filial Kengasining 2022-yil 30-avgustdagi 1-son bayoni bilan tasdiqlangan. 2022/2023-o‘quv yilida kafedra o‘qituvchilari o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarish, tashkiliy va jamoat ishlarida ishtirok etish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bir qator ishlarni rejalashtirgan. Kafedrada o‘qitilayotgan fizika 1, fizika 2, hisob, diskret tuzilmalar, differensial tenglamalar, chiziqli algebra, ehtimollar va statistika, ochiq tanlov fan (hayot faoliyati xavfsizligi), ochiq tanlov fan (ekologiya) bo‘lgan 9 ta fan bo‘yicha o‘quv yuklamasi 16105 soatni tashkil qiladi.
    Muammo va kamchilik: Kafedra professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari o‘quv yili boshlanish arafasida ta’lim-tarbiya ishlarini chuqur his qilgan holda, ilmiy izlanishlar imkoniyatlari inobatga olinib ishlab chiqilgan.
    Takliflar: Kafedra professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari to‘liq bajarilishiga erishish zarur.



    Download 129,95 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




    Download 129,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda tashkil etilishi holati

    Download 129,95 Kb.