|
Dissertatsiya himoyalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati
|
bet | 7/34 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 129,95 Kb. | | #236741 |
Bog'liq 5-2023 (1)Dissertatsiya himoyalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati: Каfedra professor-o‘qituvchilari himoyalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar yetarli darajada. Katta o‘qituvchi Y.Yusupov va D.Jarqinovlarning PhD dissertatsiyalari himoyaga tayyorlash jarayonida, yaqin oylarda himoya qilinishi kutilmoqda.
Muammo va Kamchilik: Каfedraning yosh o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlariga keng jalb qilinmagan.
Takliflar: Каfedraning yosh o‘qituvchilarini PhD dissertatsiyalari himoyasiga amaliy yordam berish.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi holati: Каfedra professor-o‘qituvchilari tomonidan filialning barcha ta’lim yo‘nalishlarida talabalar uchun kuzgi va bahorgi semestrlarda fizika 1, fizika 2, hisob, differentsial tenglamalar, diskret tuzilmalar, chiziqli algebra, ehtimollik va statistika, ochiq tanlov fanlaridan bo‘lmish Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya fanlari biriktirilgan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida mashg‘ulotlar olib boriladi. Barcha fanlarning namunaviy va ishchi dasturlari mavjud. Barcha ishchi dasturlar 2022-yil 30-avgust 1-son bayoni bilan tasdiqlangan.
Muammo va kamchiliklar: Kafedrada ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha muammo va kamchiliklar yo‘q.
Takliflar: Kafedrada ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlari asosida dars mashg‘ulotlari to‘laqonli o‘tilishi ta’minlanishi kerak.
Kafedrada masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati: 2022/2023-o‘quv yili qabul kvotasiga asosan guruhlar soni va talabalar soni ko‘payganligi sababli Kompyuter injiniringi va Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim shakli tashkil etilgan. Fizika 1 fanidan assisent-o‘qituvchi X.Qodirov va hisob fanidan assisent-o‘qituvchi A.Shokirovlar mashg‘ulotlar olib bormoqdalar. Barcha o‘quv jarayoniga taalluqli ma’lumotlar HEMIS tizimiga joylashtirilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar o‘z vaqtida dars jadvali asosida olib borilmoqda.
Muammo va kamchiliklar: Каfedra professor-o‘qituvchilari tomonidan masofaviy ta’limni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati qoniqarli. Muammo va kamchiliklar yo‘q.
Takliflar: Masofaviy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlari asosida dars mashg‘ulotlari to‘laqonli o‘tilishini ta’minlash zarur.
|
| |